2-mavzu: pedagogik ta’limotlar tarixi reja


Qadimgi Rimda pedagogik g’oyalar rivoji. Mark Fabiy Kvintilian



Yüklə 86,67 Kb.
səhifə7/18
tarix17.12.2023
ölçüsü86,67 Kb.
#150226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
2-mavzu pedagogik ta’limotlar tarixi reja

Qadimgi Rimda pedagogik g’oyalar rivoji. Mark Fabiy Kvintilian - mashhur rimlik notiq va pedagog. O’z maktabi tajribalari va antik dunyodagi pedagogik fikrlarga asoslanib, ba’zi pedagogik muammolar aks etgan birinchi maxsus pedagogik qo’llanma – «Notiqni tarbiyalash haqida» asarini yaratgan.
Kvintilian bolalarni tarbiyalashga e’tibor qaratib, bola shaxsi rivojlanishida uning tabiiy qobiliyatlarini hisobga olishga katta ahamiyat beradi. Uning fikricha, «Bilishga intilish irodaga bog’liq, majburan o’qitish mumkin emas» (Kvintilian «O vospitanii oratora», 1-qism, 3, 8-betlar).
Kvintilian bolalar katta tantalarda ishtirok etadigan hamda kattalarning nojo’ya xatti-harakatlarining guvohi bo’ladigan Rim jamiyatining yuqori qatlamlaridagi oila tarbiyasini qattiq tanqid qiladi. U ota-onalardan bola ta’sirlanuvchan bo’lishi, unda yaxshi va yomonlikning oson ildiz otishini esda tutishni talab qildi hamda tarbiyachi-pedagoglarni tanlashda ham bunga e’tibor qaratishni uqtiradi.
Kvintilianning pedagogik qarashlarida bolalarni notiqlik san’atini egallashlariga oid fikrlar ham mavjud. Bo’lajak notiqqa o’tkir xotira, badiiylikni his etish, yaxshi talaffuz qila olish, nutqning yorqinligi va mimikani shakllantirish lozimligini qayd etadi. Notiqni tarbiyalashning eng yaxshi vositasi Kvintilianning fikricha, she’r yod olishdir. U hozirda qo’llanilayotgan she’rni yod olish metodikasini ham o’z davrida taklif qilgan edi: dastlab she’r to’liq o’qib chiqiladi, so’ng qismlarga bo’linadi va navbati bilan qismlar yodlanadi, nihoyasida butun she’r yoddan aytiladi. 1
Ijtimoiy hayotning ta’lim-tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivojiga ta’siri. Movarounnahr mo’g’ul urug’lari va qabilalarining ijtimoiy hayotida yuz bergan katta o’zgarish, ularning mahalliy ijtimoiy tuzumini qabul qilishlari, xo’jalik va madaniy hayotdagi o’zgarishlar mo’g’ullarning etnik xususiyatlarini ham o’zgartirib yuboradi. Mamlakat aholisining ijtimoiy hayotida sodir bo’lgan jiddiy o’zgarishlar, shubhasiz uning iqtisodiy jihatdan jonlanishiga turtki ham bo’ldi.
XIII asrning ikkinchi yarmi va XIV asr boshlarida shahar va qishloqlarda xo’jalik hayotining jonlanishi bilan shubhasiz mo’g’ullar istilosi va bosqini davrida kuchli zarbaga uchrab inqirozga yuz tutgan fan, adabiyot, ma’rifat va madaniyatning ayrim tarmoqlari ham tiklana boshlaydi.
Garchi yozma manbalarda bizgacha aniq ma’lumotlar etarli darajada etib kelmagan bo’lsa-da, har qalay bu davrda ilm va ma’rifat ham ayrim yirik hunarmandchilik va savdo-sotiq markazlarida jonlanadi. Buxoroda bino qilingan «Mas’udiya» va «Xoniya» kabi madrasalarning har birida mingtagacha tolibi ilm ahli tahsil ko’radi.

Yüklə 86,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə