2-mavzu tug’ma va orttirilgan va tug’ma immunitet



Yüklə 137,18 Kb.
səhifə7/8
tarix13.10.2023
ölçüsü137,18 Kb.
#127362
1   2   3   4   5   6   7   8
2-mavzu immunologiya

1973 yili Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universiteti professori L. Shetlz «Probirkadagi chaqa­loq»ni dunyoga keltirishga tayyorligini e'lon qildi. Shundan so‘ng AQSh va Vatikan cherkovlari qarshilik bildirdilar. 1977 yili zoologiya professori J. Gerdon qurbaqani klonlashtirdi.

  • 1973 yili Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universiteti professori L. Shetlz «Probirkadagi chaqa­loq»ni dunyoga keltirishga tayyorligini e'lon qildi. Shundan so‘ng AQSh va Vatikan cherkovlari qarshilik bildirdilar. 1977 yili zoologiya professori J. Gerdon qurbaqani klonlashtirdi.
  • 1977 yili butun insoniyat klonlashtirish yo‘li bilan dunyoga keltirilgan shotland qo‘zichog‘i Dollini ko‘rib, hayratga tushdi. Keng jamoatchilik klonlashtirish jarayonlari xususiyatlarini muhokama qila boshladi. Bu paytda odamni klonlashtirish ustida olib borilayotgan tajribalarga bo‘lgan munosabat to‘g‘risida bahs ketayotgan va bahs­lar quyidagi savollar bilan bog‘liq edi:
  • 1. Biz odamni klonlashtirish huquqiga egamizmi?
  • 2. Ilm-fan bunday tajribalarni o‘tkazish uchun yetarli ma'lumotlarga egami?
  • 3. Bunday tajribalarning oqibati qanday bo‘lishini hozir bashorat qilish mumkinmi?
  • Shuni ham alohida ta'kidlash joizki, ayrim xulosalar klonlashtirishni qo‘llab-quvvatlaydi:
  • 1. Klonlashtirishning foydali tomonlaridan biri, baxtsiz hodisalar tufayli jarohatlangan inson organlarini ko‘chirib o‘tkazish orqali davolash mumkinligidir.
  • 2. Klonlashtirishni rivojlantirish farzandsiz kishilarga o‘z farzandini dunyoga keltirish imkonini beradi (Rossiyada har yettinchi oila farzandsizlikdan aziyat chekadi).
  • 3. Keyinchalik klonlashtirish odamlarga genetik kasalliklarni davolashda ham katta yordam beradi. Agar xavfli genlar, ya'ni qandaydir kasallik alomatlari ota xromosomasida aniqlansa, unda otaning tuxumdoniga uning o‘z hujayrasi o‘tkaziladi. Shunda xavf­li genlardan xoli farzand dunyoga keladi.

Shu bilan birga klonlashtirishga qarshi fikrlar ham mavjud:

  • Shu bilan birga klonlashtirishga qarshi fikrlar ham mavjud:
  • Polyaklarning ilmiy-falsafiy fantast yozuvchisi Stanislav Lemning klonlashtirishning salbiy oqibatlariga bag‘ishlangan kitobi nashrdan chiqqan. Asar qahramoni Iyon Tixiy klonlashtirish yordamida o‘z egizagini yaratadi, keyin ikkinchi klon egizakni yaratadi. U o‘ziga kelganida kayutada o‘zi kabi odamlar ko‘p edi. Iyon Tixiyga o‘xshash ikkinchi, uchinchi kishilar insoniyatga juda katta xavf tug‘diradi. Tabiat tomonidan taqiqlangan harakatlarni amalga oshirgan inson o‘zini klonlashtirish or­qali nafaqat tabiatga, hattoki Xudoga ham ochiqdan-ochiq teng kelishga urinadi. Biroq insonga yangi hayot baxsh etish, yangi hujayralarni o‘z vazifalarini bajarishga tayyorlashning murakkab mexanizmini yaratish faqatgina Yaratganga xosdir.
  • Ilm-fanning rivojlanishi, uning har bir qadami o‘zi bilan yangi, ba'zan hayratomuz hollar, ba'zan iztirobli, tuzatib bo‘lmaydigan fojealarga sabab bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, misli ko‘rilmagan xavf-xatarlarga ham duchor qilyapti. Uni tarix, insoniyat kechirmaydi.
  • Atom energiyasiga ega bo‘lish insonni arzon elektr quvvati bilan ta'minlagan bo‘lsa-da, yadro quroli butun insoniyatni yo‘q qilishga qodir bo‘lgan ommaviy qirg‘in dahshatlarini keltirib chiqaradi. Klonlashtirish haqida ham shunday fikrga borish mumkin. Farzand ko‘rolmaydigan oilalar, og‘ir kasallik bilan og‘rigan bemorlar uchun bu vaziyatdan chiqish chorasi hisoblanadi. Biroq to‘laqonli yashayotgan insonlarning ko‘plab biologik «nusxa»sining dunyoga kelishiga qanday qarash mumkin? Hodisalarning bunday tus olishi, o‘zgarishi jahon mutaxassislarining jiddiyroq fikrlashini talab etmoqda.

Yüklə 137,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə