2 Menejer va yetakchi Menejerning uslubi va imidji



Yüklə 236 Kb.
səhifə16/20
tarix26.02.2022
ölçüsü236 Kb.
#84148
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
2 Menejer va yetakchi Menejerning uslubi va imidji

Menejerning imidji - bu uning obrazi, ushbu menejerning unga alohida o'ziga xoslikni beruvchi va uni bir qator boshqa rahbarlardan ajratib turuvchi farqlanuvchi va mutloq ta'riflari haqidagi mustahkam tasavvurdir. Imidjning asosini ishning maqsadga qaratilgan holda tashkil qilinayotgan va qo'llab quvvatlanayotgan uslubi va menejerning shaxslararo munosabatlari va rasmiy atributlari (belgilari) tashkil qiladi.

"Imidj" inglizcha so'z bo'lib, "obraz", "shuhrat"ni bildiradi. Bu kimningdir, nimaningdir ommaviy ongda vujudga kelgan va sterotip xarakterga ega bo'lgan hissiyotli bo'yalgan obrazidir. O'zining imidji haqidagi g'amxo'rlik bu uni odamlar ongida gavdalanishi, o'zini o'zi eng yaxshi tanishtirishdir.

Imidj tushunchasi personifikatsiya (gavdalantirish, tasvirlash)ga yaqinroq bo'ladi, ammo o'zining ichiga shaxsning nafakat tabiiy xususiyatlarini, balki maxsus yaratilganlarini ham oladi. Bundan tashqari, u odamning tashqi qiyofasi va ichki dunyosi haqida, uni psixologik turi haqida gapiradi.

Kasbiy imidjni olish ishbilarmon kishi, yetakchi uchun birdan bir maqsad emas. Ammo unga ega bo'lish unning g'oyatda muhim shaxsiy va kasbiy ta'rifini tashkil qiladiki, bu chukur amaliy ma'noga ega.

"Imidj" tushunchasining ma'nosi har xil yig'ilganlardan vujudga keladi. Uning eng muhim qismi ahloqiydir. Gap shundaki, ahloqli odam insoniy tajriba tomonidan tekshirib chiqilgan ahloqiy nasihatlar bo'yicha yashash zarurligini his qiladi, ahloqsiz esa hamma vakt shaxsiy ehtiroslari va ehtiroschalarining asiri bo'ladi va uning ideali - hamma narsaga yo'l qo'yilganlikdir.

Bizning jamiyatimizga o'zini o'zi hammadan avval ma'naviy takomillashti rishga qodir ahloqan ishonchli menejer zarur. Uning e' tiborini insoniyat madaniya tining barcha boyliklarini qamrab olishi kerak, ya'ni u keng gumanitar bilimlarga ega bo'lishi kerak.

Imidjni shakllantirishning asosiga qo'yidagi tamoyillar qo'yilishi mumkin:


Takrorlash tamoyili inson xotirasining xususiyatlariga suyanadi: takrorlanuv chi axborotlar esda yaxshi qoladi. Odamlarga qabul qilingan xabarni o'ziniki qilish uchun vaqt kerak bo'ladi. Ko'p martalab takrorlash esa odam ruhiyatini moslash tiradi.

Ta'sirni uzliksiz kuchaytirish tamoyili isbotlangan va tuyg'uli murojaatni o'stirilishini asoslab beradi, masalan: "Bu faqat Siz uchun" yoki "Men Siz uchun" va h.k. Harakatlarni asta-sekin o'stirilishi ijobiyroq qabul qilinadi. Ammo asta-sekin, portlovchi emas. Bu shuning bilan bog'liqki, insonning sensorli (sezgi) apparati axboratlarni shovullashiga qarshilik qiladi.

Axborot mumkin bo'lganning chegarasidan o'tish bilan qabul qilish kanallarini to'silishi va kelib tushgan axborotlarni qayta ishlab chiqilishi sodir bo'ladi. Ta'sir qilish harakatlarini asta-sekin va uzluksiz o'stirilishi istalgan siljishlarga olib keladi.

"Ikkiyoqlama chaqiruv" tamoyili xabar nafakat va shunchaki aql bilan qabul qilinishini bildiradi. Ongsizlik bilan qilingan ruhiy jarayonlar, inson ruhiyatining tuyg'uli sohasi muhimroq rolni o'ynaydi.

O'zining rolini o'ynashi uchun imidj odamlar e'tiborini o'ziga tortishi, ularning faolligini kerakli yo'nalishga yo'naltirishi, keyin esa inson hulqini boshqarishni amalga oshirishi kerak.

Imidjning odamlarga ta'siri AIDA formulasi bo'yicha sodir bo'ladi, bu yerda A (attention inglizcha "e'tibor, e'tiborni jalb qilish; I (interest)-imidjga sho'baiqishni o'yg'otish; D (demand inglizcha "talab", "ehtiyoj") - harakatni amalga oshirish ehtiyojini o'yg'otish; A (action) -harakatlarni bajarishga undash. Bunda imidjni namoyish qilish yordamida odamlar hulqini bosqichma bosqich boshqarishning sxemasi quyidagicha: e'tiborni jalb qilish-sho'baiqishni uyg'otish-ehtiyojni yaratish- o'chakishtirilgan harakat.

Imidjni yaratishda har xil namunalar asos qilib olinadi. Tadqiqotchilarning ta'kidlashlaricha, yaratilgan taassurotning 92% odamning qanday ko'rinishi va "sado berishiga" bog'likdir. Shuning uchun ko'pgina siyosatchilar va menejerlar akterlik savodsizligini tugatishni, quyidagilarni o'rgana turib o'zlashtiradilar.


  • tabassum qilish san'ati;

  • tovushni qo'yish;

  • imo-ishoralar, mimika va gavdani tutish texnikasi.

Bunda imidjmeykerlar - imidjni shakllantirish bo'yicha mutaxassislar yordam beradilar. Bizning mamlakamizda yetakchining imidji qurilmaydi, balki unga joylashtiriladi. Imidj-meykerlar rahbarda mavjud imkoniyatlarni yoniga qurish tartibida ishlaydilar, chunki bizning ko'pchilik yetakchilarimiz ular hammaga yetadi gan harizmani ulashib olganmiz deb hisoblaydilar. Rahbarning o'z imidjini shakllan tirishdagi roli imidjmeykerlarga iloji boricha yordam berishi, ularga to'lik ochiqlik bilan ko'maklashish, ularning tavsiyalarini o'z harakatlarining dasturi sifatida qabul qilishda iborat bo'lishi kerak.

Ko'pgina hollarda menejerning imidji bu aniq vaziyatda uddaburonlik bilan o'z yo'lini topish va shuning uchun hulq modelini to'g'ri tanlashning natijasidir.



Menejer o'zining, ammo albatta madaniyatlashtirilgan uslubi, oliyjanob obrazi, tadbirkorning, nafaqat muvaffaqiyatni yarmini, balki faoliyatdan doimiy ravishda qanoatlanishini qafolatlaydigan imidjiga ega bo'lishi zarur. Madaniy va muvaffa- qiyat li bo'lishni istagan menejer quyidagilarga rioya qilishi kerak:

    • Va' dani muddatida bajarish. Agar bajara olmasa, bahona qilish emas, balki yangi muddatni belgilash va mayli kechikib bo'lsa ham, o'zi so'zining ustidan chiqish;

  • "foydasiz" takliilarga e'tiborli va ob'yektiv bo'lish;

  • keraksiz takliilarni odob va muloyimlik bilan rad qilish;

  • o'ziga ishongan bo'lish, ammo katta ketishdan qochish;




  • qabul qilingan keraksiz qaror uchun javobgarlikni qo'l ostidagilarga, agar bu ularning huquq doiralariga kirmasa yoki ular sizdan tegishli vazifa yoki tavsiya olmagan bo'lsalar, yuklamaslik;

  • qo'l ostidagilarni xira qilib emas, to'g'ri tarbiyalash, ularning unumli mehnati va tashabbusini rag'batlantirish;

    • hech qachon sizning fikringiz va nuqtai nazaringiz hamma vaqt ham yaxshi bo'lmasligini, mutloqo yomon bo'lmagan boshqa fikrlar va nuqtai nazarlar borligini esdan chiqarmaslik;

    • muvaffaqiyatsizlik, uzilish va xatoning hech bir holini sinchiqlab tahlil qilmasdan qoldirmaslik;

  • ishda uchta "maslik": jaxl chiqmaslik, sabr-toqatni yo'qotmaslik, sho'baishib ketmaslikka amal qilish;

    • o'zini kechikishi yoki tadbirni tayyorlanmaganligi uchun ishni boshlanishini kechiktirish sheriklar, qo'l ostidagilarga nisbatan hurmat-sizlikning yuqori darajasidir;

    • odamlarning kamchiliklariga, agar bu kamchiliklar biznesga halaqit bermasalar, chidamli bo'lish;

  • shuni esdan chiqarmaslik kerakki, odamni nafaqat so'z bilan haqoratlash mumkin, imo-ishoralar, mimika, gavdaning turishi ham ifodaliroq bo'ladi;

    • odamning ishga doir sifatlariga, ayniksa sizning u bilan muno-sabatingiz yomon bo'lsa, adolatli bo'lish;

  • iqtidorli xodimlardan qo'rqmaslik;

  • xodimlarga tashkilotning maqsadlariga erishish uchun ko'proq erkinlik berish;

  • odamlar oldida maqtash, yakkama yakka qolganda qoyimoq;

  • inson uchun kamsitishdan keskinroq va og'riqroq hech narsa yo'qligini esdan chiqarmaslik.

  • U unitilmaydi va kechirilmaydi; eshitishni bilish, cheksiz sabr-toqatga ega bo'lish.



Yüklə 236 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə