2 mavzu: sportchining jismoniy texnik va taktik tayyorgarligi


1.3 .Texnik mahoratning mazkur ko‟rsatkichlari



Yüklə 60,42 Kb.
səhifə4/12
tarix17.12.2023
ölçüsü60,42 Kb.
#150299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Kurs ishi Umida

 

7
1.3 .Texnik mahoratning mazkur ko‟rsatkichlari 
So‘nggi 20-25 yil mobaynida dunyodagi eng kuchli sportchilarning yillik siklidagi
yuklama ko‟rsatkichlari 3-4 barobar o‟sdi.Shuning natijasida miokardning o‟ta
zo‟riqishi surunkali tus olgan sportchilarning soni ham keskin ortdi. Bu kasallik
ko‟pincha jismoniy rivojlanishida, alohida organ va tizimlari faoliyatida nuqsonlari
bo‟lgan sportchilarda uchraydi. Jismoniy tayyorgarlik har qanday yosh, malaka va sport
turiga ega bo‟lgan sportchi uchun zarur. Biroq sportchilarning jismoniy tayyorgarligi –
alohida sifatlarining rivojlanish darajasiga, funktsional imkoniyatlari hamda tana
tuzilishiga har bir sport turi o‟ziga xos talablar qo‟yadi. Shu sababdan ham u yoki bu
sport turida, har xil yosh va malakali sportchilarning jismoniy tayyorgarligi mazmuni hamda usuliyatida muayyan tafovutlar bo‟lishi tabiiy.
Kishining o‟zi shug‟ullanadigan va boshqa sport turlaridan olingan mashqlar UJT
vositalari hisoblanadi. Shuningdek, chaqqonlik va egiluvchanlikni rivojlantiradigan
mashqlarga katta o‟rin ajratiladi. Umumiy chidamlilikni rivojlantiruvchi mashqlarning hissasi kamroq bo‟ladi.Uzoq masofalarga yuguruvchilarda, aksincha, umumiy chidamlilikni rivojlantiradigan mashqlar alohida ahamiyatga ega.UJT jarayonida ularga katta o‟rin ajratiladi.Kuch mashqlari uncha katta bo‟lmagan og‟irliklar bilan, lekin
ko‟p takrorlab bajariladi. So‟ngi paytlarda sport kurashi amaliyotida va adabiyotida
―texnik-taktik mahorat‖ atamasi keng qo‟llanilmoqda. Sport kurashi texnikasi deganda
tor ma‟noda kurashchiga g‟alaba keltiradigan harakatlarni bajarishning eng oqilona
uslublari tushuniladi. Bunda kurashchilarning alohida xususiyatlaridan qat‟i nazar,
ularga xos bo‟lgan biomexanik va fiziologik qonuniyatlarga tayanadigan harakatlar
texnika asosini tashkil qiladi. Sportda taktika deganda yuqori sport natijasiga erishish va
raqib ustidan g‟alaba qozonishning hamma usullari hamda shakllari tushuniladi. Taktika
bir qator omillar kompleksidan tashkil topadi: tayyorgarlikning kuchli tomonlari va
raqib kamchiliklaridan foydalanish, texnikani egallashdagi alohida xususiyatlar,
chalg‟ituvchi harakatlar bilan raqibni aldash, bellashuvdagi qulay vaziyatlarda ta‟sirli
usullarni qo‟llash, kuchni tejamkorlik bilan sarflash, qoidalarda belgilangan
imkoniyatlarni, gilam maydonini, o‟zining morfologik hamda fiziologik qobiliyatlarini
aniq yuzaga chiqarish va h.k.

8
Texnik mahoratning mazkur ko‟rsatkichlari texnik harakatlarning juda katta zahirasi


bo‟lgan sport turlarida – sport o‟yinlari, yakkakurash turlari, gimnastika, figurali uchish
– ayniqsa katta ahamiyatga ega. Sport texnikasiga egalik qilish samaradorligi sport
harakati texnikasining individual optimal variantga yaqinligi darajasi bilan belgilanadi.
Texnikaning samaradorligini bir necha usul bilan baholaydilar: a) uni qandaydir
biomexanik etalon bilan qiyoslash. Agar texnika biomexanik jihatdan oqilona darajaga
yaqin bo‟lsa, u eng samarali hisoblanadi; b) baholanayotgan harakat texnikasini yuqori
malakali sportchilar texnikasi bilan taqqoslash; v) sport natijasini sportchining harakat
imkoniyatlarini belgilovchi texnik tomondan birmuncha soddaroq – kuch, tezlik-kuch
va h.k. topshiriqlaridagi natijalar bilan taqqoslash. Masalan, 30 m ga avval past, keyin
yuqori startdan yugurish amalga oshiriladi. Vaqtdagi tafovut pastki start texnikasi
samaradorligini ko‟rsatadi;


Yüklə 60,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə