2 мавзу: Педагогик тизимни бошқариш фанининг мақсад ва вазифалари ва методлари


- Ta‘limning ilmiylik va dunyoviylik tamoyili



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/128
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#184077
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   128
CHDPU menejment

- Ta‘limning ilmiylik va dunyoviylik tamoyili
. Bilimlarning ilmiy 
xususiyatga ega bo‗lishi va bu fan texnika yutuqlarini hisobga olgan holda doimo 
o‗zgarib, yangilanib borishi ilmiylik tamoyili deyiladi. O‗zbekiston hududidagi 
barcha ta‘lim muassasalarida dunyoviy bilimlar beriladi.
 O‗zbekiston Respublikasida xalq ta‘limi muassasa (tashkilot)larining 
turlari. 
O‗zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‗g‗risidagi qonuni» (1997 yil 29 
avgust). «Ta‘lim turlari» xususidagi 10 moddasida shunday deyiladi: 
O‗zbekiston Respublikasida ta‘lim quyidagi turlarda amalga oshiriladi.

Maktabgacha tarbiya; 

Umumiy o‗rta ta‘lim; 

O‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi; 

Oliy ta‘lim; 

Oliy o‗quv yurtidan keyingi ta‘lim; 

Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash; 

Maktabdan tashqari ta‘lim; 
1.Maktabgacha tarbiya.
Xalq ta‘lim tizimida Birinchi bosqich hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi 
bolalarni sog‗lom va yyetuk qilib tarbiyalash, ularni maktabga ham pedagogik, 
ham psixologik tarbiyalashdan, ularni shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirishdan 
iborat. 
«Bu ta‘lim 5-6 yoshgacha oilada, bolalar bog`chasida va mulk shaklidan 
qat‘iy nazar, boshqa ta‘lim muassasalarida olib boriladi. 
 2.Boshlang‗ich ta‘lim (1-4 sinf)
Umummaktab ta‘limida boshlang‗ich maktabning ahamiyati muhimdir. 
Chunki boshlang‗ich maktab umumiy o‗rta ta‘lim olish uchun zarur bo‗lgan bilim, 
o‗quv ko‗nikmalari bilan qurollantiriladi. Boshlang‗ich sinflar alohida maktab turi 
sifatida, ayniqsa qishloq joylarda ko‗p tarqalgan. 
 3.Umumiy o‗rta ta‘lim maktablari. (5-9 sinflar).
Umumiy o‗rta ta‘lim maktablari o‗rta ma‘lumot olishni ta‘minlaydi. 
Zamonaviy bilimlar beradi. Bolani fikrlash qobiliyatini o‗stirib, olgan nazariy 
bilimlarini amalda qo‗llashga o‗rgatadi. Bu esa o‗z navbatida kasb tanlashga 
yo‗naltiradi, biror bir kasb egallashga imkoniyat beradi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə