2-mavzu tug’ma va orttirilgan va tug’ma immunitet


KLONLASHTIRISH – MO’JIZAMI YOKI TANAZZUL?



Yüklə 137,18 Kb.
səhifə6/8
tarix13.10.2023
ölçüsü137,18 Kb.
#127362
1   2   3   4   5   6   7   8
2-mavzu immunologiya

KLONLASHTIRISH – MO’JIZAMI YOKI TANAZZUL?

  • KLONLASHTIRISH – MO’JIZAMI YOKI TANAZZUL?
  • Klonlashtirish atamasi ingliz tilidagi «clone», «cloning» so‘zlaridan kelib chiqqan va u hozirgi kunga kelib o‘z yozilishi, o‘qilishini biroz o‘zgartirgan. Ingliz tilida bu so‘z biologik termin sifatida yuz yillar oldin qo‘llanila boshlagan. Biroq shu qisqa davr ichida o‘z ma'nosini bir necha marta o‘zgartirishga ham ulgurgan.
  • Dastlab klon so‘zi vegetativ yo‘l bilan, ya'ni bir o‘simlik urug‘idan olingan o‘simliklar guruhiga (masalan, mevali daraxtlarga) nisbatan qo‘llanilgan. Buni o‘zbek tilida «payvandlash», «ulash» deb ham tushunish mumkin. Bu o‘simliklar o‘z «ajdod»lari qanday bo‘lsa, o‘shanday bo‘lish bilan birga yangi navlarni yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan. Keyinchalik klon deganda butun bir guruhni emas, balki guruhdagi har bir alohida o‘simlikni atashgan. Vaqt o‘tishi bilan atama ancha keng ma'noda qo‘llanila boshlandi.
  • Oradan birmuncha vaqt o‘tib, ushbu atama bakteriyalar turkumini yetishtirishga nisbatan ishlatilgan. Biologik yutuqlar shuni ko‘rsatadiki, o‘simliklar va bakteriyalarning kelib chiqishi, avlodlarning organizmi - ishlab chiqaruvchisi bilan klonning barcha genetik asoslari bir xil bo‘ladi. Keyinchalik shu yo‘l bilan olingan yoki shakllantirilgan organizmlar klonlashtirish deb atala boshlandi.

Klon va hissiy olam

  • Klon va hissiy olam
  • Qalb - inson mohiyatini, his-tuyg‘ulari va xayajonlarini o‘zida ifoda etadi. U orqali tashqi olam ne'matlarining faqat moddiy qiymati emas, balki ma'naviy jihatlar his qilinadi. U orqali bizning dunyoqarashimizga sig‘maydigan o‘zga bir olamni his qilish mumkin. Inson qalb orqali intuitiv imkoniyatlardan foydalanadi. Klonlashtirish esa xuddi organlarni ko‘chirib o‘tkazish yoki sun'iy urug‘lantirishga o‘xshaydi. Ana shu yerda klonlashtirishning mohiyati ochiladi. Odam tanasining bir bo‘lagidan aynan unga o‘xshash odamning yaratilishi qanchalik mo‘'jiza bo‘lmasin, qalb, tuyg‘u, hissiyot, ajdodlar haqidagi tasavvur kabi faqat insongagina xos bo‘lgan noyob imkoniyatlar unda mavjud bo‘lmaydi.
  • Klonlashtirishning axloqiy muammolari
  • Klonlashtirishga oid ko‘plab bahs-munozaralar mavjud. Bu mavzuning qanchalik dolzarbligiga oid qator filmlar va seriallar (masalan, «Maxfiy xujjatlar», «Kelgindilar», «Yura davri parki», «Klon»)ni misol qilib keltirishimiz mumkin. Yangi va notanish narsadan qo‘rqish insonga xos xususiyat. O‘tgan asrning 70-yillari oxirida qurbaqalarning klonlashtirilishidan so‘ng paydo bo‘lgan odamlarni klonlashtirish imkoniyatlari haqidagi qizg‘in munozaralarni hozircha esdan chiqarishgan.

Yüklə 137,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə