2-mavzu: Ostiologiya haqida tushuncha


Suyaklarning o'zaro birlashishi



Yüklə 113,09 Kb.
səhifə4/20
tarix16.02.2023
ölçüsü113,09 Kb.
#100901
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
2-mavzu Ostiologiya haqida tushuncha

Suyaklarning o'zaro birlashishi.
Til osti suyagidan boshqa hamma suyaklar o'zaro turlicha birlashadi. Jumladan, uzluksiz (harakatsiz) birlashish va harakatchan birlashish.
Uzluksiz birlashishda suyaklar o'zaro biriktiruvchi to'qima pardalar yoki tog'aylar bilan birlashib, harakatsiz yoki kam harakatli birlashishlarni vujudga keltiradi. Bu xildagi birlashishlar uch xil bo'ladi.
3. Tana skeleti va umurtqalar.
Odamning tana skeleti umurtqa pog'onasi, o'n ikki juft qovurg'a va to'sh suyagidan iborat.
Umurtqa pog'onasi bir-birining ustida joylashgan alohida umurtqalar yig'indisidan tashkil topgan bo'lib, bular bo'yin umurtqalari (yettita), ko'krak umurtqalari (o'n ikkita), bel umurtqalari (beshta), dumg'aza umurt­qalari (beshta-o'zaro birlashib, bitta dumg'aza suyagini hosil qiladi) va dum umurtqalariga (to'rtta yoki beshta-birlashib dum suyagini hosil qiladi) ajratiladi.
Umurtqa pog'onasining o'rtacha uzunligi erkaklarda 73-75 sm, ayollarda 69-71 sm gacha. Shundan bo'yin qismi 13-14 sm, ko'krak bo'limi 27-30 sm, bel qismi 17-18 sm va dumg'aza qismi 12-15 sm.
Odamning umurtqa pog'onasi organizmning tayanchi bo'libgina qolmay, balki umurtqa kanalida joylashgan orqa miyani muhofaza qilib turadi va tana hamda kallaning harakatida faol qatnashadi.
Har qaysi umurtqada tayanch vazifasini bajaradigan tana va ravoq bo'ladi, umurtqa ravog'i tanaga ikkita oyoqchasi orqali birlashib, umurt­qa teshigini hosil qiladi, barcha umurtqa teshiklari birga qo'shilib, umurtqa kanalini tashkil etadi, orqa miya ana shu kanalda joylashib, tashqi muhit ta'siridan saqlanadi. Umurtqa ravog'ining o'rta qismida orqa tomonda bitta o'tkir qirrali o'siq, ikkala yon qismida bittadan ko'ndalang o'siq joylashgan. Umurtqa tanasi bilan bo'g'im o'siqlarining o'rta qismida yuqori-gi va pastki o'ymalar bo'ladi. Umurtqa pog'onasida yuqoridagi umurtqa-ning pastki o'ymasi umurtqaning yuqori o'ymasi bilan birlashib, har tnrafda bittadan umurtqa oraliq teshigini hosil qiladi. Bu teshiklar orqali orqn miya nervlari va qon tomirlari o'tadi. Odam umurtqalari orasida bel va dumg'aza umurtqalarining hajmi katta bo'lib, bosh, tana va qo'l og'irligi ana slular vositasida chanoq orqali oyoqqa tarqaladi. Dum umurtqa­lari, aksincha, odamda o'sishdan to'xtab yo'qolib borayotgan qoldiq umurtqa hisoblanadi. Ularning tanasi kichkina bo'lib, ravoqlari bo'lmaydi.

Yüklə 113,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə