2 мавзу: Педагогик тизимни бошқариш фанининг мақсад ва вазифалари ва методлари



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/128
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#184077
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   128
CHDPU menejment

 
bilan kelishilgan.
 
Ta‘lim muassasalarining o‗quv – tarbiya ishlaridagi asosiy kamchilik 
sifatida ulgurmochilik ko‗zga tashlanadi. Chunki ayrim talabalar o‗z 
qobiliyatlariga mos keluvchi kasbni to‗g‗ri tanlay olmasdan tasodifiy ravishda 
boshqa mutaxassislikka joylashib olib, so‗ngra o‗qishni tashlab ketishga majbur 
bo‗ladilar yoki uni bir amallab bitiradilar. So‗ngra ular belgilangan joyga ishga 
bormasdan yengil va «yog‗li» ish axtaradilar... 
Demak, maktabda ham, kasb – hunar maktablarida va oliy maktabda ham 
fanlarni to‗la o‗zlashtirish zamon talabi bo‗lib qolmoqda. Buning uchun 
muassasalarda boshqarishning me`yoriy uslubini to‗g‗ri yo‗lga qo‗yib hamma 
ishlarni ilmiy asosda tashkil etish zarur. 
Yuqorida qayd qilib o‗tilganidek hech bir kishini ko‗rmaysizki u boshqa 
kishi bilan bir xil bo‗lsin. O‗shanga o‗xshagan rahbarlik ham har xil xususiyatlarga 
egadir. Xususan, rahbarlar uslubiy nuqtai nazarda bir biridan farq qilinadi. Har bir 
rahbar – tarbiyachi hisoblanadi. U pedagogik jamoani har tomonlama tarbiyalaydi. 
Maktab va o‗rta maxsus ta‘lim muassasalar ishini boshqarishning 
me`yoriyda huquq va etika mezonlari asosiy rol o‗ynaydi. Maktab o‗rta maxsus 
ta‘lim muassasalar rahbarlari bu ikki mezonga to‗liq amal qilishlari lozim. Ular o‗z 
rahbarlik ishlarida huquq va etikani gumanizm muloyimlik o‗zaro yordam kabi 
mezonlariga tayanadilar. 
Boshqarishning me`yoriy madaniyatini takomillashtirish uning barcha 
sohalariga e‘tiborni kuchaytirish deganidir. 
Maktab va o‗rta maxsus ta‘lim muassasa direktori ustoz sifatida jamoa 
ishida o‗quv – tarbiya jarayonini tashkil qilishda pedagogik mahoratini ko‗rsatishi 
zarur. Ana shuning uchun ham maktab va o‗rta maxsus ta‘lim muassasalari ishini 
boshqarishning me`yoriy tizimida rahbarlik uslubi va madaniyatini to‗g‗ri tashkil 
qilish va uni muntazam ravishda takomillashtirib borish zarur. 
Hamma ishni, jumladan, o‗quv jarayonini ilmiy nuqtai nazarda tashkil etish 
murakkab bir jarayon bo‗lib, uni amalga to‗la oshirish uchun fan va texnikadagi 
so‗nggi yangiliklar bilan bevosita qiziqish, madaniyat, san‘at va ularning kelajak 


28 
taraqqiyoti bilan muntazam ravishda tanishib borish, mutaxassislarni o‗rinli 
foydalanish va talabalarning ish sharoiti, dam olishi va har xil jamoat ishlariga 
ishtirokini mukammallashtirib borish kabilarni o‗z ichiga oladi. 
Jamiyatda yuksak ma‘naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani 
shakllantirish, 
yoshlarni 
boy 
tarixiy 
va 
madaniy 
merosimiz, 
milliy 
an‘analarimizga, umumiy – insoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, 
istiqlol g‗oyalariga sadoqat ruhida keng fikrli, sog‗lom, jismoniy, aqliy va 
ma‘naviy jihatdan barkamol, iqtisodiy islohotlarning mohiyatini tushunadigan 
hamda ularni yangi ijtimoiy munosabatlar orqali hayotga tadbiq eta oladigan 
shaxslarni shakllantirish boshqaruvchilarning asosiy ish uslubini tashkil etadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə