2-mavzu: Ostiologiya haqida tushuncha


To’sh suyagi va qovurg’alar



Yüklə 113,09 Kb.
səhifə6/20
tarix16.02.2023
ölçüsü113,09 Kb.
#100901
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
2-mavzu Ostiologiya haqida tushuncha

4.To’sh suyagi va qovurg’alar.
To'sh suyagi. Ko'krak umurtqalari qovurg'alar bilan birga ko'krak qafasini hosil qiladi. To'sh suyagi uzunchoq yalpoq shaklida bo'lib, o'rta yoshdagi odamda uchta ayrim qismdan iborat:

  1. yuqori qismi - dasta;

  2. o'rta qismi - tana;

  3. past qismi - xanjarsimon o'siq deb ataladi. Bular o'zaro yupqa tog'ay qatlam bilan qo'shilgan bo'lib, keksalik davrida suyaklanib, yaxlit bitta to'sh suyagini hosil qiladi.

Dastaning ikki yonboshidagi juft o'ymalar o'mrov suyagining to'sh suyagiga qaragan uchi va I qovurg'a tog'ayi bilan qo'shilish uchun xizmat qiladi. Dasta bilan tana oralig'ida II—VII qovurg'a tog'aylari uchun o'yma bor.
Xanjarsimon o'siq to'sh suyagi tanasining pastki tomonida joylashgan.
Ayollar to'sh suyagi erkaklar to'sh suyagiga nisbatan bir oz kaltaroq bo'ladi.
Qovurg'alar-12 juft ingichka yoylardan iborat bo'lib, orqa tomondan ko'krak umurtqalari tanasiga yopishib turadi. Har bir qovurg'a ikki qis'mdan iborat; uning orqa qismi suyak va oldingi qismi tog'aydan tuzilgan. Yuqoridagi I—VII qovurg'alar tog'ay qismlar vositasida bevosita to'sh suyagiga birikadi va chin qovurg'alar deb ataladi. Keyingi VIII-IX va X juft qovurg'alar o'zlarining oldin­gi tog'ay qismlari bilan to'sh suyagiga yopishmasdan, o'zidan yuqorida joylash­gan qovurg'aning tog'ayiga tutashadi va soxta qovurg'alar deb ataladi. Qolgan XI va XII juft qovurg'a tog'aylari esa hech qayerga yopishmasdan qorin muskullari orasida erkin joylashadi. Shu sababdan juda harakatchandir. Ular yetim qovurg'alar deb ataladi. Qovurg'alarning oldingi, orqa uchlari hamda oraliq qismi va tanasi bor. Qovurg'aning orqa uchida yo'g'onlashgan boshcha bo'lib, u bo'g'im yuzasi orqali ko'krak umurtqalari tanasidagi qovurg'a chu-qurchalari bilan qo'shilib ketgan. Qovurg'a tanasida tashqi va ichki yuzalari, yuqori va pastki chekkalari; birinchi qovurg'ada, aksincha, yuqori va pastki yuzalar, ichki va tashqi chekkalar bo'ladi. Ko'pchilik qovurg'alar ichki yuzasining pastki chekkasiga yaqin joyida qovurg'a egatchasi (nerv va tomirlar uchun) joylashgan. Qovurg'alar shakli va uzunligi ko'krak qafasining tuzilishi va shakliga bog'liq.
Birinchi qovurg'a boshqa qovurg'alardan o'zining yuqori yuzasida o'mrov osti arteriyasi va venasi uchun egatcha borligi bilan tafovut qiladi.

Yüklə 113,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə