48
Pedagogika tarixida, ta‘lim tashkil etishning asosiy shakli Dars hisoblangan.
Sinf-dars tizimini didaktik talablar asosida yaratishda Chex pedagogi Yan Amos
Komenskiyning (1592-1670)
hizmatlari katta, uni sinf-dars tizimining asoschisi
sifatida butun dunyo tan olgan.
Ya.A.Komenskiy "Buij didaktika" asarida, o‗quv mashg‗ulotlarini guruh.
shaklida tashkil qilish, o‗quv yili va o‗quv kunini bir vaqtda boshlash,
mashg‗ulotlar orasida tanaffuslar berilishini, 1 guruhlardagi bolalarning yoshi va
soni bir xil bo‗linishga alohida e‘tibor berdi. Dars davomida o‘quvchilar diqqatini
to‗plash, materialni batafsil tushuntirish, o‘quvchiga
savollar berish, o‗zlashtirish
jarayonini nazorat qilish zarurligini ta‘kidlaydi.
Bu tarixiy jarayonda pedagogika fani oldida turgan muammolardan biri
ta‘limning tashkiliy shakllarini samaradorligani oshirish, ayniqsa, darsni
samaradorligini oshirish bilan bog‘liq. ilmiy-nazariy uslubiy va amaliy
muammolarni xal etuvchi tadqiqotlar olib borishda ko`p ishlar qilindi.
Bu borada mustaqil O‗zbekistonimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturini
amalga oshirishda ta‘lim tizimida yangi pedagogik texnologiyalar tadbiq etish
bilan bog`liq ishlar qilinmoqda.
Sinf deganda, yoshi va bilim darajasi bir xil
bo`lgan o‘quvchilar guruhi tushuniladi. Dars - aniq, maqsadni ko‗zlab belgilangan
vaqtda bir xil yoshdagi o‘quvchi, yoshlar bilan o‘qituvchi rahbarligida olib
boriladigan mashg‗ulotdir.
Darsning maqsadi, mazmuni, hajmi ta‘lim standartlari (o‗quv reja, dastur,
darslik va qo‗llanma) asosida belgilanadi. Dars o‗quv ishlarining asosiy tashkiliy
shakli ekan, bu jarayonda quyidagilarga amal qilinishi lozim:
1. Har bir sinfda o‘quvchilarning yoshi va bilim darajasi bir xil bo‗lishi
lozim.
2. Dars qat‘iy jadval bo‗yicha belgilangan aniq, muddatda olib borilishi
kerak.
3. Dars o‘qituvchi rahbarligida bugun sinf bilan va alohida o‘quvchilar bilan
ishlash shaklida olib boriladi.
4. Dars, o‗quv fanining xarakteri, o‗tilayotgan
materialning mazmuniga
qarab turli usullar va vositalarda olib boriladi va ta‘lim tizimining bir qismi sifatida
tugallangan bilim beradi va navbatdagi bilimlarni o‗zlashtirmoq uchun zamin
yaratadi.
Dars oldiga qator didaktik
talablarni qo‗yadi. Jumladan:
1. Har bir Dars aniq,
maqsadni ko‗zlagan holda puxta
rejalashtirilmog‗i
lozim.
Bu
jarayonda o‗qiguvchi darsning
ta‘limi va tarbiyaviy maqsadini
belgilaydi. Dars bosqichlarini,
ya‘ni
qanday boshlash, qanday
tamomlash
ko‗rgazmali
49
materiallardan
foydalanish kabilarni oddindan hal kilib oladi.
2. Har bir dars aniq, g‗oyaviy, mafkuraviy izlanishga ega bo‗lishi lozim.
O‘qituvchi esa ulardan tarbiyaviy maqsadda foydalanmog‗i lozim.
3. Har bir dars maktabning, ijtimoiy muhitning imkoniyatini hisobga olgan
holda amaliyot bilan boshlanmog‗i, ko‗rsatmali vositalar bilan jihozlanmog‗i
lozim.
4. Har bir dars xarakteriga mos usul, uslub va vositalardan samarali
foydalanilgan holda tashkil etilishi lozim.
5. Dars
uchun ajratilgan soat va
daqiqalarni
tejash
va
unumli
foydalanish darkor.
6. Dars jarayonida o‘qituvchi va
o‘quvchi o‗zaro faol munosabatda
bo‗lishi lozim, o‘quvchi talaba passiv
tinglovchiga aylanmasligi lozim.
7. Mashg‗ulotlar butun sinf bilan
va har bir o‘quvchi bilan, ularning
shaxsiy xususiyatlari e‘tiborga olingan
holda olib borilish kerak.
8.Darsning
mazmuni
va
xarakteriga qarab xalqimizning boy
ma‘naviy
merosidan,
ma‘naviy
qadriyatlaridan samarali foydalanish.
9.
O`tilayotgan
mavzuning
mazmuniga bog`liq holda mustaqil yurtimizdagi o‗zgarishlardan o‘quvchi
talabalarni xabardor qilish.
10.
Darsda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning ta‘lim sohasidagi fikrlari,
yurtimiz kelajagi bo‘lgan
yoshlarimizga, farzandlarimizga qarata aytgan
murojaatlaridan o‗z o‗rnida foydalanish.
Dars turlari va ularning tuzilishida ham alohida muammo sifatida qaraladi
va o`rganiladi.
Dars bilim, ko`nikma va malakalarini oshiradi. Shu sababli o‗quv
mashg`ulotlarida ajratilgan vaqtning asosiy qismi dars o‗tish uchun sarflanadi.
51
Jumladan: ikki bosqichli oliy ta‘lim tizimida o‗ziga xos ta‘lim shakllari
mavjud, bularga ma‘ruzalar, seminar va amaliy mashg‗ulotlar, kafedra
o`qituvchilarining ochiq; ma‘ruzalarida qatnashish, ma‘ruza matnini tayyorlash va
muhokama qilish, o‗quv kurslari bo`yicha dasturlar tayyorlash ishlari kabilar oliy
ta‘limning ko`p qirrali yo`nalishlari va shakllaridir. Oliy ta‘lim tizimida ma‘ruza
o‗quv jarayonining ham usuli, ham shakli hisoblanib, u talabalarga fan asoslarini
og‗zaki, uzviy va muntazam singdirishga xzmat qiladi.
Ma‘ruza tufayli talaba shu fanning mohiyatini tushunib boradi hamda ularni
erkin fikrlashga, fan ustida o`ylashga majbur etadi. Shu sababli ma‘ruza
ilmiy
tafakkurni rivojlantirishning o`ziga xos maktabiga aylanadi.
Ma‘ruzani shunday o`qish lozimki, uning ta‘sirida talabalarda shu fanga
uning vazifa va kelajagiga nisbatan turli qarashlar, ilmiy e‘tiqod, g`oya va milliy
mafkura asoslari shakllansin. Buning uchun o‗rgatuvchi har bir ma‘ruzaning
mazmunini fandagi yangiliklar bilan boyitishi va tanlay bilishi lozim.
Ma‘ruza ijobiy hamkorlikka tayanb tashkil qilingandagina samarali natija
beradi. Buning uchun ma‘ruza jarayonida ham ta‘limiy, ham tarbiyaviy vazifalarni
samarali amalga oshirish yo`llardan biri o‘qituvchi bilan talabalar o‗rtasida
do`stona, faol munosabatlarni tiklab olinishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: