2-mavzu: pedagogik ta’limotlar tarixi reja


Mirzo Ulug’bekning pedagogik g’oyalari va ma’rifatparvarlik xizmatlari



Yüklə 86,67 Kb.
səhifə9/18
tarix17.12.2023
ölçüsü86,67 Kb.
#150226
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
2-mavzu pedagogik ta’limotlar tarixi reja

Mirzo Ulug’bekning pedagogik g’oyalari va ma’rifatparvarlik xizmatlari. Samarqandda o’z atrofida to’plangan olimlarning bevosita ishtiroki va yordamida Ulug’bek 1424-1428-yillarda shahar yaqinida Qbirahmat anhori bo’yida rasadxona qurdirdi. Doira shaklida bino qilingan bu ulkan imoratning aylanasi 47 metr, balandligi 31 metr edi. Boburning yozishicha, u uch qavatli bo’lgan. Binoning sirti koshin va sirli parchinlar bilan qoplangan. Binoning ichki sahni sudsi faxriy (sekstant) va koridorlar bilan to’rt qismlarga ajratilgan. Rasadxona ichki devorlarida koinot-u Yer sharining umumiy manzarasi tasvirlangan bo’lib, shu tufayli bu mavzu aholi o’rtasida «Naqshi jahon» degan nom bilan shuhrat topadi.
Samarqandda Ulug’bek rahbarligida barpo etilgan bu ilmiy dargoh matematika, ayniqsa astronomiya sohasida ilmiy dunyoda olamshumul ahamiyat kasb etgan natijalarga erishadi. Rasadxonada olib borilgan kuzatish va tadqiqotlar tufayli 1018 sobita (qo’zg’almas) yulduzlarning o’rni va holati aniqlanib, ularning astronomik jadvali tuziladi. O’rta Osiyo, Yaqin va O’rta SHarq mamlakatlari bo’ylab joylashgan 683 geografik punktlarning Samarqand kengligiga nisbatan koordinatalari belgilab chiqildi. Rasadxonada olib borilgan tadqiqotlarning natijalari asosida matematika va astronomiyaga oid qator nodir asarlar yaratildi.
«Ziji jadidi Ko’ragoniy» dan tashqari Ulug’bek «Tarixi arba’ ulus» (To’rt ulus tarixi) nomli tarixiy asar hamda musiqa ilmiga bag’ishlangan beshta risola yozadi.3
Turkiston o’lkasida ta’lim siyosati (1917-1924 yy). 1917 yilgi fevral voqealari va oktyabr davlat to’ntarishidan so’ng Markaziy Osiyo xalqlarining hayotida – ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-mafkuraviy, jumladan xalq maorifi sohalarida keskin o’zgarish yuz berdi.
Turkiston o’lkasida milliy demokratiya vakillari, mashhur ma’rifatparvar ziyolilar tomonidan yangi usuldagi maktablarning keng tarmog’ini yaratish, maktab-maorif borasida zudlik bilan islohotlarni amalga oshirish yuzasidan bir qator takliflar ilgari surildi.
Ammo O’zbekiston xududida ma’naviyat va madaniyat 1917 yildan boshlab murakkab vaziyatni boshdan kechirdi, jiddiy to’siqlar va buzg’unchiliklarga uchradi. Turkistonni qizil imperiya mustamlakasiga aylantirishga kirishgan bolьsheviklar siyosati va amaliyotini xalq ommasi, milliy ziyolilar qabul qilmadilar.
Milliy ziyolilar va arboblarning faoliyati keng tus oldi, chuqur ijtimoiy-madaniy mazmun kasb etdi. Jadid ziyolilar, ijod ahli bo’lmish Munavvar Qori, Maxmudxo’ja Bexbudiy, Sadriddin Ayniy, Fitrat, CHo’lpon, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Hamza, G’ozi Yunus, Xurshid va boshqalar bilan bir qatorda XX asr bo’sag’asida tug’ilgan iste’dodli yoshlar Mashriq Yunusov (Elbek), Naim Said, Rafiq Mo’min, Mahmud Xodiev (Botu), Baxrom Xaydariy va boshqa qator ziyolilar madaniyat, maorif soxalarida jonbozlik qildilar, ijtimoiy yo’naltirilgan ijod bilan shug’ullandilar.
Milliy madaniyatimizning eng qadimgi va yirik markazi bo’lgan Samarqandda mashxur ma’rifatparvarlar Maxmudxo’ja Bexbudiy, Abdurauf Fitrat, Akobir SHomansurzoda, Said Axmad (Vasliy), Saidaxmadxo’ja Siddiqiy, Mardonquli SHomuhammadzoda zudlik bilan maktab islohotini amalga oshirish fikri bilan maydonga chiqdilar. Ular 1917 yil aprel oyidan boshlab chiqayotgan “Hurriyat” gazetasi sahifalarida yangi usuldagi maktablarning keng tarmoqlarini yaratish zarurligi hakidagi fikrni ilgari surdilar. “Anjumani maorif” jamiyatining mablag’lariga “Rushdiya” maktabi ochildi, unda bepul o’qitilar edi. Abdurauf Fitrat bilan Kamol CHams bu maktabda o’quvchilarga islom diniy ta’limotini, islom tarixini, musulmon huquqini, turk, arab va fors tillarini, arifmetika, geometriya, geografiya, tabiatshunoslik, tarixni o’kitar edilar. Yoz faslida Samarqandning o’zida tanikli ma’rifatparvar, shoir va dramaturg Hoji Muxsin SHukrullo “Tarbiyat” maktabini ochdi. 1918 yilning yozida Samarqandda “Musulmon o’qituvchilari uchun pedagogik kurslar” ochildi. O’sha yilning kuzida Toshkentda Toshkent uezdining tub axolisi uchun maktab o’qituvchilari kurslari ochildi. 1918 yil 9 aprelda Munavvar qori uyida to’plangan jadidlar Turkiston Xalq dorilfununining musulmon bo’limini tashkil etish maqsadida 9 kishidan iborat tashkilot komissiyasini tuzadi. Ular 22 kun ichida musulmon bo’limi dasturlarini tuzadilar. Dorilfununning musulmon bo’limi xam O’rus bo’limi kabi uch bosqichdan iborat bo’lishi belgilandi: yuqori bosqich — dorilmuallimin (o’qituvchilar kursi, keyinroq oliy o’quv yurti) o’rta bosqich — boshlang’ich maktablarni o’z ichiga olar edi. Xalq dorilfununi tarkibining bu shaklda bo’lishi sharoitning o’zidan kelib chiqqan xolda zamonaviy bilim va savodxonlikka extiyojdan tug’ilgandi. O’sha yilning 3 mayida dorilfunununning Musulmon bo’limi raxbariyatiga saylov bo’lib, unda Munavvarqori rais (rektor), Iso To’xtaboev birinchi muovin, Burxon Habib ikkinchi muovin, Abdusamid qori Ziyobov xazinador, Muxtor Bakir sarkotib bo’lib saylandi. 13 may (yakshanba) kuni Toshkentning eski shaxar qismida Vikula Morozovning sobiq do’koni binosi (hozirgi o’zbek yosh tomoshabinlar teatri)da musulmon aholi uchun “Xalq dorilfununi” ochiladi. Bu bo’lim tez orada o’ziga xos yirik bilim maskaniga aylandi. Dastlab 9 ta boshlang’ich maktab ochish mo’ljallangan bo’lsa-da, axoli ehtiyojiga ko’ra, ularning soni 24taga yetdi. Dorilfununning musulmon bo’limi 15 demokratik tashkilot vakillari uyushgan 45 kishilik kengash tomonidan boshqariladi. Undagi muallimlar soni 18 nafarga yetadi. 1918 yil 2 iyunь kuni sobiq seminariya binosida dorilfununning o’zbeklar uchun maxsus o’qituvchilar tayyorlovchi bo’limi – “Dorilmuallimin” ochildi. Unda Fitrat ona tilidan: Kamol CHams arifmetika va geometriyadan, Haydar SHaxsiy gigiena, gimnastika va nemis tilidan, Rahimboev arifmetikadan, Abdurahmon Ismoilzoda san’atdan, Rizaev madaniyat tarixi va siyosiy iqtisoddan, Munavvarqori ona tilidan dars berishadi. Bu bo’limning ochilish marosimida Munavvarqori nutq so’zlab, inson ma’rifatli bo’lib, ko’zi ochilmaguncha vijdoni uyg’onmasligini, vijdon uyg’onmasa na o’zini, na xalqni erkin muhofaza qila olmasligani, bu imonsizlik ekanini mutafakkirona noziklik bilan ifoda etadi.
Munavvar Qori ovro’pacha usuldagi bunday xalq dorilfununi tashkil etish bilan bir qatorda, mavjud madrasalarni isloh qilish va ularda dunyoviy fanlar o’qitib, milliy ziyolilar tayyorlash g’oyasini xam ilgari suradi. Bu qarashlarini – u 1923 yil iyunda Toshkentda bo’lib o’tgan xalq maorifi mudirlari qurultoyidagi ma’ruzasida bayon etgan, 1923 yilda bu yangi usulda 30dan ortiq madrasa va eski maktablarda talabalar o’qitilganligi ma’lum.
Munavvarqori 1922 yildan Turkiston maorif noziri, keyin esa Toshkentning eski shaxar maorif bo’limi muboshiri (inspektori) bo’lib ishladi, o’sha yili 23-25 martda bo’lib o’tgan II- Umumturkiston maorif xodimlari qurultoyida ishtirok etib, maktab bo’limiga a’zolikka saylandi. Keyinchalik Alisher Navoiy nomli ta’lim-tarbiya bilim yurtida va turli maktablarda o’zbek tili va adabiyotidan dars berdi. Do’stlari va shogirdlari Qayum Ramazon va CHorasul Zunnun bilan hamkorlikda uch bo’limdan iborat “O’zbekcha til saboqlari” kitobini (1925 yil) nashr ettirdi.
Xalq ta’limining iste’dodli tashkilotchilari Abduqodir SHakuriy, Ismatulla Raxmatullaev, Isxoqxon Ibrat, O. Dadaxujaev, Abdulla Mustaqov, Xodi Fayziev, Ashurali Zoxiriy, Sobirjon Raximov, CHokirjon Raimiy, Qori Niyoziy, Sayd Rizo Alizoda, To’xtanazar CHermuhamedov, Rafiq Mo’min va boshqalar katta pedagogik ish olib bordilar. Maktablar soni o’sdi. 1918 yil boshida 330 taga, 1920 yilda Farg’ona, Sirdaryo, Samarqand viloyatlarida 1405 taga etdi. Tashkil bo’lgan maktablar, ayniqsa, qishlok joylarida va tumanlarda asosan 1-2 boshlang’ich sinflardan iborat edi. Keyinchalik yuqori sinflar paydo bo’lib bordi. Bunday tartibotdagi qizlar maktablari ham Toshkentda, Andijonda, Qo’qonda va boshqa joylarda birin-ketin ochildi. Ayol muallimlar Solixaxon Muhammadjonova, Muharrama Qodirova, Gulso’m Kopaeva, Fotima Burnasheva, Zebiniso Razzoqova, Zaynab Sadriddinova, Maryam SHaripova va boshqalar ta’lim-tarbiya ishlarini olib borganlar. Keng doiradagi bilimdon ziyolilar qator maktablar faoliyatini namunali darajaga ko’tardilar. 20-yillar boshida Samarqandda Abdulqodir CHakuriy (1875-1943) mudirlik qilgan maktab, 1922 yilda Farg’ona shahrida Xusanxon Niyoziy boshchiligida ochilgan ikkinchi bosqich maktab, qator boshqa maktablar shular jumlasidan edi.
Milliy, jadid maktablari uchun darsliklar, o’qish kitoblarini ziyolilarimiz asr boshidan yozib chiqarib keldilar. 1917 yildan maktablar sonining o’sishi, maorif ijtimoiy darajasining ko’tarilishi darsliklarga talabni oshirdi. Pedagog, olim, davlat arbobi Abdulla Avloniy 1917 yilda “Turkiy guliston yoxud axloq” asarini qayta nashr qildi, shuningdek “Maktab gulistoni” o’qish kitobini, ikki jildlik “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” kitoblarini yaratdi va chop etdi. 1920 yildan Toshkentdagi o’lka bilim yurtida, so’ngra o’zbek xotin-qizlar bilim yurtida mudirlik qildi.
Fitrat 1917 yilda «O’quv» kitobini, 1919 yilda SH. Raximiy va Q. Ramazon bilan birga «Ona tili» darsligini, so’ngra «Imlo masalalari» kitobini yozib chiqardi. 1917 yildayoq Sayd Rizo Alizoda birinchi sinflar uchun «Birinchi yil» o’qish dasturini ishlab chiqdi. CHokirjon Raximiy 1919 yilda birinchi alifbo – “Sovg’a”, 1922 yilda «O’zbek alifbosi» darsliklari va boshqa o’quv qo’llanmalarini chiqardi. 1918 yildan u Toshkentda maktab mudiri bo’lgan. Buxoro va Xorazm respublikalarida ham maktablar, ta’limtarbiya maskanlari ochildi. Aholining bolalarni o’qitishga, ilm-ma’rifatga ishtiyoki kuchayib borgan, bunday talablar katta yig’inlarda yangragan. Ammo xo’jalikning parokandaligi, sun’iy to’siqlar oqibatida 20-yillar boshida maktablar soni qisqardi, darsliklar yozish, nashr qilish to’xtadi. 1922 yilga kelib Turkistonda bolalarning 25 foizi maktablarga jalb qilingan edi. Buxoro respublikasida 1921 yilda 175 ta yangi maktab, 11 ming o’quvchi bor edi. Lekin 1924 yil o’rtalariga kelib maktablar 69, o’quvchilar 3563 tani tashkil qildi. Xorazmda 40 ta umumta’lim maktablari va internatlarda 2600 bola ta’lim-tarbiya oldi. O’zbekiston Respublikasi tashkil bo’lganida turli bosqichdagi 1500 ta maktab bo’lib, ularda 116 ming o’quvchi o’qir edi. 4
Tashkil bulayotgan maorif tizimi, boshqa soxalar uchun o’qituvchilar, mutaxassislar tayyorlash choralari ko’rildi. Toshkentning Yangi shaharida 1918 yilda Turkiston davlat universiteti, sharqshunoslik instituti, konservatoriya, texnikumlar ochildi. 1920 yilda universitetga Rossiyadan pedagog-professorlar, kitoblar, o’quv qurollari yetkazib kelindi. Bu maskanlar inqilobiy sinfiylik tamoyili bilan ishladi. Universitetning tayyorlov-ishchilar fakulьteti (rabfak)da kambag’al tabaqaga mansub kishilar o’qigan. Erli xalqlar vakillari ularga kam katnagan.
Toshkentning Eski shaharida, Qo’qon va boshqa shaharlarda muallimlar tayyorlash kurslari, 1920 yildan 7 ta dorilmuallimin (inpros), bir nechta bilim yurtlari faoliyat ko’rsatdi. 1925 yilga kelib O’zbekiston qishloqlarida 2748 muallimlar ishlab turgan yoki 3-4 marta o’sgan.
1924 yilda Qo’qon bilim yurtini 13 ta yigit-qizlar bitirib chiqdi. Unda keyinchalik O’zbekiston Fanlar akademiyasining birinchi prezidenti Qori-Niyoziy dars berdi, bitirganlardan akademiklar, yirik fan va madaniyat arboblari yetishib chiqdi. CHet mamlakatlar bilan madaniy aloqalar, yoshlarning o’qib kelishlari XX asr boshlaridan kengayib bordi va keyinchalik ham davom etdi. Buxoro respublikasi hukumati tashabbus ko’rsatib, bu ishga tashkiliy tus berdi. 1922 yilda Turkiston, Buxoro va Xorazmdan 70 ga yaqin yoshlar Germaniyaga o’qishga junatildi. Buxoro respublikasi hukumati Berlinda yotoqxona uchun bino sotib oldi, o’quvchilarni moddiy ta’minlab turdi, ularning axvoli, o’qishlaridan ogoh bo’ldi. Yoshlarimiz Germaniyaning turli o’quv yurtlarida muvaffaqiyat bilan o’qidilar, mutaxassislar bo’lib etishdilar. Afsuski, o’z ona yurtiga qaytgan yigit-qizlarimiz mustabidlik qatag’oniga uchradi. 5

Yüklə 86,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə