2 мавзу: Педагогик тизимни бошқариш фанининг мақсад ва вазифалари ва методлари


Tarbiyalanuvchilar va ta‘lim oluvchilarni hurmatlash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/128
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#184077
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   128
CHDPU menejment

Tarbiyalanuvchilar va ta‘lim oluvchilarni hurmatlash. 
Ta‘lim 
tizimida barcha pedagoglarga davlat talablari darajasida o‗qitish majburiy 
hisoblangan fanlardan reja va o‗quv dasturlari asosida olib borish, tarbiyalanuvchi 
va ta‘lim oluvchilarning insoniy qadr-qimmatlarini hurmat qilish mas‘uliyati 
yuklatiladi.
12.
Pedagog shaxsini, uning ijtimoiy mavqeyini hurmatlash.
Yangi qonunda pedagog shaxsini, uning ijtimoiy mavqeini hurmatlash 
lozimligi belgilab qo‗yilgan. O‘qituvchilar-tarbiyachilar sha‘nini himoya qilish, 
ta‘lim shakli usuli va vositalarini tanlash, tashabbuslarga keng yo‗l ochish. 
Tanlangan o‘qituvchi olimlarimizni davlat tomonidan orden, medallar bilan 
mukofotlash, ularni qishloq va shahar, tuman, viloyat va respublika oliy 
organlariga deputatlikka saylash umumxalq vazifasi deb topilgan. Shu bilan birga 


42 
ular zimmasiga axloq-odob qoidalariga rioya qilish, o‘quvchisi va talaba shaxsini 
hurmatlash mas‘uliyati yuklatilgan. 
Uzluksiz ta‘lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O‗zbekiston 
Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta‘minlovchi, shaxs, jamiyat va 
davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini 
qondiruvchi ustuvor sohadir.
Shaxslarga, ta‘lim xizmati talabgori sifatida, davlat ta‘lim standartlari orqali 
sifatli ta‘lim va kasbiy tayyorgarlik kafolatlanadi. 
Shaxs – ta‘lim xizmati ko`rsatuvchi sifatida, tegishli darajada malaka hosil 
qilib o`quv-tarbiya jarayonini amalga oshirishda bilim malaka va ko`nikmalarni 
shakllantiradi va boshqalarga beradi. 
Uzluksiz ta‘lim sohasidagi islohotlar quyidagilarni nazarda tutadi: 
- ta‘lim tizimining kadrlar tayyorlash salohiyatini tubdan yaxshilash;
- tarbiyachi, o‘qituvchi, muallim va ilmiy xodimning kasbiy nufo‘zini 
oshirish; 
- davlat va nodavlat ta‘lim muassasalarining har xil turlarini rivojlantirish; 
- ta‘lim tizimini tarkibiy jihatdan qayta qurish, ta‘lim, fan, texnika va 
texnologiyaning jahon miqyosidagi zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan qolda 
ta‘lim va kasb-hunar ta‘limi dasturlarini tubdan o‗zgartirish;
- majburiy umumiy o‗rta ta‘limdan o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limiga 
o‗tilishini ta‘minlash; 
- maxsus, kasb-hunar ta‘limning markazlari sifatida fan va ishlab chiqarish 
integratsiyalashgan yangi tipdagi o‗quv muassasalarini vujudga keltirish; 
- ilg‗or texnologiyalarni keng o‗zlashtirish, chet el investitsiyalari 
qo‗llanishlarining kengayishi; 
- milliy mustaqillik prinsiplari va xalqning boy intellektual merosi asosida 
ta‘limning barcha darajalari va ta‘lim oluvchilarning ma‘naviy va axloqiy 
fazilatlarini rivojlantirish; 
- ta‘limni boshqarishning me`yoriy tizimini takomillashtirish, jamoat 
boshqaruvi shakllarini rivojlantirish, ta‘lim muassasalarini mintaqalashtirish; 
- ta‘lim asosida yoshlarni ma‘naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan 
tarbiyalashda oila, ota-onalar, jamoat tashkilotlari, mahallalar rolini kuchaytirish 
yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish; 
- uzluksiz ta‘limni fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashtirishning 
puxta mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish; 
- ta‘lim va ilm-fan bilan bog‗liq chet elda hamda xalqaro tashkilotlar bilan 
hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish;
- ta‘limning barcha darajalarida ta‘lim oluvchilarning huquqiy, iqtisodiy, 
ekologik va sanitariya-gigiena ta‘limi hamda tarbiyasini takomillashtirish. 
Uzluksiz ta‘lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta‘lim standartlari 
asosida, turli darajalardagi ta‘lim dasturlarining izchilligi asosida ta‘minlanadi va 
quyidagi ta‘lim turlarini o‗z ichiga oladi:
- maktabgacha ta‘lim; 


43 
-umumiy o‗rta ta‘lim; 
-o‗rta maxsus, kasb-xunar ta‘lim; 
- oliy ta‘lim; 
- oliy o‗quv yurtlaridan keyingi ta‘lim; 
- kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; 
- maktab va o‗quv muassasalaridan tashqari ta‘lim. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə