29
II BOB
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA‘LIM TIZIMI
O‗zbekiston Respublikasi xalq ta‘limi tizimini strukturasi.
O‗zbekiston Respublikasi xalq ta‘limi tizimini
Tamoyillari va sistemasi
Xalq ta‘lim tizimi va uning
STRUKTURASI
Xalq ta‘limi deganda aniq maqsadni
ko‗zlab mamlakat yoshlariga ta‘lim-
tarbiya
beradigan muassasalarni
tushunamiz. Har bir mamlakatda ta‘lim tizimining taraqqiyoti shu
mamlakatda ishlab chiqarish kuchlarini va munosabatlarining rivojlanishiga ta‘sir
etadigan ijtimoiy, iqtisodiy masalalarga va milliy xususiyatga bog‗liq bo‗ladi.
Mamlakatimiz istiqlolga erishgandan keyin xalq maorifini rivojlantirish
masalalariga, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga katta e‘tibor berib
kelmoqda.
Bunga hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qaror qonunlarni misol
tariqasida keltirish mumkin.
Xususan, o‘quvchi yoshlar umumiy insoniy va milliy qadriyatlarni o‗rganish
va uni e‘zozlashga o‗rgatish oliy ta‘lim sohasida va o‗rta maxsus ta‘lim
muassasalarining ta‘lim-tarbiyaviy ishlari tizimidagi
eng muhim masalalarni
belgilaydi. Haqiqatan ham iqtisodiyotimiz, madaniyat, ijtimoiy va ma‘naviy
hayotimiz mustaqillikning hozirgi sharoitida umumiy ta‘limga ega bo‗libgina
qolmay, muayyan ma‘naviy axloqiy fazilatlarga ega bo‗lgan insonni tarbiyalab
yetishtirishda yanada yuksakroq talablar qo‗yilmoqda.
Mazkur ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga molik bo‗lgan vazifalarni to‗g‗ri va
to‗liq ma‘noda amalga oshirish xalq ta‘lim tizimini umum-pedagogik asosda
to‗g‗ri boshqarishning me`yoriga ko‗p jihatdan bog‗liqdir.
Bu esa har bir
rahbardan boshqaruv nazariyasini chuqur va keng darajada egallab olishni talab
qiladi.
Xalq ta‘lim tizimi va umumta‘lim maktabini boshqarishning me`yoriy
ijtimoiy boshqaruvning ayrilmas qismi bo‗lib, unga rahbarlik qilish va uni
boshqarishning me`yorini takomillashtirish hozirgi davrning dolzarb muammosi
bo‗lib hisoblanadi. Shunga ko‗ra xalq ta‘limi bo‗g‗inlarining hamda pedagogika
fani sohasida хizmat qilayotgan barcha olimlar va
ilmiy xodimlarning doimiy
diqqat e‘tiborida turadi.
Boshqaruvchi muassasadagi butun ta‘lim-tarbiyani tashkil etishda va uning
sifati uchun davlat oldida javobgar shaxs hisoblanadi.
Bizningcha, har bir rahbar xodim o‗z ishini to‗g‗ri boshqarishning nazariy va
pedagogik asoslarini yaxshi bilib olishi, boshqaruvning eng samarali yo‗li va
usullarini qidirib topishi maktab va o‗rta maxsus ta‘lim muassasalarida ta‘lim-
tarbiya ishlari yuqori o‗rinli qilib borishga asos bo‗ladi.
Mazkur kurs umumiy ta‘lim maktablar va o‗rta maxsus ta‘lim muassasalari
rahbarlari, nohiya, shahar va viloyat xalq ta‘lim bo‗limlarining inspektor
30
metodistlari,
viloyat
o‘qituvchilar malakasini
oshirish institutlari va
maktabshunoslik kursi ishlarini qaysi yo‗l-yo‗riqlar orqali tashkil qilishni nazarga
oladi. Har bir ijtimoiy tizimda insonning ma‘naviy yuksalishini ta‘minlovchi
ta‘lim-tarbiya, ma‘naviyat va ma‘rifat kabi tushunchalar mavjud bo‗lib, ular
pedagogika sohasidagi o‗zgarishlarni jamiyat taraqqiyoti bilan bog‗liq holda
o‗rganishi talab etiladi.
Istiqlol davrida barcha sohalarida o‘zgarish bo‗lgani kabi xalq ta‘limi
sohasida ham katta o‗zgarishlar bo‗ldi. Modomiki, zamon jadal sur‘atlarda
o‗zgarayaptimi, demak pedagogika tizimini boshqarishning me`yori va uning
asoslari ham shu o‗zgarishlarga hamohang bo‗lishi kerak.
O‗zbekiston mustaqillikni qo‗lga kiritishi,
shuningdek iqtisodiyotda
boshqaruv tizimi va ijtimoiy rivojlanishda keng miqyosda islohotlar o‗tkazilishi
natijasida ta‘lim sohasida zarur shart - sharoitlarni yaratishni ko‗zda tutadi.
Respublikada tarkib topgan xalq ta‘limi yangi tizimni yangicha yondoshuvni
taqozo etmoqda.
Yaqinda qabul qilingan «Ta‘lim to‗g‗risida»gi qonunda «Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi»da yosh avlodni milliy istiqlol mafkurasi ruhida tarbiyalash,
darsliklar, o‗quv-metodik qo‗llanmalar milliy ta‘lim-tarbiya an‘analari asosida
ko‗rish masalalari ko‗tarilgan va shu muammoni hal qilish yo‗l-yo‗riqlari
ko‗rsatilgan.
Ta‘lim prinsipining modeli
Jamiyat
Hayot
Jamiyat bilan bog‗lash hayot bilan bog‗liqligi ilmiylik tabiat bilan bog‗lash
O‘qituvchi
T
a‘l
im
res
u
rs
la
ri
Ongli va
faollantirish
O
‘q
uv
ch
il
ar
N
at
ij
a
Bir biriga
ta‘lim berish
O‗zi ta‘lim
olish
Ko‗rgazmali
Ta‘limning
yetarli
darajaligi
Ta‘limning
sistemaligi
Shu nuqtai nazarda mazkur «Pedagogik tizimni boshqarishning me`yoriy
asoslari» fani boshqarishning yangicha usullari va metodlarini ishlatib borishi o‗z
ifodasini topadi.
31
Ta‘lim sohasida huquqiy, iqtisodiy va tarkibiy o‗zgarishlarning
zaruriyati
respublikada ijtimoiy rivojlanishning yuzaga kelgan ahvolni har taraflama va
chuqur tahlil qilish masalasini ko‗rmoqda. Bu borada pedagogik oliy o‗quv
yurtlari, o‗rta maxsus o‗quv yurtlari, o‘qituvchilar malakasini oshirish institutlari,
xalq ta‘lim bo‗g‗inlari, umumiy ta‘lim maktablari oldida ijtimoiy-siyosiy
ahamiyatga molik vazifalar turibdi.
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, mustaqillik va oshkoralik tufayli
jamiyatimiz ijtimoiy hayotdagi o‗zgarishlarga,
inson va insoniyatga, din va
e‘tiqodga daxldor bo‗lgan hamma masalalarni chuqur o‗rganish lozim.
O‗zbekiston Konstitutsiyasi va Hukumat qarorlariga asoslangan holda
hozirgi vaqtda xalq ta‘limining quyidagi tamoyillari qaror topdi:
-
Dostları ilə paylaş: