2 мавзу: Педагогик тизимни бошқариш фанининг мақсад ва вазифалари ва методлари


Maktab va umumiy o‗rta maxsus ta‘limning



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/128
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#184077
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   128
CHDPU menejment

Maktab va umumiy o‗rta maxsus ta‘limning
davlat ta‘lim standarti 
DTS ning tashkiliy-boshqaruv funksiyasi ta‘lim tizimini sifat va miqdor 
tavsiflarini 
tartibga 
solish, 
chegaralashdan 
iborat.Bular 
vositasida 
shaxs,davlat,jamiyat, ish beruvchi va b. tomonidan nazorat etish ta‘minlanadi. 
Har bir ta‘lim xizmatini talab etishining ta‘limdan o`z maqsad va qadriyati 
bor: 
- shaxs bunday ta‘limda o`zining intellektual ehtiyojlarini qondirish va 
imkoniyatlarini namoyon etishni ko`zlaydi; 
- jamiyatga ta‘limdan yuqori darajadagi ijtimoiy va axloqiy samara lozim; 
- davlat ta‘lim tizimidan fuqarolarni o`qitish va tarbiyalashni, milliy 
uyg`onish mafkurasi hamda umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi asosida ularda 
ma‘naviy va axloqiy sifatlarni rivojlantirishni kutadi; 
- kadrlarni talab etuvchilar ta‘limdan raqobatbardosh tovarlar ishlab 
chiqaruvchi va hizmat ko`rsatuvchi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni 
kutadi. 
DTS muvofiqlashgan mujassam maqsadni izlashga da‘vat etadi. Shundan 
so`ng mezonlar yordamida standartlarda ko`zda tutilgan ma 
qsadga va sifatga 
erishish orqali ijtimoiy tartibga solishni boshqarish va ta‘limni boshqarish amalga 
oshiriladi. 
Shaxs ta‘limiy xizmat iste‘molchiligi sifatida DTSga muvofiq tanlov 
asosidagi kurslar va fanlar ko`lamida o`z ta‘limini bevosita boshqaradi, bular DTS 
ning institutsional tarkiblarini tashkil etadi. Mazkur tarkibning yo`nalishi, 
mazmuni va tuzilishi ta‘lim muassasasi tomonidan o`z an‘analari, ilmiy-pedagog 
madaniyati hisobiga olgan, atrof ijtimoiy madaniyat va iqtisodiy muhit bilan birga 
harakat qilgan holda belgilanadi. Shuni ta‘kidlash joizki, fanlar va tanlov bo`yicha 
ko`zda tutilgan kurslar ta‘lim kasb dasturidagi barcha fanlar bo`ycha DTS da 
ko`zda tutiladi. 
Davlat boshqaruvi ta‘limda DTS ning davlat komponenti – ta‘lim 
umummilliy me‘yorlari bilan belgilanadi.Davlat shaxs, jamiyat va o`z 
manfaatlaridan kelib chiqib, bakalavriat yo`nalishi va magistratura ixtisosliklari 
bo`yicha kadrlar tayyorlash mazmuni va darajasi majburiy minimumiga talablarni 
shakllantiradi. 
Davlat ta‘lim standarti bo‗yicha ta‘lim mazmuni shakllari, vositalari 
usullari baholanadi. Standart vositasida mamlakat hududida faoliyat ko‗rsatayotgan 
turli muassasalarda ta‘lim xalqaro darajaga keltiriladi. Demak, ta‘lim standartlari 


47 
o‗z mohiyatiga ko‗ra o‗quv dasturlari, darsliklar, qo‗llanmalar nizomlar va boshqa 
me‘yoriy hujjatlarni yaratish uchun asos bo‗lib hizmat qiladi.
Davlat ta‘lim standartini bajarish O‗zbekiston Respublikasi hududida 
faoliyat ko‗rsatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy bo‗ysundirishdan qat‘iy 
nazar, barcha ta‘lim muassasalar uchun majburiy hisoblanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə