2-Mavzu: Sharqda uyg‘onish davri allomalarining asarlarida pedagogik fikrlarning rivoji Maqsad



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə9/12
tarix25.01.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#99223
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
2-dars MFOT

3. Asarning tuzilishi, syujeti. “Qutadg‘u bilig” asari SHarqda pandnoma yo‘lidagi an’anaviy kitob tuzish tartibiga rioya qilgan holda tuzilgan. Avval nasriy muqaddima, so‘ng 73 bobdan iborat kitobning mundarijasi beriladi.Dastlabki o‘n bir fasli debocha bo‘lib, hamd, na’t va Qoraxonni madh etish, ta’lif maqsadi, yetti kavokib va o‘n ikki burj, tilning ahamiyati, muallifning uzri, ezgulik haqida, bilim olishning ahamiyati, kitobga nom berilishi, keksalikdan afsuslanish kabi fasllardan iboratdir. O‘n ikkinchi fasldan boshlab asosiy voqea bayon etiladi. Lekin asarda ma’lum bir syujet yo‘q. Asarda to‘rt qahramon – Kuntug‘di –adolat ramzi, vazir - Oyto‘ldi-davlat va baxt ramzi, vazirning o‘g‘li O‘gdulmish – aql ramzi sifatida, O‘zg‘urmish – vazirning qarindoshi – qanoat timsoli o‘rtasidagi munozara asosida hayotiy masalalar bir-biriga bog‘langan holda bayon etilib, kitobni yozishdan o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga bo‘ysundiriladi.
“Qutadg‘u bilig” Q.Karimov to‘g‘ri ta’kidlaganidek, “adabiy asar, badiiy adabiyotning tipik namunasi. Lekin u epopeya ham emas, to‘lig‘i bilan lirik ruhda ham emas. U axloq va odob, ta’lim va tarbiya hamda ma’lum ma’naviy kamolotning yo‘l-yo‘riqlarini, usullarini, chora-tadbirlarini mujassamlashtirgan qomusdir. Bu asar tom ma’nosi bilan didaktik ruhda yozilgan ta’lim-tarbiya, odob-axloq va hikmat dasrligidir”1
Yuqorida ta’kidlangan to‘rt qahramonning suhbatlari, munozaralari asosida Yusuf Xos Hojib o‘z maqsad va g‘oyalarini bayon etadi.
Masalan, Oyto‘ldining Elig bilan uchrashuvida uning Elig sinovidan o‘tish jarayonidagi savol-javoblar natijasida davlatning sifati va fazilatlari, uning bevafoligi va bebaholigi, adolatning xislatlari, shuningdek, el-yurt boshqaruvchilarining xislatlari bayon etiladi.
Oyto‘ldining o‘g‘li o‘gdulmish bilan Eligning suhbatida esa saroy amaldorlari: beklar, vazirlar, lashkarboshilar, hojiblar, elchilar, sarkotib, xazinador, dasturxonchilar, sharobdorlar, beglarning o‘z xizmatkorlariga munosabati qanday bo‘lishi kerakligi bayon etiladi.
O‘gdilmish bilan O‘zg‘urmish munozaralari, elig bilan O‘zg‘urmish munozarasida esa insoniy xislatlar, xizmat va turmush odoblari borasida fikrlar bayon etiladi, turli kasb egalari vasfi beriladi.
“Qutadg‘u bilig”dagi bosh g‘oya-insonni hayotda baxt-saodatga eltuvchi asosiy qarashlari to‘rt ramziy qahramon: Kuntug‘di-elig podsho –adolat timsoli, Oyto‘ldi-vazir-davlat timsoli, O‘gdulmish-vazir-aql timsoli, O‘zg‘urmish – vazirning qarindoshi –qanoat timsolining hayoti va davlatni boshqarish jaryonidagi hatti-harakatlari va fikrlari orqali berilganki, bular inson kamolotining muhim mezoni sanaladi.

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə