2-mavzu: Ostiologiya haqida tushuncha


Guruhlarda ishlash qoidasi



Yüklə 113,09 Kb.
səhifə17/20
tarix16.02.2023
ölçüsü113,09 Kb.
#100901
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
2-mavzu Ostiologiya haqida tushuncha

Guruhlarda ishlash qoidasi

  • Sherigingizni diqqat bilan tinglang.

  • Guruh ishlarida o’zaro faol ishtirok eting, berilgan topshiriqlarga javobgarlik bilan yondoshing.

  • Agar sisga yordam kerak bo’sa, albatta guruh a’zolariga murojaat qiling

  • Agar sizdan yordam so’rashsa, albatta yordam bering.

  • Guruhlar faoliyati natijalarini baholashda hamma ishtirok etishi shart!

  • Shuni tushunmog’ingiz lozim:

  • Boshqalarga o’rgatish orqali o’zimiz o’rganamiz;

  • Biz bir kemadamiz: yoki birgalikda suzib chiqamiz, yoki birgalikda cho’kib ketamiz;



3-Ilova

Tushunchalar taxlili” usuli uchun ekspert varag’i
1-Kichik guruh uchun topshiriq


TUSHUNCHA

MAZMUNI

Yelka kamari




Yonbosh suyak




Tizza qopqog’i








2-Kichik guruh uchun topshiriq

TUSHUNCHA

MAZMUNI

Canoq suyagi




Bilak suyaklari




Quymich kosasi








3-Kichik guruh uchun topshiriq

TUSHUNCHA

MAZMUNI

Son suyagi




Kurak suyagi




Qov suyagi






4-ilova
Mavzu: Bosh skelet. Miya va yuz bo’limi suyaklari.


Reja:

  1. Kallaning miya bo’limi suyaklarining tuzilishi, joylashishi va vazifalari.

  2. Kallaning yuz bo’limi suyaklari.

  3. Kalla suyaklarining birlashuvi.

  4. Chaqaloq kallasi

1.Kallaning miya bo’limi suyaklarining tuzilishi, joylashishi va vazifalari.
Bosh skeleti yoki kalla suyaklari bosh miya va u bilan birga rivojlangan sezgi a'zolarining tayanchi bo'lib, uni tashqi muhit ta'siridan saqlab turadi. Bundan tashqari, kalla suyagining yuz qismida organizm hayotida katta ahamiyatga ega bo'lgan nafas sistemasining boshlanish qismi - burun bo'shlig'i va ovqat hazm qilish sistemasining boshlanishi og'iz bo'shlig'i joylashgan. Kalla suyagi kallaning miya bo'limi hamda yuz bo'limiga ajratiladi.
Kalla bo'shlig'i umurtqa kanalining kengaygan uchi bo'lib, unda bosh miya va uning pardalari, qon tomirlar joylashadi.
Kalla suyagining miya bo'limi ensa suyagi, peshona suyagi, tepa suyaklari, ponasimon yoki asosiy suyak, g'alvir suyak va chakka suyaklardan tuzilgan. Tepa suyagi bilan chakka suyaklari bir juftdan bo'lib, boshqasi toq.
Kalla suyagining yuz bo'limi yuqori jag', tanglay suyagi, yonoq suyagi, burun suyagi, ko'z yoshi suyagi, pastki chig'anoq, dimog' suyagi, pastki jag' va til osti suyaklaridan tuzilgan.
Ensa suyagi qisman kalla qopqog'ining orqa va pastki tomonini va uning asosini tashkil qilishda qatnashadi hamda oldingi to­mondan ponasimon suyakka, tepa va chakka suyaklariga birlashgan. Ensa suyagi katta teshik orqali umurtqa kanaliga qo'shilib turadi.
Ponasimon suyak -juda murakkab tuzilgan bo'lib, kalla suyak tanasiga birlashadi. Bu suyak tanasining kalla bo'shlig'iga qaragan yuqori yuzasining o'rta qismida egarchaga o'xshash chuqurcha-turk egarining tubi bo'lib, unda miya pastki ortig'i bezi-gipofiz joylashadi. Egarchaning oldingi tomonida ko'ndalangiga do'mboqcha - egar qoshi va unda ko'rish nervlarining kesishmasi joylashgan egatcha bor. Ular ikkala tomonda ko'z bo'shlig'iga ochiladigan ko'rish kanalchalari teshigiga tutashadi. Bu kanalchalardan kalla bo'shlig'ida ko'rish nervlari o'tadi. Turk egari orqa tomonda o'z suyanchig'i bilan chegaralanadi. Ponasi­mon suyak tanasining ikki yonboshida uyqu arteriyasi joylashadigan egatcha bor. Qirraning ikkala tomonidagi suyak plastinkalari - ponasimon chig'anoq bir juft suyak kovaklarini chegaralab turadi. O'ng tomondagi bo'shliq chap tomondagi bo'shliqdan sagittal to'siq orqali ajralgan. Bu bo'shliqlar (kovaklar) burun bo'shlig'iga ochilgan.
Ponasimon suyak tanasi orqali ensa suyagi bilan birlashadi.
Chakka suyagi - bir juft bo'lib, murakkab tuzilgan. Eshituv va muvozanat a'zolaridan tarkib topgan. Chakka suyagi to'rt qismdan iborat: palla (tangasimon), nog'ora, piramida (toshsimon) va so'rg'ichsimon qism: ana shu qismlar yangi tug'ilgan chaqaloqlarda alohida bo'lib, bola bir yoshga to'lganda suyaklanib, birlashib bitta butun chakka suyagini hosil qiladi. Chakka suyagining to'rttala qismi tashqi eshituv yo'li atrofida joylashgan.
Tepa suyak bir juft bo'lib, kalla qopqog'ining o'rta qismini tashkil qiladi
Peshona suyagi bitta bo'lib, kalla qopqog'ining ol­dingi qismini tashkil etadi. Peshona suyagining bu qismi sezgi a'zolari (ko'rish va hid bilish a'zolari) bilan uzviy bog'langan.
Peshona suyagining ko'z kosasi qismi gorizontal joylashgan bir juft yupqa plastinkadan iborat. Peshona suyagi ko'z kosasi o'rtasidagi g'alvir suyak joylashadigan o'yma bilan ajralgan. Bu suyakning burun bo'lagida har xil shakldagi va doimo havo saqlaydigan hamda burun bo'shlig'iga ochiladigan kovaklari bor.
Q’alvir suуак yuz suyaklari orasida markaziy o'rinda, ya'ni burun bo'shlig'ining peshona suyagi o'ymasida (tepasida) joylashgan. U go­rizontal joylashgan g'alvirsimon nafis plastinkasi bilan kalla suyagi tubini, ko'z kosasining medial devorini hosil qilishda ishtirok etadi. Q'alvirsimon plastinkaning juda ko'p teshikchalari bo'lib, ular orqali burun bo'shlig'iga hid bilish nervi tolalari o'tadi (g'alvirsimon plastinka nomi ham shundan olingan). Plastinkaning qoq o'rtasida xo'roz tojiga o'xshash. o'siq ko'rinib turadi. Bosh miyaning qattiq pardasi shu tojga yopishadi.
Q'alvir suyakning perpendikulyar plastinkasi burun suyaklari, dimog' suyagi hamda ponasimon suyak qirrasi bilan birlashadi va burun to'sig'ining bir qismini hosil qiladi.
Q'alvir suyakda bir juft katta-kichik va har xil shakldagi g'alvir suyak kataklari bor. Kataklar lateral tomonda yupqa plastinka (qog'ozsimon) yoki ko'z kosasi plastinkasi bilan qoplangan bo'lib, ko'z kosasining medial devorini hosil qiladi.

Yüklə 113,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə