2-mavzu: Ma’naviyatning vujudga kelishi (genezisi) va dastlabki rivojlanish davri. Reja


Mehnatning tarixiy taqsimotlari va ma’naviyat rivojlanishi



Yüklə 67,48 Kb.
səhifə5/8
tarix23.12.2023
ölçüsü67,48 Kb.
#155237
1   2   3   4   5   6   7   8
2-mavzu Ma’naviyatning vujudga kelishi (genezisi) va dastlabki -fayllar.org

Mehnatning tarixiy taqsimotlari va ma’naviyat rivojlanishi. Mazkur
hodisa insoniyat hayotida, ma’naviyat rivojlanishida juda katta tarixiy
ahamiyatga ega. Chunki u, birinchidan, insonning ijobiy bilimlari doirasini
nihoyatda kengaytirib yubordi, ikkinchidan, ijodkorligini, izlanishlarini keskin
rag‘batlantirdi, uchinchidan, tabiat va jamiyat bilan hamda odamlar o‘rtasidagi
o‘zaro munosabatlar mazmuni va shaklini boyitdi. Bular o‘z navbatida, ibtidoiy
diniy, ahloqiy va boshqa ijtimoiy g‘oyalarni rivojlantirdi. Qisqasi, mehnatning
birinchi tarixiy taqsimoti ma’naviyatni yangi unsurlar bilan boyitdi, uzil-kesil bir
tizimga
kelishini
tezlashtirdi.
Mehnatning
ikkinchi
taqsimoti

hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishi ibtidoiy jamiyat
ma’naviyatini yangi bosqichga ko‘tardi, yangi bilimlar va me’yorlar, qoidalar
paydo bo‘lishini tezlashtirdi.



Urug‘-jamoa ma’naviyati tilsim (magiya), fetish, tabu, animizmga


asoslangan. Ibtidoiy ong rivojlanishi jarayonida animizm – tabiatni jonlashtirish
rivojlanib, rang-baranglashib, ierarxiyalashgan. Asta-sekin har bir tabiat
hodisasiga oid alohida ruhlar, g‘ayritabiiy kuchlar, tizimi vujudga kelgan. Oxir-
oqibatda bu politeistik (ko‘pxudochilik) qarashlar va dinlar vujudga kelishiga
sabab bo‘lgan. Mifologiya (asotirlar) ibtidoiy insonning sinkretik psixologiyasi
va konkret-obrazli tafakkurining mahsuli va negizidir. Dastlab inson tevarak –
atrofini o‘rab turadigan, u har kuni duch keladigan narsa va hodisalar to‘g‘risida
turli asotirlar to‘qigan (ilon va qaldirg‘och haqidagiga o‘xshagan). Bunday
asotirlar quyi yoki tuban asotirlar deyiladi. Koinot, olam (osmon, yulduzlar va
h.k.) haqidagilar esa yuksak, yoki falakiyot asotirlari deyiladi. Urug‘-jamoalar
qabilalarga birlashuvi, qabilalar o‘zaro uyushib, birlasha boshlashi ibtidoiy
ma’naviyat rivojlanishini yana yangi bosqichga ko‘tardi. Ajdodlar ruhiga
sig‘inish, ularning ba’zi mashhurlari xotirasini muqaddaslashtirish,
ilohiylashtirish hollari yuz berdi. Animizm asosida, yuqorida aytilganidek, asta-
sekin politeistik dinlar paydo bo‘ldi. Asotirlar mavzusi va janrlari xilma-xillik
kasb etdi. Aynan ushbu davrda falakiyot asotirlari rivojlanishi avj oldi. Qabilalar
va qabilalar birlashmalari o‘rtasida yaylovlar, serunum yerlar, daryolar, ko‘llar
uchun o‘zaro kurash, to‘qnashuvlar, urushlar bo‘lib turgan. Bu qahramonlik
eposlari (dostonlari) vujudga kelishi uchun zamin yaratgan.
Ajdodlarimizning buyuk merosi «Avesto»da chorvachilik va dehqonchilik
bilan bog‘liq ko‘plab ilk ma’naviy-ahloqiy me’yorlar bir oz o‘zgargan xolda
saqlanib qolgan va bizgacha yetib kelgan. Faraz qilish mumkinki, «Avesto»
yaratilganiga salkam 3 ming yil bo‘lgan bo‘lsa-da, unga 10-12 ming yil ilgari
vujudga kelgan ba’zi bir unsurlar va tabiat hodisalari (masalan, muz davrining
oxiridagi iqlimiy o‘zgarishlar) ham kirib qolgan. Ushbu ma’noda qadimgi
asotirlar, jumladan «Avesto» asotirlari ma’naviyat vujudga kelishi va rivojlanishi
to‘g‘risida ancha boy material beradi.
Chorvachilik bilan shug‘ullanadigan urug‘-jamoalarda mollarni boqish,
ularning mahsulotlari – sut, qatiq, yog‘, go‘sht, jun, teri qabilarni qayta ishlash,



oziq-ovqatga, iste’mol buyumiga aylantirish, mollarni urchitish, ko‘paytirish,


turli xavf-xatarlardan, kasalliklardan, yirtqich hayvonlardan asrashga oid bilimlar
va tajriba uzluksiz boyigan. Bundan tashqari, chorva mollariga nisbatan muayyan
diniy-axloqiy munosabatlar qaror topgan. Chunki mollarni so‘yish (jonidan judo
qilish), mahsulotlardan foydalanish uchun ibtidoiy odam tabiatni boshqaradigan
kuchlardan, ruhlardan, xudolardan ruxsat olishi, ularning bilib-bilmay g‘azabini
keltirmasligi kerak edi. Ibtidoiy odam hali ovchilik bilan shug‘ullangan paytlarida
hosil bo‘lgan bu tasavvurlar chorvadorlarda yanada rivojlangan.
Chorvachilik tufayli ibtidoiy odam yangi mintaqalarni o‘zlashtirdi.
Odamlarning yashash doirasi kengaydi. Molini boqib, bir yaylovdan boshqasiga
ko‘chganda, adashib ketmaslik, yana eski joyiga kaytib kelish yo‘lini eslab qolish
uchun ibtidoiy chorvador yulduzlarga qarab yo‘l topishni o‘rgandi. Osmon bilan
o‘ziga xos muloqot qildi. Osmon jismlari, yulduzlar, yulduz turkumlariga nom
berdi. Ular haqida turli-tuman asotirlar to‘qidi; ularning paydo bo‘lishi,
joylashishi, o‘zaro «munosabatlarini», «aloqalarini» tushuntirishga harakat qildi.
Ko‘p hollarda insonlar hayotida tarqalgan qoidalar, me’yorlar, tartiblar osmon
jismlari aloqalariga ko‘chirildi. Shunday qilib, ilk astronomik kuzatishlarni,
bilimlarni, falsafiy-axloqiy me’yorlarni aks ettiruvchi falakiyot asotirlari paydo
bo‘ldi.
Dehqonchilik ibtidoiy odam bilimlari va dunyoqarashi boyishiga
chorvachilikka nisbatan ko‘proq va kuchlirok ta’sir ko‘rsatgan. Dehqonlar
o‘simliklar turlarini, ularning xususiyatlarini, o‘sish, gulga kirish, pishish
davrlarini, xar bir o‘simlik uchun ma’qul va noma’qul iqlim, suv va tuproq
sharoitini, o‘simlikka ishlov berish, begona o‘tlarga qarshi kurashish, almashlab
ekish, yerni o‘lchash, tekislash, ariq chiqarish kabi tadbirlarga ehtiyoj sezdi.
Bularning xech biri instinktiv qilinadigan ishlar emas, ular ongli va tizimli
bilimlarni, uquv va tajribani talab qiladi.
Dehqonchilik yil fasllarini o‘rganishni, tabiatdagi suv, havo, harorat,
yog‘ingarchilik aylanishini, dehqonchilikka qulay mavsumlarni aniqlash



zaruratini tug‘dirdi. Dehqon ham ko‘kka boqdi. Yulduzlar harakatini, qaysi


mavsumda, qaysi faslda qaerda joylashishini eslab qolishga urindi. Chorvador
yulduzga ko‘proq yo‘ldan adashmaslik maqsadida boqsa, dehqon daryoda suv
toshqini boshlanishi, qachon yomg‘ir mavsumi kelishini, tugashini, ekin uchun
qulay fursat yetilishini aniqlash, ekinlariga iqlim ijobiy yoki salbiy ta’sir
ko‘rsatishini bilish uchun murojaat etdi.
U g‘ayritabiiy kuchlardan ekinni asrash, hosilini ko‘paytirish ilinjida madad
so‘radi, ularga sig‘indi, sadaqalar qildi, duolar o‘qidi. Chorvadorlar o‘rtasida
shakllana boshlagan falakiyot asotirlarini dehqonlar har tomonlama to‘ldirdi,
boyitdi. Bu astronomik kuzatuvlarga ham, iqlim hodisalariga ham, ijtimoiy
munosabatlarning «osmonga» ko‘chirilishiga ham, samoviy jismlarga sig‘inishga
ham taalluqli.
Agrotexnik tadbirlar rang-barang va bir-biriga o‘xshamas bo‘lganidan
ularni bajarish uchun turli-tuman mehnat qurollarini o‘ylab topishni taqozo etdi.
Agar bunga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash ham yangi qurollar,
tegirmonga o‘xshash qurilmalar, daslabki dastgohlar yaratishga keskin ehtiyoj
tug‘dirganini qo‘shsak, dehqonchilikning ibtidoiy odam ongini, ijodiy
izlanishlarini
qay
darajada
tezlashtirganini,
berganini
payqaymiz.
Hunarmandchilik birinchi navbatda dehqonchilik ehtiyojlarini qondirish
zaruratidan vujudga keldi.
Yevropa tillaridagi madaniyat tushunchasining o‘zagi «kultura» asli
dehqonchilikka oid atamadir. U yerga ishlov berishni va ayni paytda parvarish
qilinadigan o‘simliklarni, ekinlarni anglatadi. Ushbu dalilning o‘ziyoq,
dehqonchilik madaniyat, ma’naviyat rivojlanishiga qay darajada xissa
qo‘shganini ko‘rsatadi. Mavzudan bir oz ilgarilab ketib, e’tirof etish lozimki,
nisbatan rivojlangan dehqonchilik ehtiyojlari, xususan irrigatsiya (sug‘orish),
iqlimni, mavsumlarni aniq hisob-kitob qilish, yerni tekislash, rejalashtirish, ariq
va to‘g‘onlar qurish ehtiyojlari, temir qurollar va aqliy mehnat paydo bo‘lganidan



keyin
qadimgi


dunyo
tamaddunini
va
matematika,
geometriya,
astranomiya,amaliy mexanika fanini vujudga keltirdi.
Dehkonchilik o‘troq turmush tarzini shakllantirdi. Qishloqlar paydo bo‘ldi.
Qishloqlar o‘z navbatida ibtidoiy odam madaniyatini yanada yuksaltirdi.
Birinchidan, mehnat qurollari, uy-ro‘zg‘or buyumlari yasash, yangilarini o‘ylab
topish bilan ayrim kishilar maxsus shug‘ullana boshladi. Ikkinchidan,
chorvadorlar va dehqonlar o‘rtasida mol ayirboshlash, almashtirish, savdo-sotiq
qaror topdi. Uchinchidan, o‘troq turmush tarzi mehnatning ikkinchi tarixiy
taqsimoti hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishiga olib keldi.
Hunarmandchilik yangi bilimlarni, bajarilishi yanada murakkabroq bo‘lgan
uquv, ko‘nikmalarni kashf etdi. Tuproqning, turli toshlar va ma’danlarning,
yog‘ochning elementar tabiiy (fizikaviy va ximiyaviy) xossalari o‘rganildi.
Ularga ishlov va shakl berish, eritish, qorishmalar yasash, quyish kabi dastlabki
jo‘n texnologiyalar paydo bo‘ldi. Kulolchilik ancha yuksaklikka ko‘tarildi.
Hunarmandchilikning eng buyuk kashfiyoti suv ko‘tarish uchun charxpalakni,
uning asosida g‘ildirakni, aravani ixtiro qilishdir. G‘ildirak va g‘ildirak prinsipi
ixtiro qilinmasa, hozirgi zamon texnikasining asosida yotgan samolyot parragi,
elektrostansiya turbinasi, mashina va traktorlar, transport vositalari, boshqa
texnika vositalarining aylanma harakatga asoslangan turli-tuman mexanizmlari
(demak, ularning o‘zlari) vujudga kelmas edi.
Qishloqlarning o‘sishi, nafaqat bir joyda istiqomat qilayotgan kishilar
o‘rtasida, shuningdek boshqa qishloqlar aholisi bilan ham aloqalarni yanada
boyitdi, rang-baranglashtirdi. O‘z navbatida bu munosabatlarni tartibga solish,
qoidalar yordamida mustahkamlash zaruratini kuchaytirdi. Natijada yangi
moddiy-iqtisodiy, diniy, maishiy, axloqiy me’yorlar, tamoyillar, qoidalar vujudga
keldi. Ibtidoiy odamning dunyoqarashi yanada kengaydi, ma’naviyati boyidi.
Kasblarning xilma – xillashuvi har bir kasbga oid ixtisoslashgan ijobiy,
oqilona bilimlar va umuman odamlarning tabiat to‘g‘risidagi tasavvurlari
kengayishi qatorida axloqiy, estetik, diniy, falsafiy qarashlar o‘sishiga va



marosimchilik rivojlanishiga ham xizmat qildi. Har bir kasb vakillari o‘zlariga


homiylik qiladigan ma’budlarni, xudolarni, ruhlarni, pirlarni va boshqa
g‘ayritabiiy ma’naviy kuchlarni o‘ylab topdilar, ularga sig‘inib, sharaflariga turli
marosimlar uyushtirdilar. Ibtidoiy jamiyat rivojlanishi jarayonida biz diniy
e’tiqodning o‘zgarib borganini ko‘ramiz. Fetishizm (alohida buyumlarga
sig‘inish), animizm (tabiatni jonlantirish va xayvonlarga sig‘inish), politeizm
(ko‘pxudochilik, ularning ramzi bo‘lmish sanamlarga sig‘inish) ibtidoiy-diniy
e’tiqodlarning tarixiy shakllari va taraqqiyot bosqichlaridir.
Biz mehnat va ibtidoiy ishlab chiqarish bilan bog‘liq holda amaliy
bilimlarning, tajribaning o‘sishi haqida ko‘proq gapirdik. Lekin ta’kidlash
lozimki, birinchidan, hayotning moddiy va ma’naviy tomonlari hech qachon bir-
biridan ayricha rivojlanmagan. Ishlab chiqarish va kasblar doimo xalq
ma’naviyati, og‘zaki ijodi, san’at unsurlari, raqslar va marosimlar bilan birgalikda
yuksalgan. Ular muvoziy (parallel) emas, bir-biridan mustaqil emas, balki aynan
birgalikda, bir-biriga ta’sir qilib rivojlangan. Tabiat va osmon haqidagi, kasb
xususiyatlari va sirlari hakidagi bilimlarning o‘zi, kengroq olsak - dunyoqarash,
ong ma’naviyatning tarkibiga kiradi. Ikkinchidan, yangi kasblar ko‘paygan sayin
mehnat tarbiyasining ixtisoslashgan unsurlari boyib borgan. Odamlar to‘plangan
bilimlarini, uquv va ko‘nikmalarini, tajribasini bolalariga, yosh avlodga
o‘rgatgan. To‘plangan bilimlarni, hayotda ko‘llanilayotgan iqtisodiy, ahloqiy,
diniy, badiiy me’yorlarni, tamoyillarni, qarashlarni umumlashtirish, tartibga
keltirish, mustahkamlash ehtiyoji tug‘ilgan. Bu avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy
vorisiylikni ta’minlashda, yoshlarga va ulardan keyin keladigan avlodlarga
yetkazishda juda muhim ahamiyatga ega edi. Shunday qilib, iqtisoslashgan
tushunchaviy bilimlar tizimi – fan va obrazli bilimlar tizimi - san’at vujudga
kelishi uchun zamin paydo bo‘la boshlagan.

Yüklə 67,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə