35
Fuqarolar ikkinchi va undan keyingi oliy ma‘lumotni
shartnoma asosida
olishga haqlidirlar. (14 modda).
МАTRATURA aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim
beradigan, bakalavriat negizida ta‘lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy
ta‘limdir.
МАGISTR darajasini beradigan davlat malaka attestatsiyasi magistrlik
dasturining intixosidir
.
Fuqarolar ikkinchi va undan keying oliy ma‘lumotni shartnoma asosida
olishga haqlidirlar (14 modda).
Universitet
:
-oliy va oliy ta‘lim muassasasini tugatgandan keyingi ta‘lim-kasb dasturini
ta‘limning turli sohalari va tayyorlashning yo`nalishlari bo`yicha amalga oshiradi;
- Fan turli sohalari bo`yicha nazariy va amaliy tadqiqotlar olib boradi;
-fanlarning tegishli sohalarida ilmiy va metodik markaz hisoblanadi;
Institut:
- oliy va oliy ta‘lim muassasasini tugatgandan keyingi ta‘lim-kasb dasturini,
qoidaga ko`ra bilimning bir sohasidagi tayyorlov yo`nalishi bo`yicha amalga
oshiradi;
- iqtisodiyotning muayyan sohalari uchun mutaxassislarni qayta tayyorlaydi
va malakasini oshiradi;
- Amaliy ilmiy tadqiqotlar va tajriba konstruktorlik ishlari olib boradi.
Ijorida kayd etilgan vazifalarni samarali hal etish oliy ta‘lim tizimi va uning
tarkibiy bo`linmalari( universitet, akademiya, institut va b lar) uchun tizim barcha
darajadagi rahbariyati boshqaruvni amalga oshirishining mazmuni,
tamoyil va
usullariga sezilarli darajada boglik.
6.Oliy o‗quv yurtlaridan keyingi ta‘lim.
Institut, universitetlar uchun yuqori darajali ilmiy kadrlar tayyorlashni
nazarda tutadi. Bu aspirantura, doktorantura orqali amalga oshiriladi.
Aspiranturaga oliy ma‘lumotli, ilmiy tadqiqot ishlariga moyil shaxslar imtihon
topshirib, tanlov asosida qabul qilinadi.
Dissertatsiya himoyasidan keyin bunday shaxslarga
fan nomzodi ilmiy
darajasi beriladi. O‗z sohasida chuqur izlanishlar olib borgan, monografiyalar
yozgan va doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan shaxslarga fan doktori ilmiy
darajasi beriladi.
Oliy o‗quv yurtidan keyingi ta‘lim jamiyatning
yuqori malakali ilmiy va
ilmiy-pedagogik kadrlarga bo‗lgan ehtiyojlarini ta‘minlashga qaratilgandir. Oliy
o‗quv yurtidan keyingi ta‘lim oliy o‗quv yurtlari va ilmiy tadqiqot muassasalarida
(aspirantura, doktorantura, adyunktura va mustaqil tadqiqotchilik) olinishi
mumkin.
Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash,
ilmiy darajalar va unvonlar
berish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi. (15 modda)
Boshqa davlatlarning tashkil etilgan yyetakchi oliy o‗quv yurtlari bo‗limlari
qatorida Xalqaro Vestminstr universiteti, G. Plexanov nomidagi Rossiya
Akademiyasi bo‗limi, M. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti
36
bo‗limi, Toshkentda Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz instituti filiali ochilgan,
Samarqand davlat universitetida Boloniya (Italiya) universiteti
bilan birgalikda
magistratura ochilgan. Yaponiya, Gollandiya va Ispaniya bilan birgalikda kadrlar
tayyorlash bo‗yicha shart-sharoitlar tashkil qilish yuzasidan ishlar olib borilmoqda.
Masalan, Ispaniya tomoni O‗zbekistonning Jahon tillari universiteti bilan
birgalikda kadrlar tayyorlash shaklini rivojlantirish uchun 25 mln. evro. miqdorida
imtiyozli kredit ajratdi. Jahonning bir qator
yyetakchi universitetlari, Kembridj,
Sorbon, Oxford, Garvard va boshqalar bilan yaqindan samarali hamkorlik
o‗rnatilgan. Yapon hukumati Toshkent to‗qimachilik va yengil sanoat instituti
kafedralarini zamonaviy laboratoriya qurilmalari bilan jihozlash uchun 440 mln.
ion miqdorida beg‗araz yordam ko‗rsatdi. MassaChuset
texnologiya universiteti
ta‘lim dasturlarini masofadan turib o‗rganish yo‗lga qo‗yilgan.
Respublika oliy o‗quv yurtlarida 200 dan ortiq Chet-el fuqarolari ta‘lim
olishmoqda. Barcha bu va boshqa tashabbuslar O‗zbekistonning milliy uzluksiz
ta‘lim tizimini xalqaro ta‘lim maydoniga qo‗shilishga ruxsat beradi.
Dostları ilə paylaş: