2-mavzu: Ma’naviyatning vujudga kelishi (genezisi) va dastlabki rivojlanish davri. Reja



Yüklə 67,48 Kb.
səhifə7/8
tarix23.12.2023
ölçüsü67,48 Kb.
#155237
1   2   3   4   5   6   7   8
2-mavzu Ma’naviyatning vujudga kelishi (genezisi) va dastlabki -fayllar.org

Ibtidoiy 
sinkretizmning 
parchalanishi.
Ijtimoiy
amaliyotning
rivojlanishi, turli ixtisoslashgan bilimlar, tasavvurlar, me’yorlar, baholar,
tamoyillarning muttasil ko‘payib borishi ibtidoiy sinkretik ong doirasiga sig‘may
4
Й.Хейзинга. Homo ludens. В тени завтрашнего дня. М., 1992 г.// «Самосознание европейской културы ХХ
века» М., 1991, 17-б.



qolgan. Natijada ijtimoiy ong va ma’naviy amaliyotning nisbatan mustaqil,


alohidalashgan shakllari qaror topishi uchun shart-sharoit pishib yetila boshlagan.
Ishlab
chiqarish
vositalarining
takomillashishi
tufayli
mehnat
unumdorligining ancha oshishi bevosita jismoniy mehnatdan kishilarning bir
qismini ozod etib, ular zimmasiga qishloq hayotini boshqarish, ishlab chiqarishni,
savdo – sotiqni, odamlar hayotining xavfsizligini tashkil etish va himoya qilish
bilan shug‘ullanish vazifasini yuklash uchun sharoit yaratgan. Bundan tashqari,
yoshlarga kasb o‘rgatish, kasallarni davolash, yoki jamoani boshqarish, odamlar
o‘rtasidagi turli iqtisodiy, maishiy munosabatlarni, diniy marosimlarni, asotirlar,
afsonalarni tartibga solish, urug‘ va qabila «tarixini», e’tiqodi va rivoyatlarini,
qo‘shiqlarini yoshlarga o‘rgatish, kattalarga tez-tez eslatib turish vazifalari bilan
ham bunday ishlarga uquvi bor kishilarni mashg‘ul qilish imkonini bergan.
Natijada aqliy mehnatning jismoniy mehnatdan ajralib chiqishi uchun zamin
yaratilgan. Bu jarayon birdaniga sodir bo‘lib qolgani yo‘q. Aqliy mehnatning
jismoniy mehnatdan ajralib chiqishi asrlar davomida cho‘zilgan va uzil-kesil
bronza va temir qurollar nisbatan keng qo‘llanila boshlagach yuz bergan.
Yangi sermahsul qurollarga o‘tish mehnatning yangi tarixiy taqsimotini
keltirib chiqardi va ibtidoiy sinkretizmni parchalab yubordi. Aynan shu davrda
ilk shaharlar, davlatlar vujudga keldi. Tosh qurollaridan bronza va temir
qurollariga o‘tish, shahar - davlatlarning paydo bo‘lishi, aqliy va jismoniy
mehnatning bir-biridan ajralishi ijtimoiy ongning nisbatan mustaqil shakllarini va
ular bilan bog‘liq manaviy ishlab chiqarish amaliyotini, yozuv va imloni vujudga
keltirdi. Ahloq, huquq, din, filosofiya, ilm-fan, badiiy adabiyot va san’at (uning
alohida turlari) va o‘qituvchilar, tabiblar, huquqshunoslar, ruhoniylar, faylasuflar,
olimlar, san’atkorlar (shoirlar, me’morlar, xaykaltaroshlar, musavvirlar,
zapgaplar, bastakorlar, xonandalar, raqqoslar va h.k.), davlat amaldorlari,
sudyalar va jismoniy mehnat bilan shug‘ullanmaydigan, bevosita moddiy
ne’matlar ishlab chiqarish bilan band bo‘lmagan boshqa kasblar paydo bo‘ldi.
Ular va turli-tuman hunarmandlar asosan shaharlarda istiqomat qildilar.



Shaharlar moddiy va ma’naviy madaniyat rivojlanishining muhim


manbaiga va omiliga aylandi. O‘zbek tilidagi madaniyat tushunchasi arabcha
“madinat” - shahar tushunchasidan yasalgan. Bu shaharlarning madaniyat
yuksalishidagi ahamiyatiga ota-bobolarimiz qanday katta baho berganidan
dalolatdir (arablarning o‘zlarida boshqa atama qo‘llaniladi). Shaharlar va
davlatlar qaror topishidan boshlab insoniyat sivilizatsiyaga qadam qo‘ydi. Bu
davrdan boshlab ma’naviyatning o‘ziga xos mafkuraviy va dunyoqarash asosini
diniy e’tiqodlar, muayyan diniy va falsafiy ta’limotlar tashkil qilgan, kapitalizm
(industrial jamiyat) qaror topgunga qadar shunday bo‘lib qolgan.
Mahsulotlar hajmi ortishi uni kimlar tomonidandir ko‘proq o‘zlashtirish,
boylik to‘plash imkonini ham tug‘dirdi. Asta – sekin jamiyatda xususiy mulk va
ijtimoiy tengsizlik paydo bo‘ldi. Ijtimoiy guruhlar, qatlamlar, tabaqalar, sinflar
vujudga keldi. Endi urushlar va to‘qnashuvlar paytida asir olingan kishilar
qullarga aylantirila boshladi. Turli sabablarga ko‘ra qashshoqlanib, to‘q oilalarga
qaram bo‘lib qolgan kishilar qarzi evaziga farzandlaridan birini doimiy ishlash
uchun ularga berishga majbur bo‘ldi. Shunday qilib, zimdan asrlar davomida
quldorchilik tuzumi yuzaga keldi. Jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi qarama-qarshi
sinflarga bo‘linib ketdi.
Jamiyatda yangidan vujudga kelgan sinflarning va ijtimoiy tabaqalarning
manfaatlari o‘zaro mos kelmay qoldi. Ularni ifodalovchi qarashlar, fikrlar,
mafkuralar shakllandi. Endi bir yaxlit sinkretik ongda, e’tiqod va dunyoqarashda
qarama-qarshi manfaatlarni ifodalashning iloji qolmadi. Buning ustiga turlicha
sharoitda yashaydigan, moddiy ta’minoti, tarbiya olish, o‘qish, o‘rganish
imkoniyatllari har xil tabaqalar, sinflar va ijtimoiy guruhlarning turmush tarzida,
madaniyati va dididagi farqlar kuchayib ketgani ham ibtidoiy sinkretizmning
istiqbolini yo‘qqa chiqardi. Shunday qilib, ibtidoiy sinkretizmning parchalanish
sabablari ikkiga bo‘linadi: birinchisi – ishlab chiqarish rivojlangani, aqliy
mehnatning jismoniy mehnatdan ajralib chiqqani va ko‘plab ixtisoslashgan
bilimlarining, yangi ijtimoiy va axloqiy me’yorlarning vujudga kelganidir;
ikkinchisi – jamiyat ijtimoiy-sinfiy tuzilmasining o‘zgargani, mulkiy va ijtimoiy



tengsizlikning, ularni oqlaydigan yoki qoralaydigan mafkuralarning paydo


bo‘lganidir. Ibtidoiy sinkretizm mafkuraviy-siyosiy, axloqiy, huquqiy va
umuman dunyoqarash jihatdan parchalandi. Mavjud tuzumni oqlaydigan axloqiy,
himoya qiladigan siyosiy va huquqiy qarashlar hamda ularni amalga oshiradigan
siyosiy tashkilot – davlat qaror topdi. Ma’naviyat tizimi mazmunan va shaklan
xilma-xillashib, murakkablashib ketdi.

Yüklə 67,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə