2. mavzu. Iqtisodiyotning r



Yüklə 6,39 Mb.
səhifə7/8
tarix30.09.2023
ölçüsü6,39 Mb.
#125077
1   2   3   4   5   6   7   8
2. Mavzu Iqtisodiy xavfsizligi

Innovatsion xavfsizlikning mezonlari va ko’rsatkichlari
Jahon amaliyotida turli mamlakatlarning innovatsion
rivojlanish darajasini baholashda, odatda, yig’ma ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Jahon banki tomonidan xuddi shunday bir ko’rsatkich taklif etilgan. Iqtisodiyotning bilimlar indeksi o’zida 109 ta ko’rsatkichlarni olib miqdor va sifat ko’rsatkichlarning to’rt guruhining o’rtacha ko’rsatkichi sifatida aniqlanadi:
1.Iqtisodiy va institutsional rejim indeksi. Iqtisodiy va
huquqiy muhitni tavsiflaydi, jamiyat va uning institutlaridan samarali foydalanishni hamda yangi bilimlarni yaratishni rag’batlantiradi.


2.Ta‘lim indeksi. Aholining ta‘lim darajasini va unda barqaror bilimlarni yaratish, tarqatish va undan foydalanish ko’nikmalarining mavjudligini ifoda etadi.


3. Innovatsiya indeksi. Milliy innovatsion tizimni rivojlanish darajasini ifoda etadi.
4. Axborot va kommunikatsion texnologiyalar indeksi. Axborotlarni samarali tarqatish va uni qayta ishlashni qo’llab- quvvatlovchi axborot va kommunikatsion texnologik infratuzilmani rivojlanish darajasini nazorat qiladi.
Mamlakat va hududlarining innovatsion xavfsizlik darajasini baholashda iqtisodiyotning bilimlar indeksidan foydalanish mumkin. Bu ko’rsatkich asta-sekin bo’lsa ham Global innovatsion indeksda o’z o’rnini mustahkamlab borayotgan O’zbekiston Respublikasi innovatsion tizimining asosiy elementlarini to’la qamrab olgan. Global innovatsion indeksda jahonning 128 ta davlatining milliy innovatsion tizimlari haqida ma‘lumot bo’lib, unda O’zbekistonning uning liderlar qatoriga chiqishiga hozircha ma‘lum vaqt bor.

Innovatsion xavfsizlik kategoriyasi ―mamlakatning barqaror va dinamik ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati, uning farovonligi va taraqqiyotini iqtisodiy hamda texnologik erkinligi va mustaqilligini, mudofa qobiliyatini ta‘minlay oladigan milliy innovatsion tizimning rivojlanish darajasi bilan aniqlanadi.

Innovatsions sikl fan, texnika va texnologiya, ishlab chiqarish va bozorning holatini aks ettiradi, innovatsiyaning o’zi esa yuqori raqobatbardosh iqtisodiyotga erishish vositasidir. Bundan kelib chiqadiki, innovatsion xavfsizlik iqtisodiy xavfsizlikning muhim qismidir. Innovatsion xavfsizlikning muhimligini sifat jihatdan baholash mamlakatning mavqYIni mustahkamlashga va uning


ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga tahdidlarni bartaraf etishga xizmat qiladi. Innovatsion xavfsizlik tushunchasi o’zaro bog’liq ikki quyi tizimni o’z ichiga olishi kerak:
1) innovatsion xavfsizlik obyektlarining quyi tizimi: fan va kadrlar, texnika va texnologiya, mahsulotlar va xizmatlar, sotish va tijorat maqsadlarida foydalanish;
2) quyi tizimga xizmat ko’rsatuvchi: investitsiya, boshqarish (menejment), marketing.
Innovatsiya sohasidagi mamlakatning milliy manfaatlarini amalga oshirish borasidagi vazifalarni va faoliyatni amalga oshirishni qiyinlashtiradigan, tor bo’g’inlar yoki bu boradagi imkoniyatlarni yo’qqa chiqaruvchi shart-sharoitlar va omillar innovatsion xavfsizlikka tahdidlar deb ataladi. Ularni iqtisodiy faoliyat turlariga qarab guruhlarga ajratish mumkin: qayta ishlovchi ishlab chiqarish, foydali qazilmalarni qazib olish, elektr energiyasi, gaz va suvni ishlab chiqarish va taqsimlash, transport va aloqa kabi boshqa sohalardagi tahdidlar. Milliy ishlab chiqaruvchilar va korxonalar oldida turgan eng katta tahdidlardan biri – bu asosiy vositalarning jismoniy va ma‘naviy eskirishi hisoblanadi.
O’zbekiston iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirishning uchta mumkin bo’lgan variantlari mavjud. Inersion (importga yo’naltirilgan) texnologik rivojlanishning birinchi varianti. Unda innovatsion rivojlanishga yo’naltirilgan sa‘y-harakatlarning yo’qligini, shuningdek, makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash va byudjetdan fan, innovatsiyalar, investitsiyalar va shuningdek, inson resurslari va kapitalni rivojlantirishga sarflanadigan xarajatlarning nisbatan past ko’rsatkichlarini aks ettiruvchi siyosatni o’zida aks ettiradi. Aksariyat hollarda institutlarni rivojlantirish va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish bo’yicha

innovatsion siyosat umumiy choralar, shuningdek, katta xarajatlarni talab qilmaydigan tashkiliy choralari yordamida amalga oshiriladi. Yuqori darajadagi ehtimollik bilan ushbu o’ziga xos variant milliy innovatsion tizimning yanada zaiflashishiga olib keladi va iqtisodiyotning xorijiy texnologiyalarga qaramligini yanada oshiradi. O’zbekistonning innovatsion tizimi bir qator alohida ilmiy va texnik segmentlarga bo’lingan bo’lsada, unda asosan to’qimachilik tizimi ustuvor ahamiyat kasb etadi.
O’zbekistonda biznesning innovatsiyalarga bo’lgan talabining pastligi va davlat tomonidan innovatsiyalarni qo’llab- quvvatlashga yetarlicha mablag’larning ajratilmasligi ilmiy tadqiqotlar va ilmiy ishlanmalar sohasining rivojlanishiga ko’p
jihatdan salbiy ta‘sir ko’rsatadi.
Bunday variantni amalga
oshirish natijalari mamlakat
iqtisodiyotini uzoq muddatli
istiqbolda rivojlantirish
maqsadlariga mutlaqo mos
kelmaydi. Bunday variant
O’zbekistonni G’arbning yetakchi rivojlangan mamlakatlaridan uzoq muddatli texnologik orqada qolishga va istiqbolda yangi industrial davlatlarga mamlakatning raqobat kurashida yutqazishga olib keladi. Shuning uchun rivojlanishning mazkur varianti mamlakat uchun maqbul emas deb, hisoblanadi.
Import texnologiyalari va milliy ishlanmalarni takomillashtirish orqali rivojlanishni quvib yetish siyosati iqtisodiyot tarmoq va sohalarini qayta qurollantirishga yo’naltirilgan milliy ishlab chiqaruvchilarning texnologik raqobatbardoshligini oshirish va jadal rivojlantirish ikkinchi variantning mohiyatini tashkil etadi. Energetika sohasini
rivojlantirish va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan uzluksiz ta‘minlash masalalari ham ikkinchi variantni amalga oshirishning ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.
Milliy xavfsizlik va mudofaa manfaatlari birgalikda milliy texnologiyalarga talab yaratadi. Fundamental va amaliy fan sohalari yo’nalishida yaratilgan ilmiy tadqiqot faoliyati natijalari tijorat maqsadlarida keng qo’llaniladi. Janubiy Koreya, KXDR, Yaponiya, Singapur va Malayziya kabi davlatlarning quvib yetishga asoslangan rivojlanishi bunga yaqqol misol bo’la oladi. Ushbu variantning asosida jahon bozorida mavjud bo’lgan va chet el kapitali yordamida sotib olinadigan yoki jalb qilinadigan texnologiyalardan maksimal darajada foydalanish yotadi. Odatda, import qilinuvchi texnologiyalar har doim ham dunyoda eng ilg’or texnologiya hisoblanmaydi.
Mazkur varinat bir nechta afzalliklarga ega:
 tayyor va takomiliga yetkazilgan texnologiyalar
qo’llanilganligi bois, mazkur texnologiyalarni qo’llash jarayonida innovatsion xatarlar past darajada bo’ladi. Bu vaziyatda texnologiyalar bilan bir qatorda tegishli xizmatlarning barcha turlari - texnik xizmat ko’rsatish, ta‘mirlash va xodimlarni o’qitish kabi xizmatlarni ham olish va undan to’liq foydalanish mumkin bo’ladi;
 innovatsion loyihalarni amalga oshirish muddatlari sezilarli darajada qisqaradi;
 iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida texnologiyaning rivojlanishi yangi yuqori texnologiyali tarmoqlarning paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin;

 texnologiyani tanlash bo’yicha qarorlarni nomarkazlashtirish xato qarorlar qabul qilish xavfini kamaytiradi.


Biroq, ushbu variantda ham O’zbekiston sharoitida foydalanishda bir qator xavflar mavjud bo’ladi. Ular quyidagilardan iborat:
 bir xil yoki birmuncha takomillashgan ilg’or texnologiyalardan foydalangan holda o’xshash mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar o’rtasida kuchli raqobat kurashining mavjudligi, bunday holatda faqatgina ijtimoiy mehnat unumdorligini keskin oshirish evaziga raqobat kurashida yutib chiqish mumkin;
 ishlab chiqarishning eng samarali rivojlanishi to’g’ridan-
to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish jarayonida yuz beradi, bu esa mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash uchun jiddiy sa‘y-harakatlarni amalga oshirishni talab qiladi. Xorijiy kapitalni va texnologiyalarning mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishdagi sezilarli darajadagi ishtiroki uning qaramligini oshiradi va tashqi xavflarni kuchaytiradi;
 iqtisodiyotning texnika va texnologiyalar importiga bog’liqligi unda mustaqil milliy texnologik tadqiqotlarni rivojlanishiga salbiy ta‘sir ko’rsatadi.
Ilmiy-texnikaviy va fundamental tadqiqotlar sohasida yetakchilikka erishish hamda O’zbekiston – 2030 ijtimoiy- iqtisodiy jihatdan rivojlantirish Konsepsiyasida belgilangan uzoq muddatli maqsad va vazifalarga to’la mos keladigan variantlarni amalga oshirish lozim. Ushbu variantni davlat tomonidan amalga oshiriluvchi quyidagi xatti-harakatlar bilan tavsiflash mumkin: ilmiy tadqiqot va ilmiy-texnikaviy faoliyat sohalarini takomillashtirish, milliy ilmiy tadqiqot faoliyati natijalari va ilmiy ishlanmalardan keng foydalanishni yo’lga qo’yish va mamlakatning yuqori texnologiyali tovarlar va xizmatlarning jahon bozoridagi ulushini oshirish.

O’zbekiston Respublikasida «Raqamli O’zbekiston — 2030 Strategiyada belgilangan vazifalarni amalga oshirish orqali quyidagi natijalarga erishish rejalashtirilgan:
 yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot va mobil aloqa tarmoqlaridan sifatli, xavfsiz, arzon va oqilona foydalanish;
 aloqa va telekommunikatsiyalarning ochiq va raqobatbardosh bozori;
 barcha ijtimoiy obyektlarni Internet jahon axborot tarmog’i bilan ta‘minlash;
 respublika bo’ylab optik tolali aloqa tarmog’ining uzunligini kengaytirish;
 aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa texnologiyalari (4G va b.) bilan qamrab olish darajasini oshirish;
 shaharlar va qishloqlar o’rtasidagi raqamli tafovutni kamaytirish;
 elektron hukumatni rivojlantirish xalqaro reytingida eng rivojlangan mamlakatlar qatoriga kirish;
 elektron davlat xizmatlari ulushini oshirish;
 elektron davlat xizmatlariga ishonchni mustahkamlash,
aholining davlat organlari bilan xavfsiz va oson o’zaro hamkorlik qilishini ta‘minlash;
 davlat, biznes va aholining ehtiyojlariga qarab, hisoblash quvvatini samarali taqsimlash va undan foydalanish;
 respublika bo’ylab kommunal sohada elektron hisoblagichlar ulushini oshirish;
 an‘anaviy qog’oz yoki elektron hujjatga nisbatan elektron yozuvning ustunligi;
 dasturiy mahsulotlarning eksport hajmini kengaytirish;

 IT-parkda rezidentlari sonini oshirish;


 investitsiya muhitini yaxshilash, axborot texnologiyalari sohasida investitsiyalar samaradorligini oshirish;
 aholining raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat vositalaridan foydalanish ko’nikmalarini rivojlantirish;
 aholining barcha qatlamlari uchun axborot texnologiyalari sohasida ta‘lim olish bo’yicha keng imkoniyatlarining mavjudligi;
 axborot texnologiyalari sohasidagi professional kadrlar zaxirasining, shu jumladan, boshqaruv kadrlari zaxirasining mavjudligi;
 IT yo’nalishi bo’yicha oliy ta‘lim muassasalari bitiruvchilari sonini oshirish;
 respublikaning barcha tumanlarida (shaharlarida) raqamli texnologiyalar o’quv markazlarini tashkil etish.
O’zbekiston nanotexnologiyalarni, odamlarni va hayvonlarning hayotini ta‘minlash va himoya qilish uchun biotibbiyot texnologiyalarni ishlab chiqish va qo’llashda, dasturiy ta‘minotda, shuningdek, energetika, atrof-muhitni boshqarish va atrof-muhitning ayrim sohalarida va boshqa faoliyat sohalarida jahonda yetakchi o’rinni egallashi mumkin.
Yangi ilmiy va muhandis kadrlarga bo’lgan talabning nisbatan keskin o’sishi ushbu variant bilan tavsiflanadi. Uning asosiy xususiyati – yanada ilg’or milliy innovatsion tizimni shakllantirish va ma‘lum darajada mamlakat fundamental fanining asosiy va hatto yetakchi mavqYIni tiklashdan iboratdir.
Yuqorida tilga olib o’tilgan variant biroz qimmatga tushishini ta‘kidlash lozim, chunki u ilmiy tadqiqot faoliyati va fundamental tavsifga ega bo’lgan ishlanmalarni rivojlantirishga davlat

tomonidan keng miqyosda mablag’lar ajratilishini ko’zda tutadi. Tadqiqot va ishlab chiqish natijalarini tezkor ravishda tijoratlashtirishga ko’maklashish, shuningdek, mavjud bozorlar doirasida yangi bozorlar, bo’sh joylar va segmentlarni faol izlash va yaratish, bularning barchasi yuqoridagi variantni amalga oshirishning yuqori xarajatli ekanligidan dalolat beradi. Turlicha tarmoq tuzilmasiga ega bo’lgan mamlakat uchun texnologik modernizatsiyalash siyosati variantini tanlash iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalari uchun birdek mos kelavermaydi. Bugungi kunda mamlakat uchun raqobat afzalliklari borasida ma‘lum bir ustuvorliklarga ega bo’lgan iqtisodiyot tarmoq va sohalarini jadal rivojlantirishga urg’u berish eng maqbul variant hisoblanadi.



Mahalliy ishlab chiqarishlar va hududlarni dunyo miqyosida raqobatlasha oladigan darajada majmuali rivojlantirish yaqin kelajakda mamlakatda innovatsion faoliyatni rivojlantirish va innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishning strategik maqsadini tashkil etadi. Bu mamlakat iqtisodiyotini tarkibiy modernizatsiya qilishni, ishlab chiqarishni texnik va texnologik qayta qurollantirishni, yashirin iqtisodiyotga, jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashishni, iqtisodiy va innovatsion faoliyat sohasida yangi qonun hujjatlarini ishlab chiqishni talab qiladi.

Yüklə 6,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə