2-Modul. Loyiha tahlili konsepsiyasi


 Loyiha tahlili tuzilmasi



Yüklə 184,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix27.04.2023
ölçüsü184,3 Kb.
#107123
1   2   3   4
2 мавзу ИЛТ 3 курс

 
2.4. Loyiha tahlili tuzilmasi. 
 
Loyiha tahlilida daromadlar va xarajatlar kuyidagi 7 nuqtai nazardan turib baholanadi va 
ular loyiha tahlilining 7 bo‘limini tashkil etadi. 
1.
Texnik tahlil: loyiha texnik jihatdan asoslanganmi? 
2.
Tijorat tahlili: loyiha mahsulotiga bozorda talabbormi? 
3.
Moliya: moliyaviy jihatdan loyiha yaroklimi? 
4. Loyihaga qilingan xarajatlar undan foydalanuvchi(iste’molchi)lar hisobiga qoplanadimi ? 


5.
Ekologiya: loyiha atrof-muhitga kanday ta’sir ko‘rsatadi? 
6.
Institutsional rivojlanish: loyiha uchun mas’ul bo‘l-gan tashkilotlar uni amalga oshirish va 
ekspluatatsiya kilishgaqodirmilar? 
7.
Loyihaning ijtimoiy va madaniy talablarga mosli-gi: loyiha mahalliy sharoitlarga 
moslanganmi? Loyiha aho-lining ayrim guruhlariga ta’sir ko‘rsatadimi ? 
8.
Iqtisod: loyihaning ijobiy natijalari uni amalgaoshirish va ekspluatatsiya qilish xarajatlaridan 
ortiqmi ?Loyihada tavakkalchilik darajasi qanday ? 
Loyiha tahlilining har bir bo‘limi o‘z uslubiga ega hamda ko‘rilayotgan xarajat, daromad 
yoki boshqa omillar xarakteriga ko‘ra miqdor yoki sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi foydalani-
ladigan axborot hajmi o‘zgarib turadi. Hatto tahlilning miq-doriy jihatlariga tegishli bo‘lgan 
moliyaviy loyihalar ham pro-gnozlashga xos bo‘lgan noaniqlik omillaridan kelib chiquvchi sifat 
elementlariga ega. YA’ni loyiha tahlili loyihaning ke-lajak holatlar to‘g‘risidagi fikrlarning 
o‘zgarishiga ta’sir-chanligini hisobga ola bilishi kerak. 
2.5. Davlatning iqtisodiy faoliyati va investitsiya loyihalari.
Loyiha tahlilining turli bo‘limlari doirasidagi tadqi-qotlar loyihaning o‘zaro kelishio 
olingan vazifalaridan ke-lib chiqib olib borilishi lozim. Ko‘pincha bu vazifalar, hududdagi 
mahalliy sharoitlar loyihani amalga oshirishga ko‘rsatadigan ta’sirni hisobga olgan holda alohida 
sektorlarni rivojlantirish dasturlarini aks ettiradi. Bu vazifalar xa-rakteriga, shuningdek
quyidagilar ham ta’sir ko‘rsatadi:
• turli tadbirlarni o‘tkazishni kimga (davlat yoki xususiy sektorga) topshirish to‘rrisida 
jamiyatning xohish-irodasi.
•davlat loyihalari oldiga qo‘yilgan maqsadlar bo‘yicha ijtimoiy guruhlarning o‘zaro kelishuvga 
erishishiga yordam be-ruvchi jarayonlar.
Ilmiy tadqiqotlar yakunlari hamda to‘plangan tajriba shuni ko‘rsatadiki, davlatning faolliligi 
ko‘lamlarini qis-qartirish hamda davlat dasturlarini xususiy iqtisodiy fao-liyat uchun qulay 
siyosiy sharoitlar yaratishga yo‘naltirish foy-daliroq bo‘lar ekan. Bozor iqtisodiyotiga ega 
davlatlarda ham, shuningdek, sobiq sotsialistik davlatlarda ham siyoeatchilar va iqtisodchilar 
davlatning nafaqat bevosita davlat korxona-lari faoliyatidagi roliga, shu bilan birga davlat 
aa’anaviy ishtirok etib kelgan infratuzilma va ijtimoiy xizmatlar sohasidagi roliga ham ikkilanish 
(shubha) bilan karashadi.
Xususiy sektorning bu sohalarda ishtirok etish uchun intilishiga bosh sabab menejerlar 
shaxsan javobgar bo‘lgan sha-roitda ob’ektlar faoliyati samaradorligini oshirish imkoniya-ti 
mavjudligi hisoblanadi. Xususiy investorlar maishiy xiz-matlarga muvaffaqiyatli jalb qilingan 
hollarda moliyaviy resurslarga ega bo‘lish imkoniyatlari kengayishidan ham ma’lum ma’noda 
manfaatdorlik kelib chiqadi.
Puxta o‘ylangan makroiqtisodiy siyosat yuritayotgan mam-lakatlarda investitsiyalangan 
kapitallardan keladigan daro-mad ancha yuqori. Iqtisodiyotdagi xatoliklar nisbatan katta 
bo‘lmagan mamlakatlarda investitsiyalardan keladigan samara 10%dan ancha ortiq va 20%gacha 
hamda undan ham ko‘proqqa eta-di. Noto‘rri makroiqtisodiy siyosat yuritayotgan ^shuningdek, 
valyuta mukofoti yuqori bo‘lgan) mamlakatlarda investitsiya-lardan keladigan samara (qaytim) 
bor-yugi 10% ga etadi va ko‘pincha undan ham past bo‘ladi.
Makroiqtisodiy siyosatni to‘g‘ri va noto‘g‘ri olib borayotgan har ikkala guruh 
davlatlarida 
ham 
xususiy, 
ham 
davlat 
investi-siyalaridan 
olinadigan 
foyda 
jami 
investitsiyalarning milliy hajmidagi davlat investitsiyalari ulushiga mutanosib tarzda o‘z-garadi. 
Davlat investitsiyalari ulushi past bo‘lgan sharoitda investitsiya samarasi (qaytimi) yuqori 
bo‘lishi, bu ulush 40% gacha va undan yuqori bo‘lsa keskin pasayib ketishi kuzatiladi.
Kuzatilgan bu ikki qonuniyat ham davlat faoliyatini o‘zgartirish ya’ni makroiqtisodiy 
xatoliklarni qisqartirish va iqtisodiy faoliyatda davlat rolini pasaytirish maqsadga muvofiq 
ekanligini ko‘rsatadi. Bir vaqtning o‘zida xususiy sektorning makroiqtisodiy siyosat 


maqsadlarini belgilashda hamda loyihalarda ishtiroki kengaytirilgandagina bunday o‘z-
garishlardan yutuqqa erishish mumkin. 
Davlat loyihalarini tanlashda hal qiluvchi ovozga ega bo‘lgan takdirda ham, xususiy 
investitsiyalarni avtomatik tar-zda siqib chiqarmasligi lozim. 
Xususiy kapital ishtiroki uchun sharoitlarni yaxshilash zarurati loyihalarni kim amalga 
oshirishi kerakligi hamda xususiy kapital ishtiroki ko‘zda tutilgan loyihalarni kim ishlab chiqishi 
kerakligi to‘g‘risida so‘rov o‘tkazishni, shuning-dek, mavjud davlat tuzilmalari va siyosati 
iqtisodiyotning yangi sektorlarga xususiy kapitalni kiritishga qay darajada yordam berishi yoki 
to‘sqinlik qilishini ko‘rib chiqish zarur. 
Loyiha maqsadi, tahlil chizmasi va rejalashtirish barcha manfaatdor tomonlarning 
hamkorligi jarayonida muntazam muvo-fiqlashtirib borilsagina, davlat ixtiyorida qolgan 
loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin. Bu manfaatdor tomonlar jumlasiga loyiha 
tufayli zarar ko‘ruvchilar ham, foyda oluvchilar ham, loyihani amalga oshirish va ekspluatatsiya 
qilish uchun mas’ul bo‘lgan tashkilot xodimlari ham, shuningdek, davlat boshqaruv idrralari
siyosatchilar hamda moliyachilar ham kiradi. 
Loyiha vazifalari va ko‘lamini belgilash uchun hamda loy-ihani tayyorlashda, 
boshqarishda, ishlab chiqarish grafigini o‘rna-tishda turli guruhlarning rolini va mas’uliyatini 
aniqlash uchun bu guruhdar ishtirokida (hamkorligida) rejalar ishlab chiqish jarayonidan tobora 
ko‘p foydalanilmoqda. Loyiha tahlilining etti bo‘limi loyihaning barcha jihatlarini har 
tomonlama baho-lash imkonini beradi. Bunga, shubhasiz, loyiha tahlili jarayoni-da hamkorlik 
qilayotgan guruhlar tarkibi ham ta’sir ko‘rsatadi. 
Loyihalarn» rejalashtirishga bunday yondashuv ikki to-monlama ustunlikka ega. Biriichidan 
loyihalar hamkorlikda rejalashtirish o‘zaro kelishuvga erishishga yordam beradi hamda 
ishtirokchilarni loyiha maqsadlari va vazifalariga tarafdor-liklarini ta’minlaydi. Tajriba shuni 
ko‘rsatadiki, bunday re-jalashtirilgan loyiha muvaffaqiyatli va yashovchan bo‘ladi. 
Ikkinchidan, turlicha manfaatlarga ega bo‘lgan ishtirok-chilarning jalb qilinishi ekspertlar 
guruhlari o‘rtasida loy-iha xarajatlari va natijalarining nisbiy qiymati to‘g‘risi-dagi tortishuvlarga 
nisbatan samaraliroqdir. 
Iqtisodiyotni rivojlantirishning turli loyihalari shunday natijalarga olib keladiki, ularni ob’ektiv 
baholab bo‘lmaydi (masalan, hayvonot turlarining yo‘qolib ketishi). Agar rejalash-tirish 
jarayoniga manfaatdor tomonlar, kerak bo‘lsa, mahalliy aholi va xalqaro jamiyat jalb etilsa, ilgari 
echilishi gumon bo‘lgan muammolarni echish uchun ham imkon topilishi mumkin. 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
1.
Loyihaning asosiy elimentlari nimalardan iborat? 
2.
Loyihalarning asosiy xususiyatlarini tushuntirib be-ring. 
3.
Loyiha hayot davri bosqichlariga izoh bering. 
4.
Loyiha tahlilining mohiyati nima va vazifalariganimalar kiradi? 
5.
Loyiha tahlili jihatlari va tuzilmasini tushunti-ring. 
6.
Loyihalarda davlat ishtiroki qaysi shakl va yo‘na-lishda bo‘lishi maqsadga muvofiq? 

Yüklə 184,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə