2. Suzish texnikasining nazariy asoslari. Suzish qoidalari


Suv muhiti bilan tanishtiruvchi mashg’ulotlar



Yüklə 60,19 Kb.
səhifə3/4
tarix22.03.2024
ölçüsü60,19 Kb.
#181948
1   2   3   4
Mavzu Suzish bo`yicha musobaqalarni tashkil etish va o’tkazish-fayllar.org

Suv muhiti bilan tanishtiruvchi mashg’ulotlar

Bunday mashg’ulot odatda, besh bosqichda: basseyn yoki ochiq suv havzasining eng sayoz, suvning oqim tezligi minutiga 10 m dan oshmagan, suv harorati 25-28°S (yozda 18-24°S)dan past bo`lmagan maskanda olib boriladi. Ma`lumki, suzishni bilmagan odam hech qachon suv bilan tanishmay turib, suzishni o`rganib keta olmaydi. Shuning uchun suzishga o`rgatishda yuqoridagi bosqichlarga asoslanish zarur.


Jadvallardan ko`rinib turibdiki, mashqlar asta-sekin murakkablashib borgan. Chunki suv bilan tanishuvda har bir bosqichdagi mashqlar oldiga ma`lum maqsad va vazifalar qo`yilgan. Masalan:
I bosqichda yurish va yugurish mashqlarini o`tishdan maqsad bolalarni basseynning chuqurligi bilan tanishtirish, oyoq ostida tayanch borligiga ishonch hosil qilish va suvdan cho`chimaslikka o`rgatishdir. Qo`llarni har xil holatda tutib yurishda esa suvning qarshiligini his etish, qo`llar bilan eshish harakatini bajarganda suvda yengil va tez yura olishni sezishga o`rgatish kerak bo`ladi. Bir- biriga suv sepishda esa suvning tomchilaridan, sakraganda esa suvda sirpanib ketishdan cho`chimaslikka o`rgatiladi.
  1. bosqichda asta-sekin suvdan cho`chimaslikka, suv yuzida gavdaning ma`lum vaqtgacha qalqib tura olishi, so`ng oyoq qismlar nima uchun cho`ka boshlashi tushuntiriladi.


Anatomiyadan ma`lumki, og’ir suyaklar, ya`ni chanoq, son va boldir suyaklari asosan odamning bel qismidagi pastda joylashgan. Gavdaning yuqori qismida esa tog’aylar va yengil a`zolar joylashgan.


«Po`kak» mashqini bajarganda chuqur nafas olib, g’ujanak bo`lib tizzani quchib tursak, xuddi po`kak, koptok yoki shar singari suv yuziga qalqib chiqish mumkin.
«Meduza», «Yulduzcha» mashqlarida ham chuqur nafas olinsa, (ko`krak qafasi kengayadi, ammo tana vazni oshmaydi), ma`lum vaqtdan so`ng oyoq uchlari cho`kib, odam asta-sekin vertikal holatga kelib qoladi. Demak, odam gavdasi quyi qismining solishtirma og’irligi ko`krak qafasi joylashgan yuqori qismining solishtirma og’irligidan ortiq.
  1. bosqichda suvda bolalarni sirg’anish va gavda muvozanatini saqlashga o`rgatiladi. Chunki sirg’anishni to`g’ri bajargan bolalar sportcha suzish usullari texnikasini tez o`rganadilar. Bu esa keyinchalik start va burilish paytlarida masofadan yutishga yordam bedadi. Masalan, 25 metrli basseynda 50m suzish kerak deylik, bunda bolalar startdan chiqqanda 5-6 metr sirg’ansalar, katta yutuqqa erishgan bo`ladilar.



Vaznining solishtirma og’irligi o`rtacha bo`lgan kishilarga o`z muvozanatini suvda saqlash oson bo`lsa, gavdasi og’ir kishilarga qiyin bo`ladi. Ko`pchilik odamlar gavdasining gorizontal holatini faqat sirg’anish orqali saqlashadi, depsinganda olingan sirg’anish tezligi pasayishi bilan oyoqlar sekin-asta suvga bota boshlaydi. Suv yuzasida yotgan odam siljimasdan turib, muvozanat saqlab turgan paytda gavdaning biror joyini o`zgartirmoqchi bo`lsa, muvozanati buziladi. Chunki bosim markazining holati og’irlik markaziga nisbatan o`zgaradi.
Suzuvchi sirg’anish mashqida depsinib, gavdasi bilan suv sathida cho`zilib yotadi, ko`p kuch sarflamasdan oldinga asta siljiy oladi. Tabiiyki, gavdaning erkin
holati boshni qanday tutishga va o`pkaning havo bilan to`lish darajasiga bog’liq bo`ladi. Bosh ortiqcha ko`tarib yuborilsa, gavda muvozanati buziladi, bunda oyoqlar pastga tushadi va yelka-bo`yin muskullari taranglasha boshlaydi. Natijada, odam yaxshi suza olmaydi. Demak, suvda sirg’anish mashqlarini to`g’ri bajarish zarur.
1-mashq. Suvda (belgacha chuqurlikda) ikki oyoqlab qattiq depsining (albatta, chuqur nafas olib), suv yuzasida cho`zilgancha ko`krakda yoting, qo`llar oldinda, bosh qo`llar orasida bo`lsin, oyoqlar uchini ichkariga sal bukib sirg’aning. 2-mashq. Chalqancha yotgan holatda sirg’anish. Ko`krakkacha suvda turib, qo`llarni yuqori ko`taring, chuqur nafas oling, nafasni tutib, orqaga suv tagidan depsinib, sirg’anib chalqancha yoting. Bosh tepaga qaragan: oyoqlar birlashgan, uchlari cho`zilgan bo`ladi. Mashqlar basseyn devoridan itarilib, bir necha marta
takrorlanadi va kim uzoqroqqa sirg’anish o`ynaladi.

Yüklə 60,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə