2-mavzu: Ostiologiya haqida tushuncha


Ko’krak qafasining tuzilishi, vazifasi, yosh va jinsga qarab farqlanishi



Yüklə 113,09 Kb.
səhifə7/20
tarix16.02.2023
ölçüsü113,09 Kb.
#100901
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
2-mavzu Ostiologiya haqida tushuncha

5. Ko’krak qafasining tuzilishi, vazifasi, yosh va jinsga qarab farqlanishi.
Orqa tomondan 12 ta ko'krak umurtqasi, ikki yon tomondan 12 juft qovurg'alar va ularning oldingi uchlaridagi tog'aylar, old tomondan to'sh suyagi o'zaro boylamlar bilan birlashib, ko'krak qafasini hosil qiladi.
Ko'krak qafasida tepa va pastki teshiklar bo'lib, tepa teshik kichikroq, oldidan to'sh suyagi dastasi, ikki yondan I uzun qovurg'a va orqa tomonidan ko'krak umurtqasi bilan chegaralanadi, bu teshik orqali kekirdak, qizilo’ngach, qon tomirlar va nervlar o'tadi. Pastki teshik yuqori teshikka nisbatan kattaroq bo'lib, uni orqadan XII ko'krak umurtqasi, ikki yondan XII juft qovurg'a va oldindan to'sh suyagining xanjarsimon o'sig'i chegaralab turadi, bu teshik qorin bo'shlig'idan diafragma orqali ajralib turadi. Ko'krak qafasining hajmi va shakli yosh, jins va konstitutsiyaga qarab turlicha bo'ladi.
Ko'krak qafasi chaqaloqlarda piramida shaklida. Uning oldindan orqaga qaragan hajmi ko'ndalang o'lchovga nisbatan kattaroq bo'ladi. To'sh osti burchagi keng, o'tmas burchak hosil qilib joylashadi. Ayollarning ko'krak qafasi esa erkaklarnikiga qaraganda birmuncha kaltaroq va pastki qismi torroq. O'rta yoshdagi erkaklarning ko'krak qafasi oval shaklda bo'lib, ko'ndalang o'lchovi kattaroq. To'sh osti burchagi esa to'g'ri burchak hosil qilib joylashgan. Ko'krak qafasida yurak, o'pka va boshqa a'zolar o'rnashgan. Ko'krak qafasi muskullar yordamida kengayib - torayib nafas olishga yordam beradi.
LOTIN TERMINOLOGIYASI



1

Vertebrae

-umurtqa

2

Vertebrae cervicalis

-bo’yin umurtqasi

3

Vertebrae thoracicae

-ko’krak umurtqasi

4

Vertebrae lumbales

-bel umurtqasi

5

Vertebrae sacrales

-dumg’aza umurtqasi

6

Vertebrae coccyqea

-dum umurtqasi

7

Os, ossis

-suyak

8

Sternum

-to’sh suyagi

9

Costae

-qovurg’a

10

Thorax

-ko’krak qafasi

11

Clavicula

-o’mrov suyagi

12

Scapula

-ko’krak suyagi

















4-ilova

Qor parchalari uyumi” texnologiyasi
Guruh o’quvchilari teng sonli 3ta kichik guruhga bo’linadi. Kichik guruhlarga mavzuga savollar beriladi . O’ylash uchun 2 daqiqa vaqt ajratiladi har bir savol uchun kichik guruh a’zolari bir-biri bilan maslahatlashishi mumkin. Savolga faqat bitta javob beriladi va javobni takrorlash taqiqlanadi. Savollarga ajratilgan vaqt ichida javob berish lozim. Har bir to’g’ri javob uchun 1 ball beriladi. To’plangan ballar hisoblanadi va eng yuqori natija ko’rsatgan guruh javobi baholanadi. Ballar during bo’lsa qo’shimcha savollar beriladi
Qor parchalari uyumi” metodining afzalliklari:
O’tilgan materialning yaxshi esda qolishiga yordam beradi
Barcha ta’lim oluvchilar ishtirok etadilar
Har bir ta’lim oluvchi o’zining baholanishi ma’suliyatini his etadi
O’z fikrini erkin ifoda etish uchun imkoniyat yaratiladi
Qor parchalari uyumi” metodining kamchiliklari:
Ko’p vaqt talab etiladi
Ta’lim beruvchining o’zi ham rivojlangan fikrlash qobiliyatiga ega bo’lishi talab etiladi
Ta’lim oluvchilarning bilim darajasiga mos va qiziqarli bo’lgan mavzu tanlash talab etiladi

Qor parchalari uyumi” uchun savollari



  1. Suyaklar tuzilishi va tasnifi.

  2. Suyaklarning asosiy vazifalari.

  3. Suyaklar zich va g'ovak moddalarining tuzilishi.

  4. Suyak ko'migi ko'proq qaysi suyaklarda uchraydi?

  5. Naysimon suyaklar tuzilishi.

  6. Q'ovak suzaklar tuzilishi.

  7. Yassi suyaklar tuzilishi.

  8. Aralash suyaklar. Tana suyaklari tuzilishi.

  9. Qaysi suyaklar tana skeletiga kiradi?

  10. Umurtqa pog'onasi nechta umurtqadan tuzilgan? Ular qaysi qismlarga ajratiladi?

  11. Umurtqaning tuzilishi.

  12. Qovurg'aning tuzilishi.

  13. To'sh suyagining tuzilishi.

  14. Ko'krak qafasining tuzilishi, vazifasi.

  15. Ko'krak qafasi hosil bo'lishida qaysi suyaklar qatnashadi?

  16. Ko'krak qafasining jinsga oid tafovuti.

Tasdiqlayman”




Yüklə 113,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə