2-Mavzu: Umumiy psixologiya fanining tadqiqot metodlari. Reja


Biografiya (tarjimai hol) metodi



Yüklə 29,35 Kb.
səhifə4/7
tarix23.04.2023
ölçüsü29,35 Kb.
#106710
1   2   3   4   5   6   7
2-mavzu

Biografiya (tarjimai hol) metodi. Inson psixikasini tadqiq etish uchun uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti to‘g‘risidagi og‘zaki va yozma ma’lumotlar muhim ahamiyatga ega. Bu borada kishilarning tarjimai holi, kundaligi, xatlari, esdaliklari, o‘zgalar ijodiga bergan baholari, tanbehlari, taqrizlari alohida o‘rin egallaydi. Shu bilan birga o‘zgalar tomonidan to‘plangan tarjimai hol haqidagi materiallar: esdaliklari, uzgalar ijodiga bergan baholari, tanbehlari, taqrizlari alohida o‘rin egallaydi. Shu bilan birga o‘zgalar tomonidan to‘plangan tarjimai hol haqidagi materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, baholar, magnitafon ovozlari, fotolavhalar, hujjatli filmlar, taqrizlar, o‘rganilayotgan shaxsni to‘laroq tasavvur etishga xizmat qiladi.
Tarjimai hol ma’lumotlari inson psixikasidagi o‘zgarishlarni kuzatishda, uning suhbat va tajriba metodlari bilan o‘rganib bo‘lmaydigan jihatlarni ochishga yordam beradi. Masalan, mazkur ma’lumotlartorqali ijodiy xayol bilan bog‘liq jarayonlar: she’riyat, musiqa, nafosat, tasviriy san’at, texnik ijodiyotning nozik turlari va kashfiyotdagi tafakkurning o‘ziga xosligini, shaxsning ma’naviyat, qadriyat, qobliyati, iqtidor, iste’dod singari fazilatlarni o‘rganish mumkin. Inson ongining hissasi, namoyon bo‘lishi, rivojlanishi, o‘ziga xos va ijtimoiy xususiyatlari atoqli odamlar bildirgan mulohazalarda o‘z ifodasini topadi. Allomalar to‘g‘risidagi ma’ldumotlar zamondoshlari, izdoshlari, safdoshlarining ta’rifu tavsiflari orqali avloddan avlodga o‘tadi.
Biografik ma’lumotlar odamlarning o‘zini o‘zi tarbiyalashi, nazorat qilishi, iroda etishi, o‘zining uslubini yaratishi, kamolot cho‘qqisiga erishishi jarayonida na’muna vazifasini o‘taydi.
Anketa metodi. Umumiy psixologiya fanida eng qo‘llaniladigan metodlardan biridir. Uning yordamida turli yoshdagi va kasbdagi odamlarning psixologik xususiyatlarini, narsa va hodisalarga munosabati o‘rganiladi.
Anketa, odatda, uch xil tuziladi. Ularning birinchi xili anglashilgan mottivlarni aniqlashga mo‘ljallangan savollarni aniqlashga mo‘ljallangan savollardan tuziladi. Ikkinsi hilida har bir savolning bir nechtadan tayyor javoblari beriladi. Uchinchi xil anketada sinaluvchiga yozilgan to‘g‘ri javoblarni ballar bilan baholash tavsiya etiladi va shkalali anketa deb ataladi. Anketadan turli yoshdagi va kasbdagi odamlarning layoqatlarin, muayyan sohaga qiziqishlari va qobiliyatilarini, o‘ziga, tengdoshlariga, hamkasblariga, katta va kichiklarga munosabatlarini aniqlash maqsadida keng ko‘lamda foydalaniladi. Tarqatilgan anketalar yig‘ishtiriladi va elektron hisoblash mashinalarida hisoblab chiqiladi, atroflicha miqdoriy tahlil qilinadi, so‘ngra tadqiqotga yakun yaasalib, ilmiy va amaliy yo‘zsinda xulosalar chiqariladi. Anketa metodi inson psixologiyasini o‘rganish uchun boy material to‘plash imkonini beradi. Lekin unda olinadigan ma’lumotlar doimo zolisona xususiyatiga ega bo‘lavermaydi.

Yüklə 29,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə