2-mavzu: iqtisodiy xavfsizlik shakllari va asosiy ko’rsatkichlar


Iqtisodiy xavfsizlik konsepsiyasi



Yüklə 40,6 Kb.
səhifə3/3
tarix30.12.2023
ölçüsü40,6 Kb.
#166271
1   2   3
2-ma\'ruza Iqtisodiy xavfsizlik

2.3. Iqtisodiy xavfsizlik konsepsiyasi
Iqtisodiy xavfsizlik mamlakatning umumiy milliy xavfsizlik tizimining muhim bir qismi bo’lib, u davlat, jamiyat, iqtisodiyot hayotining deyarli barcha jihatlariga ta’sir qiladi. Iqtisodiy xavfsizlik murakkab va keng qamrovli tarkibiy tuzilma hisoblanadi. Ushbu tarkibiy tuzilmani o’rganishda uning quyidagi uchta muhim elementlariga etibor qaratish zarur bo’ladi.
1. Iqtisodiy mustaqillik mutlaq emas. Chunki xalqaro mehnat taqsimoti va globallashuv jarayonlari milliy iqtisodiyotning boshqa davlatlar iqtisodiyoti bilan o’zaro bog’liq holda rivojlanishiga sabab bo’lmoqda.
Bunday sharoitda “iqtisodiy mustaqillik - milliy resurslarni nazorat qilish, yuqori darajadagi ishlab chiqarishga erishish, samaradorlikni oshirish va iqtisodiyot raqobatbardoshligini ta’minlash imkoniyati, hamda dunyo bo’ylab korporativ aloqalar va ilmiy-texnik yutuqlar almashinuvida teng ravishda ishtirok etish imkoniyatlariga erishishdir”.
2. Milliy iqtisodiyotning barqarorligi va raqobatbardoshligi, barcha mulk shakllarini himoya qilish, ishonchli va kafolatlangan tadbirkorlik muhitini yaratish, jamiyatdagi barqarorlikni izdan chiqarishlarni (iqtisodiy sohada jinoyatchilikka qarshi kurashish, daromadlarni taqsimlashda ijtimoiy norozililklarga sabab bo’ladigan jiddiy tafovutlarga yo’l qo’ymaslik) oldini olish zarur.
3. Zamonaviy dinamik rivojlanayotgan dunyodagi muhim ahamiyatga ega bo’lgan mustaqil rivojlanish imkoniyati mavjudligi. Milliy iqtisodiyot barqarorligi va o’z-o’zini himoya qilish omili hisoblangan investitsiyalar, innovatsiyalar, ishlab chiqarishni doimiy modernizatsiya qilish, mutaxassislarning kasbiy va umum madaniy darajasini oshirish uchun zarur qulay muhitni yaratish.
Demak, “Iqtisodiy xavfsizlik - milliy iqtisodiyotning mustaqil rivojlanish hamda barqarorligi, maromiyligi, doimiy yangilanish imkoniyatini beradigan omillar hamda shart-sharoitlarni ta’minlanishidir”.
Rivojlanish iqtisodiy xavfsizlikning tarkibiy va zaruriy elementlaridan biridir. Agar iqtisodiyot rivojlanmasa, unda mamlakat iqtisodiyotining ichki, tashqi hamda kutilmagan va rejalashtirilmagan tahdidlarga qarshilik ko’rsatish imkoniyati keskin pasayadi. Shu sababli davlat iqtisodiyotni barqaror rivojlanish holatini o’rganib, uni ta’minlash chora-tadbirlarini doimiy ravishda ko’rib borishi zarur hisoblanadi.
Har qanday davlatning milliy manfaatlari faqat yetarli iqtisodiy imkoniyatlar va barqaror iqtisodiy rivojlanish mavjud bo’lganda ta’minlanishi mumkin.
Davlatning milliy va iqtisodiy xavfsizligi konsepsiyasi – milliy va iqtisodiy sohaga oid bilimlar, tamoyillar, fakt va hodisalarni tushunish, anglash va izohlashning muayyan tizimidir.
O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy sohadagi milliy manfaatlari – davlatning milliy va iqtisodiy xavfsizligi konsepsiyasidan kelib chiqib, davlatning tegishli organlari tomonidan davlat va jamiyat xavfsizligini ta’minlash uchun belgilanadigan manfaatlardir.
Iqtisodiy xavfsizlik darajasi quyidagi omillar bilan belgilanadi:

  • Mamlakatning geosiyosiy va iqtisodiy-geografik joylashuvi va u bilan bog’liq holda ishlab chiqaruvchi kuchlarning mamlakat hududida taqsimlanishi, shuningdek, ichki va tashqi resurslardan foydalanish imkoniyati.

  • Mamlakatning iqtisodiy va harbiy-siyosiy qudrati va rivojlanishning strategik muhim yo’nalishlarida jahon xo’jalik tizimidagi raqobatbardosh o’rni.

  • Mamlakat institutsional tizimining milliy xavfsizlik darajasi bog’liq bo’lgan sanoat iqtisodiyoti tarmoqlarini qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilganligi.

  • Raqobat ustunligini ta’minlovchi tarmoqlarga nisbatan davlatning iqtisodiy siyosatining ustuvor yo’nalishlari milliy iqtisodiyot korxonalaridir.

  • Yalpi ichki mahsulotning tarmoq va hududiy tarkibi parametrlari, milliy iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat mintaqalarining milliy xavfsizlikni ta’minlashdagi strategik ahamiyati.

  • Fors-major holatlarida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash uchun etarli hajmdagi birinchi va undan yuqori darajadagi strategik muhim moddiy boyliklar zaxiralarining mavjudligi.

Faoliyatning iqtisodiy xavfsizlikning eng samarali darajasini bevosita ta’sir qiluvchi va saqlashga qaratilgan jihatlari:

  • iqtisodiyotning strategik muhim tarmoqlari faoliyatini ta’minlovchi qonun hujjatlarini ishlab chiqish, qabul qilish va amalga oshirish;

  • Byudjet ijrosini nazorat qilish va mablag’larning o’zlashtirilishiga yo’l qo’ymaslik;

  • Barcha darajadagi korruptsiyaga qarshi kurash;

  • Eng yangi texnologiyalar va ilm-fanni talab qiluvchi ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga investitsiyalar;

  • Maxsus xizmatlar va armiya faoliyatini kuchaytirish va takomillashtirish;

Siyosiy va iqtisodiy boshqaruv tizimini rivojlantirish va takomillashtirish.
Yüklə 40,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə