2 мавзу: Педагогик тизимни бошқариш фанининг мақсад ва вазифалари ва методлари



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/128
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#184077
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   128
CHDPU menejment

 
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR: 
1.
Pedagogik tizimni boshqarishning me`yoriy asoslari fanining mazmun 
va mohiyati haqida ma‘lumot bering. 


15 
2.
Pedagogik tizimini boshqarishning me`yoriy asoslari fanining 
ahamiyati nimada? 
3.
Pedagogik tizim asoslari va tarkibiy qismlariga nimalar kiradi? 
4.
Boshqarishning me`yoriy faoliyati haqidagi tushunchalaringiz. 
 
TAYANCH SO‗ZLAR: 
Pedagogik tizim, hujjatlashtirish. boshqarishning me`yoriy asosi, mohiyat, 
tushuncha, daraja, tarkib, ob‘yekt, sub‘yekt, shakl, usullar, uslub qo‗llanish, 
abstrakt, birikma va boshqalar. 


16 
Pedagogik tizimni boshqarishning me`yoriy asoslari 
fanining maqsad, vazifalari va uning metodlari. 
 
Pedagogika fanining maqsad,
Maktab o‗rta maxsus ta‘lim muassasalari 
 vazifalari va uning mazmun 
mamlakat hayoti bilan mustaqillik
 
qurishdagi amaliy ishlar bilan chambarchas bog‗langan bo‗lib, mustaqillik 
davlatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy vazifalariga xizmat qiladi. 
Bu esa muassasalar zimmasiga madaniyatli, ma‘lumotli, har tomonlama 
yyetuk, yuksak sifatlar egasi bo‗lgan barkamol avlod yetishtirish vazifasini izlaydi. 
O‗zbekistonda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning maqsadi ta‘lim 
sohasini tubdan isloh qilish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak 
ma‘naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash, 
milliy tizimni yaratishdir. 
Pedagogik tizimni boshqarishning me`yoriy asoslarini asosiy maqsadi – 
ta‘lim muassasalarida tashkil etiladigan ta‘lim tarbiya jarayonini ilmiy asosda 
tashkil etishda, muassasa oldiga qo‗yilgan maqsadlarga erishish va raqobatbardosh 
bitiruvchilar tayyorlashda ta‘lim tarbiya jarayonini ishtirokchilari bo‗lgan 
rahbarlar, mutaxassislar va ijrochilarning munosabatlari va faoliyatlarini 
muvofiqlashtirish, nazorat qilish hamda samarali me`yoriy hujjatlar bilan 
ta‘minlashdan iborat. 
Pedagogik tizimni boshqarishning me`yoriy asoslari fani ta‘lim muassasalari 
rahbarlarining boshqaruv faoliyati, mas‘uliyati va madaniyati, boshqaruv 
funksiyalari va metodlari, boshqarishning qonun qoidalari va tamoyillari, rahbar va 
lider fazilatlari, muassasalarni boshqarishning me`yoriyida axborot va 
kommunikatsiya, innovatsion faoliyati tarbiyaviy munosabatlar va rahbarlik 
uslublari, ta‘lim muassasalarining tashkiliy tuzilishi, strategik boshqaruv va 
rejalashtirish, rahbarning ish vaqti va undan foydalanish, persional boshqarishning 
me`yoriy hamda motivlashtirish nazariyalarini tadqiq etishdir. 
Me`yoriy asoslar boshqarishning maqsadi zamonaviy ijtimoiy – iqtisodiy 
shart sharoitlarda rahbarlik qila oladigan malakali boshqaruvchilarni tayyorlash
ya‘ni rahbarlar va xodimlar malakasini oshirish ularni rahbarlik va tashkilotchilik 
san‘ati sirlarini o‗rgana oladigan darajada nazariy va amaliy bilimlar berishdir.
Ushbu maqsadni ro‗yobga chiqarish uchun quyidagi vazifalarni hal etish 
nazarda tutiladi: «Ta‘lim to‗g‗risida» gi O‗zbekiston Respublikasining qonuniga 
muvofiq ta‘lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta‘lim muassasalari hamda 
kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitni shakllantirish negizida ta‘lim tizimini 
yagona o‗quv ilmiy ishlari bo‗yicha – ishlab chiqarish majmui sifatida izchil 
rivojlantirishni ta‘minlash: 

ta‘lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan 
yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilish jarayonlariga moslash; 

kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar 
bilan ta‘minlash, pedagogik faoliyatning nufo‘zi va ijtimoiy maqomini ko‗tarish; 


17 

kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va 
iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika 
va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish; 

ta‘lim oluvchilarni ma‘naviy – axloqiy tarbiyalashning va ma‘rifiy 
ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish; 

ta‘lim va kadrlar tayyorlash, ta‘lim muassasalarini attestatsiyadan 
o‗tkazish va akkreditatsiya qilish sifatiga baho berishning xolis tizimni joriy qilish; 

yangi ijtimoiy – iqtisodiy sharoitlarda ta‘limning talab qilinadigan 
darajasi va sifatini ustuvorligini ta‘minlovchi normativ, moddiy texnika va axborot 
bazasini yaratish; 

ta‘lim, fan, ishlab chiqarishning samarali integratsiyalashuvini 
ta‘minlash, tayyorlangan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan davlatning 
talablarini mexanizmlarini ishlab chiqarish; 

uzluksiz ta‘lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari 
mablag‗larning real mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; 

kadrlar tayyorlash sohasida o‗zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni 
rivojlantirish. 
Pedagogik ta‘limning maqsadi kengroq ma‘noda olganda, barcha tipdagi 
maktablar, oliy va o‗rta maxsus, kasb – hunar o‗quv yurtlari, maktabgacha tarbiya 
va maktabdan tashqari tarbiya muassasalarida ishlaydigan o‘qituvchilar, pedagogik 
xodimlarni, ota – onalarni, barcha kasb egalarini pedagogik bilimlar bilan, ya‘ni 
barkamol insonni shakllantirish qonuniyatlari, tarbiya va ta‘limning tamoillari 
mazmuni, shakl va usullari bilan qurollantirishdan iborat. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə