2-mavzu: pedagogik ta’limotlar tarixi reja



Yüklə 86,67 Kb.
səhifə1/18
tarix17.12.2023
ölçüsü86,67 Kb.
#150226
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
2-mavzu pedagogik ta’limotlar tarixi reja


2-MAVZU: PEDAGOGIK TA’LIMOTLAR TARIXI
Reja
1.Pedagogik g’oyalarning rivojlanish bosqichlari.
2. Ibtidoiy jamiyatda tashkil etilgan tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlari.
3.Xalq og’zaki ijodida tarbiyaga oid masalalarning ifodalanishi.
4. “Avesto” eng qadimgi ma’rifiy yodgorlik.
5. Qadimgi Yunoniston va Rim davlatlarida tarbiya va maktab.
6. SHarq uyg’onish davrida ta’lim-tarbiya taraqqiyoti. Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino ilmiy merosi va didaktik qarashlari.
7. Temuriylar davrida ilm-fan, ta’lim-tarbiyaning ravnaq topishi.
8. XVII asr va XX asr boshlarida maktab va ma’rifiy fikrlar taraqqiyoti.
9. G’arb Uyg’onish davrida ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti.
10. Yan Amos Komenskiyning pedagogik tizimi.
11. O’zbekistonda 1917-1990 yillarda ta’lim tizimi va pedagogika.
12. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ta’lim tizimi.


Tayanch tushunchalar: Antik pedagogika, donishmandlik pedagogikasi, barkamol avlod, fozil inson, insonparvarlik, amaliy faoliyat, ijodiy mahsuliy faoliyat.
«Pedagogika tarixi» - pedagogika fanlari tizimiga kiruvchi fan bo‘lib, pedagogika-psixologiya ixtisosligi o‘quv rejasida ixtisoslik fanlari uchun ajratilgan soatlar hisobidan o‘tilishi ko‘zda tutilgan.
«Pedagogika tarixi» fanini o‘qitishning asosiy maqsadi talabalarning umumpedagogik bilimlarini oshirish, vazifasi esa «Pedagogika nazariyasi» fani yuzasidan egallagan bilimlarini chuqurlashtirishdan iborat
Pedagogika tarixi fanini o‘rganishda ko‘p yillik tarixiy, arxeologik tadqiqotlarning natijalari sifatida qo‘lga kiritilgan ob’ektiv manbaalariga tayanib ish ko‘riladi. Mazkur ob’ektiv manbaalar jumlasiga- pedagogika tarixi faniga doir adabiyotlarda quyidagilar kiritilgan.
1.Eng qadimgi yozma bitiklar. («Urxun Enisey»,«Qultegin», «Xorazm», Sug‘d bitiklari va yozuvlari)
2.Arxeologik topilmalar. (Teshiktosh, Suyumalitosh, Zarautsoy, Qo‘y qirilgan qal’a, Qirqqiz, Erqo‘rg‘on va boshqalar)
3.Buyuk ajdodlarimizning ilmiy-pedagogik, ma’rifiy-falsafiy asarlari.
4.Islom ta’limotining g‘oyaviy asoslariga doir manbaalar.
5.Badiiy pedagogik asarlar.
6.Qadimiy qo‘lyozmalar.
7.Turli davrlarda yaratilgan va pedagogik amaliyotda qo‘llanilgan darslik o‘rnidagi mabaalar, pedagogik ahamiyatga molik asarlar.
8.Turli davrlarda yaratilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalar.
9.Turli davrlarga oid o‘quv rejalari va dasturlari
10.Turli xalqlar va mamlakatlarning xalq ta’limi tarqqiyoti, ilg‘or kishilarning pedagogik qarashlariga doir manbaalar.
11.Milliy mahdudlik davridagi Turkiston va O‘zbekiston xalq ta’limi tizimi va maktablari taraqqiyotiga doir manbaalar.
12.Milliy istiqlol davrida O‘zbekistonda xalq ta’limi taraqqiyotiga oid manbaalar.
O‘zbek xalq og‘zaki ijodi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bola tarbiyasiga ta’sir etish vositasi bo‘lib xizmat qilgan va xizmat qilib kelmoqda.
Inchunin tez aytish-bolalar nutqini o‘stirishga, maqol-bolalarning odob-axloq tarbiyasiga, qo‘shiq-bolalarning nafosat tarbiyasiga, doston va ertaklar-bolaning turli tomonlama tarbiyasiga ijobiy ta’sir qilib kelgan.
To‘maris - O‘rta Osiyoning qadimiy xalqlari orasida mashhur bo‘lgan qahramon ayollar haqidagi afsona. To‘marisning asli bizgacha etib kelmagan. Gerodokning «Tarix» asarida hikoya qilinishicha, Eron shohi Kir O‘rta Osiyoga yovuz niyat bilan bostirib kiradi. O‘rta Osiyo aholisi, ayniqsa To‘maris boshchiligidagi massaget qabilalari Kirga qarshi qattiqkurashdilar. Kir qo‘shini engiladi va uning o‘zi 529 yilda jang maydoniga o‘ldiriladi. To‘maris Kirning boshini qon bilan to‘lg‘azilgan meshga solib, «sen umring bo‘yi qonga to‘ymading, men o‘z ontimga amal qilib, seni qon bilan sug‘ordim. Birovning yurtiga zo‘ravonlik bilan bostirib kirganlarning jazosi shu!» deydi. To‘maris harakter e’tibori bilan jangnoma tipidagi afsonalar tipiga kiradi. Qabila va yurt mudofasi afsonaning asosiy mavzusi bo‘lib, uning g‘oyaviy mazmunini chet el bosqinchilariga qarshi kurash, xalq va yurtni zolimlar zulmidan himoya qilish, mardlik, qahramonlik tashkil etadi.

Yüklə 86,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə