2. Suzish texnikasining nazariy asoslari. Suzish qoidalari



Yüklə 60,19 Kb.
səhifə4/4
tarix22.03.2024
ölçüsü60,19 Kb.
#181948
1   2   3   4
Mavzu Suzish bo`yicha musobaqalarni tashkil etish va o’tkazish-fayllar.org

Suzish usullari

Yuqorida aytib o`tilganlardan ma`lum bo`ldiki, har qanday sportdagi suzish texnikasi ma`lum qoidaga asoslangan harakat va holatlar majmuasidan iborat ekan. Bu harakat va holatlar asosan beshta bo`lib, bular: 1) gavda holati; 2) oyoqlar harakati; 3) qo`llar harakati 4) nafas; 5) harakatlarning umumiy uyg’unlashuvidan iborat. Har qanday sportdagi suzish usullarining negizi deyarli shularga asoslanadi. Shulardan kelib chiqib, butun suzish usullarini ikki guruhga bo`lish mumkin. 1. qo`l va oyoqlarni navbatma-navbat harakatlantirib suzish. Bunga: a) ko`krakda krol’ usulida suzish va b) chalqancha krol’ usulida suzish kiradi; 2. qo`l va oyoqlarni bir vaqtda harakatlantirib suzish. Bunga: a) brass usulida suzish va b) batterflyay usulida suzish (buni del’fincha suzish ham deyiladi) kiradi (del’finlarning suzishini ko`z oldingizga keltiring). Yonboshlab suzish sportda o`z ahamiyatini yo`qotgan. U ba`zi o`yinlarda va maxsus talab qo`yilgan paytlarda qo`llaniladi, xolos. Endi bularga alohida-alohida to`xtab o`tamiz.


Ko`krakda krol’ usuli



Haqiqiy sportcha suzish taxminan XIX asr oxirlaridan boshlab yuzaga kelgan. Ungacha suzish uzoq tarixiy bosib o`tgan bo`lsa ham, xalqaro musobaqa shartlari asosida muayyan usullarda sportcha suzish shunga to`g’ri keladi. U paytlarda tredjen usuli (qisqa masofada) va brass usuli (uzoq masofada) ommalashgan bo`lgan. Tredjen usulida suzuvchi qo`llari bilan navbatma-navbat harakatlar qilgan — xuddi krol’ usulidagidek, ammo oyoqlari bilan qaychidek harakatlar qilgan, nafas olish ixtiyoriy bo`lgan. Ammo asrimizning boshlaridan boshlab o`sha zamonlarda keng tarqalgan bu usul o`rnini ko`krakda krol’ usulida suzish egallay boshladi. 1904-yilgi Sent-Luis (AQSH)dagi III Olimpiadada Z. Xalman (Vengriya) 50 va 100 yard masofalarga birinchi marta ko`krakda krol’ usulida suzib oltin medallarni qo`lga kiritdi. Shundan keyin bu usul yanada ommalasha bordi. Bir-biriga o`xshash har xil ko`rinishlari paydo bo`ldi. Masalan, keyingi olimpiada o`yinida avstraliyalik suzuvchilar ko`krakda krol’ usulida suzishning yangi turi bilan qatnashdilar va ko`pchilik sportchilar diqqatini o`zlariga tortdilar. Chunonchi, ular suvda boshlarini baland tutgan holda qo`llarini tirsakdan bukib, qisqa-qisqa eshish harakatlarini bajarar, oyoqlarini tizzadan bukib, panjalari bilan suvga qattiq depsinib olg’a siljir edilar. bilan
Yüklə 60,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə