2 mavzu: sportchining jismoniy texnik va taktik tayyorgarligi



Yüklə 60,42 Kb.
səhifə10/12
tarix17.12.2023
ölçüsü60,42 Kb.
#150299
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Kurs ishi Umida

 
 

21
3.3 Jismoniy mashqlarning shugʻullanuvchilar organizmiga ta’siri 


Faol harakatlar traektoriyasi shaklining xilma-xilligi asosan gavdaning ma‘lum bir
qismini mustahkamlovchi asab markazlarining rivojlanganligi bilan belgilanadi.
Traektoriya shaklining murakkabligi ham gavdaning harakatlanadigan qismiga bogʻliq;
bu qism qanchalik katta boʻlsa, uning shakli shunchalik sodda boʻladi. Masalan, tos-son
boʻgʻimlari atrofida muskullar ham koʻp, ularning joylashishi ham xilma-xil, lekin
oyoqning harakati qoʻl harakatidek koʻp va chaqqon emas.
Jismoniy mashqlarning shugʻullanuvchilar organizmiga koʻrsatadigan ta‘siri
samaradorligi hamda mashqlar texnikasini muvaffaqiyatli bajarish harakatlanayotgan
gavdaga, uning qismlariga yoki harakatlanadigan buyumga qanchalik toʻgʻri yoʻnalish
berilganiga bogʻliq. Jismoniy tarbiya amaliyotida harakatlarning yoʻnalishi yo jismning
yuzasi yoki tashqi moʻljallar bilan aniqlanadi. Masalan, qoʻllarimizni oldinga yoki yon
tomonlarga koʻtarar ekanmiz, biz qoʻl harakatining oʻz gavdamizga nisbatan
yoʻnalishini aniqlaymiz. Yuqoriga-pastga, oldinga-orqaga, oʻngga-chapga boʻlgan
yoʻnalishlarni odam gavdasining asosiy yoʻnalishi deb atash qabul qilingan. Harakat
amplitudasi – bu harakatning kengligidir. Amplitudaning katta-kichikligi burchak
darajalari bilan aniqlanadi. Gavdaning bir necha zvenolari harakatining umumiy
amplitudasini ba‘zan chiziqli oʻlchov bilan (masalan, qadamning uzunligi – 80 sm) yoki
shartli belgilar (masalan, yarim choʻqqayish) bilan aniqlaydilar. Inson gavdasi ayrim
zvenolarining harakatlari amplitudasi boʻgʻimlarning tuzilishiga, bogʻlovchi apparat
hamda muskullarning egiluvchanligiga bogʻliq. Fazoviy-vaqt xarakteristikasi Jismning
fazoda vaqt birligi ichidagi siljishi tezlikni ifodalaydi. Tezlik jism bosib oʻtgan yoʻl
uzunligining shu yoʻlni bosib oʻtishga sarflangan vaqtga nisbati bilan aniqlanadi.
Odatda, tezlikni aniqlashda uni metr/sekund bilan oʻlchanadi. Agar yoʻlning barcha
nuqtalarida harakatning tezligi bir xil boʻlsa, bunday harakatni tekis harakat deb, agar u
oʻzgarsa, notekis harakat deb ataladi.
Tezlikning vaqt birligida oʻzgarishi tezlanish deb ataladi. Psixologik va metodik
nuqtai nazardan tezlik optimal va maksimal tezlikka ajratiladi. Sport texnikasida harakat
tezligi muhim rol oʻynaydi: tezlik qanchalik katta boʻlsa, sport natijalari shuncha yuqori
boʻladi. Biroq eng yuqori natijaga erishish uchun koʻpincha maksimal tezlik emas, balki

22
har bir sportchi uchun harakatning optimal tezligi muhim ahamiyatga ega. Tezlik erkin


va majburiy boʻlishi mumkin. Masalan, changʻichining tepalikka koʻtarilishdagi tezligi
erkin tezlik boʻlsa, tepalikdan pastga tushishda esa majburiydir. Vaqt xarakteristikasi
Harakatning qancha vaqt davom etishi va uning sur‘ati harakatning vaqt
xarakteristikasini ifoda etadi. Holat va harakatlarning davom etishi organizm faoliyatini
oʻzgartirishda muhim rol oʻynaydi. Mashq bajarishning davomiyligini oʻzgartirish bilan
yuklamaning umumiy hajmini tartibga solish mumkin. Jismoniy mashqlar texnikasida
harakatning ayrim fazalari (eshkakni orqaga olib borish va eshkak eshish, moʻljallash va
toʻp tashlash) yoki gavdaning ayrim qismlari harakati katta ahamiyatga ega.
Bajarilayotgan ishning qancha vaqt davom etishi haqida vaqt-vaqti bilan axborot berib
turish ishchanlikni oshiradi. Harakat sur‘ati. Sur‘at deganda harakat siklining
takrorlanish chastotasi yoki vaqt birligi ichidagi harakat miqdori tushuniladi. Masalan,
biz yurish sur‘ati haqida – minutiga 120-140 qadam, eshkak eshish sur‘ati haqida –
daqiqasiga 30-40 marta eshkak eshish deb gapiramiz.Harakat sur‘ati gavdaning ogʻirligi
yoki harakatlanayotgan qismining inersiya momentlariga bogʻliq. Masalan, qoʻl
panjalarini harakatlantirishda gavda harakatiga nisbatan (sekundiga 1-2 harakat) ancha
yuqori sur‘atni (sekundiga 8-10 harakat) saqlab turish mumkin. Koʻpincha sur‘atning
oʻzgarishi bilan harakatning butun tuzilishi ham sifat jihatidan oʻzgaradi. Masalan, agar
sur‘at ma‘lum bir chegaradan ortib ketsa, yurish yugurishga aylanadi.Pedagogik
amaliyotda fiziologik yuklamani kuchaytirish yoki kamaytirish maqsadida
harakatlarning turli sur‘atlaridan foydalaniladi. Ritmiklik xarakteristika ―Ritm‖ soʻzi
juda keng tarqalgan boʻlib, xilma-xil hodisalarga nisbatan qoʻllaniladi. Vaqti-vaqti bilan
takrorlanishning oʻzi ritmni tashkil etadi.
Ritmning asosiy sharti mazkur harakatda kuchli, biror-bir jihatlarni ta‘kidlab
koʻrsatiladigan lahzalarning mavjudligi hamda turli vaqt intervallarining oʻzgarishi,
almashinishidan iboratdir. Shunday qilib, ritm harakatlarning majmuali (dinamika-vaqt)
xarakteristikasidir. Harakat ritmi uchun harakatning kuchli, alohida kuch bilan
bajariladigan qismlarining vaqt jihatidan xilma-xil munosabatda boʻlishi xosdir.
Jismoniy mashqlarda muskullarning kuchlanishi va boʻshashtirilishining toʻgʻri va oʻz
vaqtida almashinib turishi sport texnikasini egallab olishning eng muhim

23
koʻrsatkichlaridan biridir. Yuqori malakali sportchilarning oddiy sharoitlardagi harakat


ritmi juda aniq boʻladi. Ma‘lum bir kishining texnik jihatdan mukammal qilib bajargan
har bir aniq harakatida maqsadga muvofiq ritmni koʻrish mumkin.
Har bir sportchida uning individual xususiyatlariga qarab, harakatlarni bajarishning
oʻz ritmi boʻlishi lozim. Jismoniy mashqlarni bajarishda harakat ritmi ratsional
texnikaning obyektiv qonuniyatlariga muvofiq ravishda inson tomonidan yaratiladi va
tartibga solinadi. Dinamik xarakteristikalar Kishi gavdasining harakatiga ta‘sir etadigan
kuchlarni ichki va tashqi ta‘sir kuchlariga boʻlish mumkin. Quyidagilar ichki kuchlarga
kiradi: a) tayanch-harakat apparatining passiv kuchlari – muskullarning elastik kuchi,
muskullarning choʻziluvchanligi va b.; b) harakat apparatining faol kuchlari –
muskullarning tortish kuchi; v) reaktiv kuchlar – tezlashgan harakat jarayonida gavda
zvenolarining bir-biriga munosabati vaqtida aks etuvchi kuchlar. Kishi gavdasiga
tashqaridan ta‘sir etuvchi kuchlar tashqi kuchlar deyiladi. Jismoniy mashqlarni
bajarishda quyidagilar tashqi kuchlar hisoblanadi: a) oʻz gavdasining ogʻirlik kuchi; b)
tayanch reaksiyalarining kuchi; v) tashqi muhitning (suv, havo) va fizik jismlarning
(kurashdagi raqiblar, akrobatikadagi sheriklar) qarshilik kuchi, tashqi ogʻirliklar, odam
joyidan siljitadigan jismlarning inersion kuchlari. Jismoniy mashqlarni bajarish fazalari
Muayyan harakatni tashkil etuvchi jismoniy mashq muvofiq navbatda taqsimlangan:
faoliyat qaysi harakat bilan boshlanadi, qaysi biri bilan yakunlanadi. Oʻrgatish va ilmiy
maqsadlarda jismoniy mashqlarni uch fazaga ajratish maqsadga muvofiqdir.
Harakat tizimi Yugurish-depsinish-uchish-yerga tushish Harakat fazalari 1 2 3 4
Harakat qismlari Tayyorgarlik Asosiy Yakunlovchi Jismoniy mashqlarning davom
etishi va shiddatiga qarab organizmdagi oʻzgarishlar jarayonini koʻrsatuvchi fazalar.
SIQD- CHT - sport ish qobiliyati dinamikasi, charchash va uni tiklash. FFD -
organizmning ayrim tizimlarini funksional faollik dinamikasi. BMS - bioenergetik
moddalarning sarflash va tiklash dinamikasi. SS - superkompensatsiya samaradorligi.
Tayyorgarlik fazasining ahamiyati harakatni bosh fazada bajarish uchun eng qulay
sharoit yaratishdan iborat. Masalan, yugurib borib sakrashda tayyorgarlik fazasi yugurib
borishdir. Joydan sakrashda – itarilish oldidan qoʻllarni silkitib va oyoqlarni bukib
depsinish asosiy faza harakatlaridan iborat, uning yordami bilan harakatning asosiy

24
vazifasi echiladi. Masalan, depsinish, joydan sakrash, uchish. Asosiy fazadagi harakatlar


bevosita asosiy harakat vazifalarini hal qilishga qaratilgan.
Biodinamik nuqtai nazardan bu fazadagi eng muhim narsa harakatlantiruvchi
kuchlardan tegishli joyda, tegishli yoʻnalishda va zarur lahzada toʻgʻri foydalanishdan
iboratdir. Masalan, krol usuli bilan suzishda qoʻllarni vaqtidan ilgari faol
harakatlantirish gavdani suvdan koʻtarishga va toʻlqin paydo boʻlishiga sabab boʻladi.
Soʻnggi fazada harakat tugallanadi, obrazli qilib aytganda, bu faza ishchi holatdan
chiqishga imkon beradi. Sakrashlarda bu yerga qoʻnish, yugurishda marradan keyin bir
oz yugurish boʻladi. Asosiy faza texnikaning asosini tashkil etuvchi harakatlar yordami
bilan, qolgan ikkita faza esa texnikaning detalini tashkil etuvchi harakatlar yordami
bilan amalga oshiriladi. Jismoniy mashqlarning pedagogik turkumlari Jismoniy
mashqlarning turkumlarga boʻlinishi – bu ularning eng muhim belgilariga muvofiq bir-
biriga bogʻlangan guruhlarga taqsimlanishidir. Oʻqituvchi turkumlar yordamida
jismoniy mashqlarning xususiyatini aniqlay oladi, binobarin, mashqlarni tanlashni
engillashtiradi, bu pedagogik vazifa talablariga javob beradi. Modomiki, jismoniy
tarbiya fani rivojlanib borar ekan, yangi ma‘lumotlar bilan uzluksiz boyib turadi,
turkumlash esa doim bir xilda boʻlib qolmaydi.
Har qaysi jismoniy mashq bitta emas, balki bir necha oʻziga xos belgilarga ega.
Shuning uchun aynan bir xil mashq har xil turkumlarda ifodalangan boʻlishi mumkin.
Masalan, tortilish anatomik belgilar boʻyicha (qoʻllar va mushaklar uchun mashq)
turkumlarda ham, asosan, harakat sifatlarining (koʻproq kuchning) rivojlanishini aks
ettiruvchi turkumlarda ham namoyon boʻladi. Binobarin, har qanday holat uchun yaroqli
yagona turkum yaratilgan boʻlishi mumkin emas; turkumda pedagogik vazifalarni
yechish uchun eng ahamiyatli belgilarni hisobga olish kerak. Jismoniy tarbiya tizimlari
tarixan tarkib topgan belgilari boʻyicha jismoniy mashqlar turkumlariga (gimnastika,
oʻyin, turizm, sport) boʻlinadi. Bu turkumlar boʻyicha jismoniy mashqlar besh guruhga
taqsimlanadi. 1. Sun‘iy yaratilgan faoliyatlarda harakatlar xilma-xilligini tavsiflovchi
gimnastika mashqlari, ularning samaradorligi organizmga, uning tuzilishiga ta‘sir
oʻtkazadi, shuningdek, barcha harakatlar koordinatsion murakkabligi va uygʻunligi bilan
belgilanadi. Harakatlarning sogʻlomlashtiruvchi turlaridan tarkib topgan oʻyin mashqlari

25
(yugurish, uloqtirish va h.k.) oʻzgaruvchan oʻyin vaziyatlari bilan muvofiqlikda turli xil


variantlarda bajariladi va umuman organizmga ta‘sir qilish samaradorligi boʻyicha va
harakatning pirovard natijasi boʻyicha baholanadi. Sayohatdagi jismoniy mashqlarga
yurish, yugurish, sakrash, toʻsiqlarni engish, changʻida yurish, velosipedda yurish,
qayiqda suzish va boshqalar kiradi. Sogʻlomlashtiruvchi sharoitlarda yurish, yugurish,
sakrash, toʻsiqlarni engib oʻtish, changʻida yurish, velosipedda yurish, qayiqni eshkak
bilan eshish qoʻshilib, sayohatchi uchun jismoniy mashqlarni tashkil etadi. Ularning
samaradorligi organizmga majmuali ta‘sir oʻtkazish, joylardagi toʻsiqlar va masofani
yengish natijasi bilan baholanadi.Sportdagi mashqlar maksimal sport natijalariga
erishish uchun ixtisoslashtirish predmetidir va yagona sport turkumlari bilan
muvofiqlikda sun‘iy standartlashtirilgan oxirgi guruhga, agar ularga qayd qilingan
belgilar tegishli boʻlsa, birinchi uchala guruh kiritilishi mumkin boʻladi (sport
gimnastika mashqi, sport oʻyin mashqi, sport sayohatchi mashqi). Ushbu turkumlarning
shartliligi bu guruh mashqlarini tavsiflovchi belgilar tafovutida koʻrinadi. Shuning
uchun masalan, yugurish, garchi toʻrttala guruhda turli variantlarda ifodalangan boʻlsa
ham, shunga oʻxshash turkumlar jismoniy mashqlarning faqat umumiy moʻljalida
berilgan. 2. Mushak faoliyatining belgilari boʻyicha beriladigan jismoniy mashqlar
turkumi (harakat sifatlarining rivojlanishiga ta‘sir qiluvchi belgilar boʻyicha).
Tezlik-kuch mashqlari shugʻullanuvchidan nisbatan qisqa vaqt ichida maksimal
harakat qilishni talab etadi (masalan: qisqa masofaga yugurish, sakrashlar); chidamlilik
namoyon qilishni talab qiluvchi jismoniy mashqlar (masalan, uzoq masofalarga
yugurish, changʻida yurish va b.). Oʻzgaruvchan sharoitlarga muvofiq zoʻr berish
darajalarini muntazam almashtiruvchi, harakatlantiruvchi sifatlarni namoyon qilish
majmuasini talab etuvchi jismoniy mashqlar (oʻyinlar, yakkama-yakka kurashish). Bu
turkumning shartliligi bir tomondan, jismoniy mashqni tanlab olishga imkon beradi.
Uning yordami bilan harakat sifatlarining rivojlanishiga samarali erishish mumkin.
Ikkinchi tomondan, u yoki bu xususiyatli mashqni muvaffaqiyatli bajarish uchun qaysi
zaruriy sifatga ega boʻlishni bilish. 3. Ilmiylik vazifasini yechish uchun ularning
ahamiyati boʻyicha jismoniy mashqlar turkumlari. Ushbu turkumlarning shartliligi
shundan iboratki, unda harakat koʻnikmasi, koʻnikmani shakllantirishga va harakat

26
sifatlarining rivojlanishiga qaratilgan mashqlar sun‘iy ravishda ajratiladi, ayni bir vaqtda


har ikkala jarayon ajralmasdir. Biroq bunday turkumlashning amaliy ma‘nosi
yoʻqolmaydi. U mashqni oʻrgatishning har bir bosqichida yetakchi vazifalarni yechish
uchun tanlashga yordam beradi va koʻp darajada ularni yechishga koʻmaklashadi. 4.
Asosan ayrim mushaklar guruhining rivojlanish belgilari boʻyicha jismoniy mashqlar
turkumlari: yelka kamarida qoʻllar mushaklari uchun, boʻyin va gavda mushaklari
uchun, bel va oyoqlar mushaklari uchun nazarda tutilgan. Bu turkum ichida mashq
boldir-tovon mushagi uchun, tizza mushagi uchun va hokazolarga boʻlinadi; tikka turib,
oʻtirib, yotib, individual va juft boʻlib, predmetlar bilan va predmetlarsiz bajariladigan
mashqlarda jismoniy sifatlarning rivojlanishi uchun beriladigan mashqlar. 5. Sport
turlari boʻyicha jismoniy mashqlar turkumlari. Sportning har bir turi oʻziga xos
mashqlar turkumlariga ega. Har qaysi jismoniy mashq bitta emas, balki bir necha
oʻziga xos belgilarga ega. Shuning uchun aynan bir xil mashq har xil turkumlarda
ifodalangan boʻlishi mumkin. Masalan, tortilish anatomik belgilar boʻyicha (qoʻllar va
mushaklar uchun mashq) turkumlarda ham, asosan, harakat sifatlarining (koʻproq
kuchning) rivojlanishini aks ettiruvchi turkumlarda ham namoyon boʻladi. Binobarin,
har qanday holat uchun yaroqli yagona turkum yaratilgan boʻlishi mumkin emas;
turkumda pedagogik vazifalarni yechish uchun eng ahamiyatli belgilarni hisobga olish
kerak. Jismoniy tarbiya tizimlari tarixan tarkib topgan belgilari boʻyicha jismoniy
mashqlar turkumlariga (gimnastika, oʻyin, turizm, sport) boʻlinadi. Bu turkumlar
boʻyicha jismoniy mashqlar besh guruhga taqsimlanadi. 1. Sun‘iy yaratilgan
faoliyatlarda harakatlar xilma-xilligini tavsiflovchi gimnastika mashqlari, ularning
samaradorligi organizmga, uning tuzilishiga ta‘sir oʻtkazadi, shuningdek, barcha
harakatlar koordinatsion murakkabligi va uygʻunligi bilan belgilanadi. Tezlik-kuch
mashqlari shugʻullanuvchidan nisbatan qisqa vaqt ichida maksimal harakat qilishni
talab etadi (masalan: qisqa masofaga yugurish, sakrashlar); chidamlilik namoyon
qilishni talab qiluvchi jismoniy mashqlar (masalan, uzoq masofalarga yugurish,
changʻida yurish va b.).

Yüklə 60,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə