2-mavzu: Ostiologiya haqida tushuncha


Kalla suyaklarining birlashuvi



Yüklə 113,09 Kb.
səhifə19/20
tarix16.02.2023
ölçüsü113,09 Kb.
#100901
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
2-mavzu Ostiologiya haqida tushuncha

3.Kalla suyaklarining birlashuvi.
Kallaning ayrim suyaklari, ayniqsa uning qopqog'ini tashkil qilgan suyaklar (chakka suyagidan boshqasi) o'zaro tishli choklar hosil qilib birlashadi. Bu turlicha birlashgan suyaklarning chekkalari kungurador bo'lib, bir suyakning tishlari ikkinchi suyakning tishchalari orasidagi kamgakka kirib turadi.
Chakka suyagining tangasimon qismi qiyiq bo'lib, baliq tangasi yoki cherepitsa singari tepa suyakning chekkasiga yopishib, bir oz yopib turadi va tangasimon chok hosil qiladi.
Kallaning yuz qismi suyaklari bir-biriga tep-tekis chekkalari bilan tegib turib birlashadi. Ayrim choklar maxsus nom bilan yoki birlashadigan ikkala suyakning nomlari bilan ataladi. Masalan, peshona-yonoq choki va hokazo. Bulardan tashqari, maxsus nomli choklar ham bo'ladi. Jumladan, peshona suyagi bilan tepa suyaklari o'rtasida tojsimon chok, tepa suyaklar bilan ensa suyagining orasida lambdasimon chok va ikkala tepa suyak orasida sagittal chok hosil bo'ladi.
Butun kalla.Kalla skeletining yuz qismida tepa tomondan peshona qismi, bir juft ko'z kosasi va ularning o'rtasida, pastroqda joylashgan burun bo'shlig'i­ning noksimon shakldagi teshigini ko'ramiz. Burun teshigining lateral tomonida, yuqori jag'ning oldingi yuzasida tishlar joylashadigan o'siq va bu o'siqda joylashgan tishlar ko'rinadi.
Ko'z kosasi bir juft bo'lib, to'rt burchakli piramidaga o'xshash bo'shliqdan iborat. Piramidaning asosi-og'zi oldinga, uchi esa orqaga (miya bo'shlig'i tomonga) va medial tomonga qarab joylashgan. Ko'z kosasining medi­al, lateral, yuqori va pastki devorlari bor. Medial devorni yuqori jag' suya­gining o'sig'i, ko'z yoshi suyagi, g'alvir suyakning lateral plastinka­si, ponasimon suyak tanasining ol­dingi qismi hosil qiladi.
Lateral devori ponasimon su­yakning katta qanotidagi ko'z kosasiga qaragan qismidan va yonoq suyagidan hosil bo'lgan. Yuqori devori yoki orbitaning tomi peshona suyagining ko'z kosasiga qaragan qismidan va ponasimon suyakning kichik qanotidan vujudga kelgan. Pastki devori yoki tubi yuqori jag' va yonoq suyaklaridan tashkil topgan.
Pastki jag' bo'g'imi yonoq o'sig'i bilan pastki jag'ning bo'yni o'rtasida tortilgan asosiy boylam, ponasimon suyak bilan pastki jag' oralig'ida joy-ochiladigan ikkita te­shigi bor, ulardan biri lateral to­monda joylashgan ko'z kosasining tepa tomondagi yorig'i bo'lsa, ikkinchisi medial tomonda joylashgan yumaloqroq shakldagi ko'rish kanalidir. Ko'z kosasining lateral va pastki devorlari o'rtasidagi burchakda qanot-tanglay va chakka osti chuqurchalariga ochiladigan ko'z kosasining pastki yorig'i joylashgan. Ko'z kosasining medial devori oldingi tomonida ko'z yoshi xaltasining chuqurchasi, pastda burun-ko'z yoshi kanali joylashib, burunning pastki yo'liga ochiladi. Peshona suyagining g'alvir suyak bilan birlashgan chokida ikkita teshik bo'lib, oldingi teshik miya bo'shlig'iga, orqadagi teshik burun bo'shlig'iga ochiladi. Ko'z kosasining pastki devorida joylashgan kanal yuzga ochilib turadi.

Burun bo'shlig'i - yuzning o'rtasida joylashgan bo'lib, uni yuqoridan kalla bo'shlig'i, ikki yonidan ko'z kosalari va yuqori jag' suyagi bo'shliqlari, pastdan og'iz bo'shlig'i o'rab turadi. Burun bo'shlig'i to'siq bilan ikkiga bo'linadi. Burun to'sig'i ko'pincha chapga qiyshayib joylashadi. Burun to'sig'i g'alvir suyakning vertikal plastinkasi va dimog' suyagidan iborat bo'lib, oldingi tomonda to'siq, burun­ning uchigacha bormasdan, tog'ay to'ldirib turadi.


Burun bo'shlig'ining late­ral devori burun suyagidan yuqori jag' suyagining tanasi va peshona o'sig'idan, ko'z yoshi suyagi, g'alvir suyak, tanglay suyagining perpendi­kulyar plastinkasidan, ponasi­mon suyakning qanotsimon o'sig'i medial plastinkasi va pastki burun chig'anog'idan hosil bo'ladi.
Burun bo'shlig'iningyuqori devorini g'alvir suyakning g'alvirsimon plastinkasi, ponasimon va tanglay suyaklarining ponasimon o'siqlari, tanglay suyakning gorizontal peshona suyak kovagidan vujudga kelgan.
Og'iz bo'shlig'ida kalla skeletining boshqa bo'shliqlarga qaraganda suyak devorlari kamroq bo'lib, yuqori devorini qattiq tanglay hosil qiladi,
Og'iz bo'shlig'ining ikki yonboshi va oldingi devori yuqori va pastki suyaklarining alveolyar o'siqlaridan, pastki jag'ning alveolyar chekkasi bilan tauasidan va tishlardan tashkil topgan.

Yüklə 113,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə