- Ta‘limning ilmiylik va dunyoviylik tamoyili
. Bilimlarning ilmiy
xususiyatga ega bo‗lishi va bu fan texnika yutuqlarini hisobga olgan holda doimo
o‗zgarib, yangilanib borishi ilmiylik tamoyili deyiladi. O‗zbekiston hududidagi
barcha ta‘lim muassasalarida dunyoviy bilimlar beriladi.
O‗zbekiston Respublikasida xalq ta‘limi muassasa (tashkilot)larining
turlari.
O‗zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‗g‗risidagi qonuni» (1997 yil 29
avgust). «Ta‘lim turlari» xususidagi 10 moddasida shunday deyiladi:
O‗zbekiston Respublikasida ta‘lim quyidagi turlarda amalga oshiriladi.
Maktabgacha tarbiya;
Umumiy o‗rta ta‘lim;
O‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi;
Oliy ta‘lim;
Oliy o‗quv yurtidan keyingi ta‘lim;
Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash;
Maktabdan tashqari ta‘lim;
1.Maktabgacha tarbiya.
Xalq ta‘lim tizimida Birinchi bosqich hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi
bolalarni sog‗lom va yyetuk qilib tarbiyalash, ularni maktabga ham pedagogik,
ham psixologik tarbiyalashdan, ularni shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirishdan
iborat.
«Bu ta‘lim 5-6 yoshgacha oilada, bolalar bog`chasida va mulk shaklidan
qat‘iy nazar, boshqa ta‘lim muassasalarida olib boriladi.
2.Boshlang‗ich ta‘lim (1-4 sinf)
Umummaktab ta‘limida boshlang‗ich maktabning ahamiyati muhimdir.
Chunki boshlang‗ich maktab umumiy o‗rta ta‘lim olish uchun zarur bo‗lgan bilim,
o‗quv ko‗nikmalari bilan qurollantiriladi. Boshlang‗ich sinflar alohida maktab turi
sifatida, ayniqsa qishloq joylarda ko‗p tarqalgan.
3.Umumiy o‗rta ta‘lim maktablari. (5-9 sinflar).
Umumiy o‗rta ta‘lim maktablari o‗rta ma‘lumot olishni ta‘minlaydi.
Zamonaviy bilimlar beradi. Bolani fikrlash qobiliyatini o‗stirib, olgan nazariy
bilimlarini amalda qo‗llashga o‗rgatadi. Bu esa o‗z navbatida kasb tanlashga
yo‗naltiradi, biror bir kasb egallashga imkoniyat beradi.
Dostları ilə paylaş: |