2 mavzu: sportchining jismoniy texnik va taktik tayyorgarligi



Yüklə 60,42 Kb.
səhifə11/12
tarix17.12.2023
ölçüsü60,42 Kb.
#150299
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Kurs ishi Umida

 
 

27
XULOSA 


Xulosa qilib aytgandan bu esa eng avvalo sportchilarni tayyorlashda o„quv
mashg„ulot jarayonini rejalashtirishga katta ahamiyat qaratish, olimpiya sport turlari
bo„yicha milliy terma jamoalarning asosiy va zahira tarkibidagi iqtidorli sportchilarni
tanlash, sportchi va murabbiylarni moddiy ta‟minotini yaxshilash, respublika va xalqaro
musobaqalarda samarali ishtirok etish hamda mamlaktimiz terma jamoalarini
tayyorlashda pedagogik-psxilogik, tibbiy va texnik-taktik jihatdan tayyorlashning
barcha muammolarani hal etishga alohida ahamiyat berish kerak.
Sportchining jismoniy tayyorgarligi sog'lig'ini mustahkamlash va saqlash,
sportchining jismoniy xususiyatlarini shakllantirish, tananing funktsional
imkoniyatlarini oshirish, jismoniy qobiliyatlarni - kuch, tezlik, muvofiqlashtirish,
chidamlilik va moslashuvchanlikni rivojlantirishga qaratilgan. Sport yutuqlarining
o'sishi doimo sportchining jismoniy imkoniyatlarini yangi bosqichga ko'tarishni talab
qiladi. Jismoniy tayyorgarlik har qanday yoshdagi, mahorat va sportdagi sportchi uchun
zarurdir. Biroq, har bir sport turi sportchilarning jismoniy tayyorgarligiga - individual
fazilatlar, funktsional imkoniyatlar va jismoniy rivojlanish darajasiga o'ziga xos
talablarni qo'yadi. Shuning uchun ham muayyan sport turida, turli yoshdagi va malakali
sportchilar o’rtasida jismoniy tayyorgarlikning mazmuni va metodikasida ma‘lum
farqlar mavjud.
Sport o'yinlarida jamoa o'yinining umumiy taktik rejasidan tashqari, individual
o'yinchilar uchun ham taktik reja tuzilishi mumkin. Bunday rejaning asosi kuchlar
muvozanatini tahlil qilish, bir jangovar juftlik (hujum va mudofaa) bo'lishi mumkin.
Bo'lajak musobaqaning rejasini sportchi va murabbiy birgalikda tuzadilar, chunki
sportchining taktik mahoratini uning musobaqaning taktik rejalarini tuzishda faol
ishtirokisiz o'sishi mumkin emas.
Turli sport turlarida taktik tayyorgarlikning roli bir xil
emas. O'yin va jamoaviy musobaqalarda taktik tayyorgarlik yetakchi o'rin tutadi. Raqib
bilan aloqa qanchalik yaqin bo'lsa, taktik tayyorgarlik shunchalik qiyin va muhim
bo'ladi va mashg'ulotning boshqa barcha bo'limlari unga bo'ysunadi.
Har yili sportchining intellektiga qo'yiladigan talablar darajasi ortib bormoqda.
Intellektual qobiliyatlar o’quv jarayoniga ham, mashg’ulot jarayoniga ham (ayniqsa,

28
harakatlar texnikasini o’rgatish jarayoni, taktik usullarni o’zlashtirish va boshqalar),


hamda musobaqalardagi chiqishlar natijalariga ta‘sir qiladi. Sport o'yinlarida bu,
masalan, sportchilarning o'yin madaniyatida, texnik va taktik harakatlarni bajarish
tezligida, diqqatni jamlash darajasida, ma'lumotlarni idrok etish va qayta ishlashda,
rejalashtirilgan taktik kombinatsiyalarni qo`llash.


Yüklə 60,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə