52
barcha ishlar va tadbirlarni tashkil etish hamda uzluksiz ta‘limning tegishli turlari
uchun davlat ta‘lim standartlariga qo‗yiladigan umumiy talablarni ishlab chiqish;
Umumiy o‗rta ta‘lim uchun davlat ta‘lim standartlarini va boshqa zarur
normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
O‗rta maxsus, kasb-unar ta‘limi tizimi uchun davlat ta‘lim standartlarini,
akademik litsey va kasb hunar kollejlaridan iborat ta‘lim tizimini joriy etish
dasturlarini ishlab chiqish;
Umumiy o‗rta ta‘limga ega bo‗lgan o‘quvchilarni
akademik litsey va kasb-
hunar kollejlari tizimi bilan to‗la qamrab olish tadbirlarini, bu tizimni hududlarini
demografik, jug‗rofiy xususiyatlari va kadrlarga bo‗lgan ehtiyojlarni hisobga olgan
holda joylashtirish, uning moddiy-texnika asosini yaratish;
Akademik litsey va kasb hunar kollejlarida ishlaydigan o‘qituvchilar va
pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun ta‘lim
muassasalarini tashkil etish hamda ularning samarali ishlarini ta‘minlash;
Oliy ta‘lim muassasalari tizimini milliy dastur talablariga binoan isloh qilish,
bu borada tegishli davlat ta‘lim standartlarini yaratish va joriy etish; maktabgacha
ta‘lim va tarbiya muassasalari faoliyatini takomillashtirish, bolalar tarbiyasida va
maktabga tayyorlashda oila, mahalla hamda jamoat tashkilotlarining mas‘uliyatini
oshirish;
Ta‘lim muassasalarini zarur darsliklar va adabiyotlar bilan ta‘minlash, bu
ishga yirik olimlar, yuqori malakali
mutaxassislarni jalb etish, ta‘lim va ilm-fan
sohasining nashriyot bazasini rivojlantirish;
Professor va pedagog kadrlarni rivojlangan mamlakatlardagi yyetakchi
ta‘lim muassasalarida tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida maxsus
Respublika jamg‗armasini tashkil etish va uning faoliyatini ta‘minlash;
Uzluksiz ta‘lim tizimida chet tillarini faol o‗rgatish
uchun zarur sharoit
yaratish, ularni o‗rgatishning jadallashtirilgan uslublarini joriy etish, o‗zbekcha-
chet tillar lug‗atini, davlat tilida maxsus adabiyotlarni nashr etish;
Uzluksiz ta‘lim sohasi o‘qituvchilariga va pedagog kadrlarni ijtimoiy
himoya qilish va qo‗llab-quvvatlash, ularni mehnatiga haq to‗lash va
rag‗batlantirish tizimini qayta ko‗rib chiqish;
Ta‘lim muassasalarini attestatsiyadan o‗tkazish akkreditatsiyalash,
kadrlar
tayyorlashning malaka talablarini aniqlash hamda sifatini baholash ishlarini tashkil
qilish va muvofiqlashtirish bo‗yicha ta‘lim tizimi boshqaruviga bog‗liq bo‗lmagan
yagona davlat xizmatlarini tashkil etish;
Ta‘limni axborot bilan ta‘minlash tizimini shakllantirish va rivojlantirish,
uni jahon axborot tizimi bilan bog‗lash, ommaviy axborot vositalarining ta‘lim
sohasidagi vazifalarini belgilash;
Kasb-hunar ta‘limi sohasida kadrlarga bo‗lgan talab va taklifini o‗rganishni
tashkil etish, ta‘lim xizmatini ko‗rsatish va kasbiy mehnatning raqobatga
asoslangan bozorini hamda kadrlar tayyorlash sohasida marketingni shakllantirish.
Dostları ilə paylaş: