44
umumiy tavsifi, ta‘lim-kasbiy programma tayyorlash sifatining nazorati va h.k.
talabni o`zida aks ettiradi.
Ta‘lim standarti ta‘limning maqsadi, qimmati, uning mazmuni va natijasi
(tayyorlov darajasiga bo`lgan talab), ta‘lim tarbiya
programmaviy xususiyati,
ta‘lim jarayonining to‘zilish tarixi, uning maqsadga erishish darajasini bosqichma-
bosqich va yakuniy diagnostika mo`ljallangan ko`lam hamda vaqtini, ta‘lim va
ma‘lumotlilik darajasini belgilaydi.
Kadrlar tayyorlash milliy modeliga muvofik DTS ishlab chiqish
tamoyillarining asosiylari bo`lib quyidagilar hisoblanadi:
- gumanitar va insonparvarlash;
- nazariylashtirish (fundamentalizatsiya );
- umumta‘limiy va kasbiy tayyorlov;
- ta‘lim – kasbiy programma dolzarbligi ;
- talabalarning akademik zarbdorligi;
- fanlar qismlari va guruhlarining uyg`unligi;
- mustaqil davom ettirish imkiniyatlarini kengaytirish;
- sifatning ko`p bosqichli nazorati.
Ta‘limni gumanitarlashtirish ta‘lim oluvchilarda dunyoni to`la tasavvur
etish, yuksak ma‘naviyat, madaniyat va jahon miqyosidagi tafakkurni
shakllantirishga yo`naltirilgan. Kadrlar tayyorlash milliy modelida qayd etilgan
vazifalarni bajarish,
faqat fan, texnika va texnologiyadagina emas, balki
tabiatshunoslik, falsafa. etika va estetika, tarix, siyosatshunoslik, huquq, iqtisod,
ekologiya va h.k. Larga zamonaviy yutuqlar asosida DTS lar ishlab chiqish orqali
ko‘zga tutiladi. Hozirgi zamon mutaxassisi keng gumanitar bilimga ega bo`lishi
lozim. Bu uning ma‘naviyat va madaniyatini belgilaydi. Axloqiy tayanchga ega
bo`lmagan mutaxassis qabul qilayotgan qarorlari bo`yicha na o`ziga va na jamiyat
oldida hisob berishga qodir bo`lmaydi.
Ta‘limni insonparvarlashtirish insonni oliy ijtimoiy kadriat bo`lib
yetishishiga, uning qobiliyatini ochish, turli –tuman ta‘limiy
ehtiyojini qondirish,
umuminsoniy kadriyatlar ustuvorligini ta‘minlash, inson va atrof-muhit
munosabtidagi uyg`unlikka erishishiga yo`naltirilgan .Ta‘kid etilgan masalalarni
hal etish DTS larda inson omilini hisobga olgan holda fanlar o`quv dasturini ishlab
chiqish va joriy etish orqali hal etiladi.
Ta‘limni nazariylashtirish oliy ma‘lumotli kadrlar tabiatdagi barcha jonivor
va narsalar , jarayon va hodisalar haqidagi yaxlit tasavvurlari bilimning ilmiy
usullari va tizimli yondashish asosida bilimni yaratish, olga siljitish, va yoyishlari
mumkin. Mutaxassis uchun jiddiy nazariy tayyorgarlik ko`p ilm talab kiluvchi va
informatsion texnologiyalarni ishlab chiqish, o`zlashtirish va samarali tadbiq etish
uchun zarur.
Vorislik shuni anglatadiki, uzluksiz ta‘limning
navbatdagi bosqichiga
chiqish oldingi bosqichdan chiqish tabiiy tarzda bog`lanishini taqozo etadi.Vorislik
tufayli uzluksiz ta‘lim tizimi barcha bosqichlarining o`zaro aloqasi bog`liqligi
ta‘minlanadi.Birinchi galda bu zanjirning keyingi bosqich xalqalariga bog`liq;
45
o`rta maxsus, kasbiy ta‘lim – oliy ta‘lim muassasasi tugagandan keyingi ta‘lim –
malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash.
Ta‘limning uzluksizligi uning tashkiliy va funksional ma‘nodagi
uzluksizligining asosi hisoblanadi.
Kadrlarni
oldindan
tayyorlash,
oqibatda,
mamlakat
iqtisodiy
raqobatbardoshligini, mutaxassislarning hozirgi va kelajakdagi ijtimoiy- iqtisodiy
sharoitlarga samarali moslashib ketishini ta‘minlashga yo`naltirilgan.
Oldindan tayyorlashni ta‘minlash uchun DTSning barcha tarkibiy unsurlari
fan, texnika, texnologiya, iqtisod, ta‘lim va b. ning yutuqlarini hisobga olgan holda
yo`nalishlarni yoki ixtisosliklarni rivojlantirishga qaratilgan bo`lishi zarur.
Ta‘lim- kasb dasturlarining dolzarbligi korxonalar, jamiyat, davlat va
mehnat bozori talablarini kuzatib borishni ta‘minlash uchun zarur. Bu dolzarblik
DTS larda OTM kengashi belgilaydigan kurslar, kadrlar buyurtmachisi bilin OTM
belgilaydigan maxsus fanlar qismlari hisobiga ta‘minlanadi.Kasb-ta‘lim dasturlari
kismlarining dolzarbligi talqinlarini ta‘lim berilayotganlar mustaqil tanlaydilar.
Talabalar akademik safarbarligi (ta‘lim yo`nalishi yoki ixtisosligini
o`zgartirish imkoniyati) quyidagicha ta‘minlanadi:
- bakalavriatda gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar qismlarini ta‘limning
barcha yo`nalishlari, matematika va tabiiy fanlar qismlarini yaqin yo`nalishlar
uchun uyg`unlashtirish hisobiga:
- magstraturada umummetodologik fanlar (Fan falsafiy masalalari, ilmiy ijod
metodologiyasi, fan va texnikada tizimli yondashish asoslari va b.) ni bir yo`nalish
doirasida.
Mustaqil ta‘lim ko`nikmalarini hosil qilish
ikki vazifani hal etishga
qaratilgan:
- talabalarni mustaqil ishlashga o`rgatish, bu bo`lajak mutaxassislar ijodiy
fikrlash ko`nikmalariga ega bo`lishni rivojlantirish uchun zarur;
- talabalarni bilimni mustaqil egallashga o`rgatish, ularga butun hayot
mobaynida o`z kasbiy, ma‘naviy va ma‘rifiy darajalarini takomillashtirish uchun
zarur. SHu maqsadda DTSda bakalavrlar uchun mustaqil bilim olishga haftasiga
kamida 6 soat, magistrlar uchun haftasiga 16 soat mo`ljallangan.
Sifatning ko`p bosqichli nazorati, DTS da ko‘zda tutilgan bo`lib
raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga yo`naltirilgan.Bu oliy ta‘lim boshqarishining
uch bosqichida amalga oshiriladi
Birinchi bosqichda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Davlat test markazi
quyidagilarni amalga oshiradi:
- oliy ta‘lim muassasasi, uning rahbar va ilmiy-pedagog kadrlarni
attestatsiyalash, uning asosida OTM ni ta‘lim yo`nalishlari va ixtisosliklari
bo`yicha akkreditatsiyalash masalasi hal etiladi;
- o`quv-tarbiya jarayoni samaradorligi kadrlar tayyorlash sifatini ekspert
baholash.
Ikkinchi bosqichda ta‘limni boshqarish bo`yicha vakolatlangan davlat
idorasi tasarrufida OTM lar bo`lgan vazirlik va muassasalar bilan hamkorlikda
nazorat qiladi:
46
- DTS larda ko`zda tutilgan tayyorlov
mazmun va daraja minimumini
ta‘minlashni;
- DTS larda ko`za tutilgan kasbiy masalalarni hal qilish asosida kurslar
tayyorlash sifatini.
Uchinchi bosqichda oliy ta‘lim muassasasi, talaba bilim, o`quv va
ko`nikmasi o`quv jarayonida, shuningdek ular bilimini fanlar va bitiruv malakaviy
ishlari bo`yicha Davlat attestatsiyasi komissiyasi nazoratini amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: