2. Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi fanining predmeti. Tarbiya jarayonining ijtimoiy ahamiyati



Yüklə 43,29 Kb.
səhifə5/7
tarix29.05.2023
ölçüsü43,29 Kb.
#113822
1   2   3   4   5   6   7
TARBIYA FANINI O\'QITISH TARBIYA TRENINGLARI ASOSIDA FAOLIYATINI TASHKIL ETISH

Mehnat tarbiyasi. Mehnat tarbiyasi oldida turgan asosiy vazifa o‘quvchilarga mehnat ta’limiga oid ilmiy bilimlar berish, mehnat qurollari bilan muomala qilishga o‘rgatib, hayotga, ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlashdir. Bu vazifalarni ikki turkumga ajratish mumkin. Birinchidan, mehnatga bo‘lgan munosabat jarayonidagi zarur bilim va ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi. Yoshlarda xalqi, vatani manfaati yo‘lida mehnat qilish xohishini tarbiyalab, mehnatga hayotiy zarur faoliyat deb qarashlarini tarkib toptirishga erishiladi. Ikkinchidan, guruh vazifalari, mehnat faoliyatini bajarish jarayonida zarur bo‘ladigan bilimlar o‘zlashtiriladi, fan asoslari, politexnik ta’lim o‘rganiladi. Mehnat tarbiyasi tushunchasi umumiy bo‘lib, bu tushuncha bir qancha xususiy tushunchalarni o‘z ichiga oladi.
Birinchisi, politexnik ta’lim —bu ishlab chiqarishning barcha sohalariga taalluqli bo‘lgan ilmiy asoslarni va prinsiрlarni, mehnat ko‘nikma va malakalari, oddiy mehnat qurollari bilan muomala qilish kabilarni o‘zlashtirishni taqozo qiladi.
Ikkinchisi, bu — umumiy mehnat. Umumiy mehnat o‘quvchilarni mahsulot ishlab chiqariladigan faoliyatga jalb etishni taqozo qiladi.
Uchinchisi, ijtimoiy-foydali mehnat. Bu mehnat turi ko‘pchilik foydasiga ishlashni nazarda tutadi (temir-tersak, makulatura yig‘ish, sinf, maktabni ta’mirlashga yordam berish, maktab uchastkasida ishlash).
To‘rtinchisi, o‘z-o‘ziga xizmat qilish. U maishiy xizmat turiga kirib, sinf, maktab ozodaligini saqlash, ish joyini, kiyim-kechagi, o‘quv qurollarini ozoda, tartibli saqlashni nazarda tutadi.
Beshinchisi, uy mehnati, bu ham maishiy mehnat turiga kirib, uyda ozodalikka rioya qilishni, ota-onaga uy ishlarida yordam berishni taqozo qiladi.
Jismoniy tarbiya. Jismoniy tarbiya shaxsni har tomonlama rivojlantirish tizimidagi o‘z vazifasini bajarish bilan birga, u quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishga qaratilgan: salomatlikni mustahkamlash, inson organizmini chiniqtirish va o‘quvchilarning jismoniy rivojlanishiga yordam berish; harakat ko‘nikmalarini va malakalarini shakllantirish hamda takomillashtirish; o‘g‘il bolalarni armiya safariga tayyorlash; badantarbiya va sportning mohiyati hamda ijtimoiy roli haqidagi ma’lumotlardan xabardor qilish. Jismoniy tarbiyaga, ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgandan buyon davlat darajasida ahamiyat berilmoqda. Jismoniy tarbiya va sport ishlariga hukumatimiz tomonidan katta g‘amxo‘rlik qilinmoqda.

Yüklə 43,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə