2. Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi fanining predmeti. Tarbiya jarayonining ijtimoiy ahamiyati



Yüklə 43,29 Kb.
səhifə6/7
tarix29.05.2023
ölçüsü43,29 Kb.
#113822
1   2   3   4   5   6   7
TARBIYA FANINI O\'QITISH TARBIYA TRENINGLARI ASOSIDA FAOLIYATINI TASHKIL ETISH

Estetik tarbiya. Hayotda tabiat go‘zallikning manbasidir. U estetik tuyg‘ularni, bolalarning kuzatuvchanligini va tasavvurini rivojlantirish uchun juda boy material beradi. Bundan tashqari, san’at ham estetik tarbiya vositasi hisoblanadi. San’at orqali estetik tarbiyalash pedagogikada badiiy tarbiya deb ataladi. U quyidagi metodlardan foydalangan holda olib boriladi:
1. Badiiy asarlarni namoyish qilish va ijro etish.
2. Badiiy asarlarni tahlil qilish va baholash.
3. San’atshunoslik bilimlaridan xabardor qilish, san’atning har xil turlarini — ifoda vositalari, tarixi va nazariyasini xarakterlovchi muayyan ma’lumotlar jamg‘armasiga ega bo‘lish zarur.
4. Badiiy faoliyatining xilma-xil shakllarida mashqlar o‘tkazib, ijodiy qobiliyatlarni, mustaqil tasvirlash ko‘nikmalari va malakalarini rivojlantiradi.
Nafosat tarbiyasi (estetik tarbiya lotincha „estezio“ —go‘zallikni his qilaman) —o‘quvchilarni voqelik, tabiat, ijtimoiy va mehnat munosabatlari, turmush go‘zalliklarini anglash, idrok etish va to‘g‘ri tushunishga o‘rgatish, ularning badiiy didini o‘stirish, ularda go‘zallikka muhabbat uyg‘otish, ular tomonidan go‘zallikni yaratish qobiliyatlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon. Nafosat tarbiyasi „badiiy tarbiya“ sifatida ham qo‘llaniladi. Umuman, nafosat tarbiyasi keng ma’noga ega bo‘lib, faqat san’at vositasidagina emas, balki hayot, mehnat, ijtimoiy munosabatlar, tabiat va boshqalar vositasida go‘zallikni his qilishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatni o‘z ichiga oladi. Badiiy tarbiya esa, san’at (adabiyot, musiqa, qo‘shiq, tasviriy va san’atning boshqa yo‘nalishlari) vositasida shaxsda estetik his-tuyg‘ ularni shakllantirishni nazarda tutadi. Nafosat tarbiyasi insonda go‘zallikni his qilish tuyg‘usining shakllanishiga yordam beradi, uni rivojlantiradi. Inson doimo o‘z hayotini go‘zallik asosida qurishga intiladi. Nafosat tarbiyasi axloqiy, aqliy, huquqiy, ekologik, jismoniy va mehnat tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Tabiat, adabiyot, teatr, musiqa, she’riyat, tasviriy san’at va boshqalarga bo‘lgan muhabbat shaxsning har tomonlama rivojlanishiga xizmat qiladi. Nafosat tarbiyasi axloqiy tarbiyani samarali tashkil etishda katta ahamiyatga ega. Nafosatdan rohatlanishda faqat san’at asarlarigina emas, balki ezgu ishlar, jamoaga hurmat, sadoqat, vijdonan mehnat qilish muhim o‘rin tutadi. Nafosat tarbiyasining mohiyati shundan iboratki, u go‘zallikka bo‘lgan munosabatni qaror toptiradi. Go‘zallikka bo‘lgan tuyg‘ uni rivojlantirmay turib, yuqori mehnat madaniyatiga erishib bo‘lmaydi.
Mehnat faoliyatida paydo bo‘lgan go‘zallik butun tarixiy taraqqiyot bosqichlarida rivojlanib bordi, u mehnat faoliyatining o‘ziga ham ta’sir ko‘rsata boshladi. Mehnat jarayonida tayyorlangan har bir buyum (tovar)ning ahamiyati insonning tabiiy ehtiyojlarini qondirishi jihatidangina emas, balki uning qanchalik go‘zalligi bilan ham baholanadi. Go‘zallik bu hayotning o‘zi, tabiat hamda inson mehnati natijalari, insoniy munosabatlarning mukammalligidir.

O‘smirlarda go‘zallik ijodkorligiga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi. Bunday holat ilk yoshlik davrida ham saqlanib qoladi. Biroq bu davrda badiiy qobiliyat aksariyat o‘quvchilarda o‘zgacha bo‘ladi.


Ular, ko‘pincha, musiqa va raqsga qiziqa boshlaydilar. Demak, o‘quvchilarning nafosat bilan oshnoligi turli yosh davrlarida o‘g‘il va qiz bolalarda o‘ziga xos xususiyat kasb etadi.
Nafosat tarbiyasi — shaxsning estetik ongi, munosabatlari hamda nafosat faoliyatining vujudga kelishi va takomillashuvidan iborat uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, bu jarayon yosh va ijtimoiy omillar bilan belgilanadigan turli bosqich hamda darajalarga ega. Nafosat tarbiyasi shaxsning nafosat madaniyatini egallashiga yo‘naltirilgan bo‘lib, turli shakl va metodlar yordamida amalga oshiriladi. Jamiyatda shaxsning nafosat madaniyati tushunchalari mavjud. Jamiyatning nafosat madaniyati deganda insoniyatning butun rivojlanish tarixi jarayonida to‘plagan moddiy va ma’naviy qadriyatlari mazmuni tushuniladi. O‘quvchi shaxsining nafosat madaniyati uning jamiyat madaniy merosini faol, ijodiy o‘zlashtirishi natijasida hosil bo‘ladi. Shaxs nafosat madaniyatining asosiy tarkibiy qismlari — bular nafosat ongi, nafosatni his etishga bo‘lgan ehtiyoj, uni qondirish yo‘lida tashkil etilgan munosabatlardir.
Nafosat ongi —go‘zallik, go‘zallikni his etish, uning mohiyatini anglash, nafosat his-tuyg‘usi, nafosat didi kabi tushunchalarning ongda aks etishi. Nafosat madaniyati go‘zallikni his etish, undan zavqlanish, mavjud go‘zalliklarni asrash va boyitish yo‘lida o‘zlashtirilgan bilim hamda amalga oshiriladigan nafosat faoliyatini tashkil etish darajasining sifat ko‘rsatkichidir.
Nafosat ongi go‘zallikni qadrlash va uni boyitish, amaliy harakatni keng ko‘lamda tashkil etish asosida takomillashib boradi.
Nafosatning asosiy xususiyatlari, ya’ni tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda nafosat idrokining psixologik qonuniyatlarini hisobga olish lozim. Bu xususiyatlar ilk yoshdagi bolalarga xos hamda rivojlanish, nafosat tajribasi, tasavvurlarning shakllanganlik darajasiga bog‘liq.

  • Tarbiya jarayoni va tarbiya ishlarini olib borish murakkab bo‘lgan bir butun jarayondir, binobarin, bola shaxsining har tamonlama rivojlanib borishida turli xil sharoitlar ta‘sir ko‘rsatadi. Ta‘lim muassalarining vazifasi Tarbiya ishlar tizimini to‘g‘ri tashkil etib va ba‘zi sharoitlarning rolini faollashtirib bola shaxsini kamol topishini ta‘minlashdir. bo‘la olmaydi. Ularni indivudual va shaxsiy tuzatish zarur. Insonparvar pedagog har bir shaxs o‘ziga xosligini rivojlanishiga, o‘ziga xosligini saqlashga, o‘zining «Men»ini amalga oshirishiga imkon beradigan metodlarni qo‘llashga harakat qiladi.

  • .Tarbiya vositalari.

  • Tarbiya metodlari tarbiya jarayonining tarkibiy qismlari sifatida yuzaga chiqadigan tarbiya vositalaridan tashkil topadi. Metodlar ular bilan mustahkam bog‘langan va birgalikda qullaniladigan boshqa tarbiya vositalari ham mavjud. Masalan, metodlarni samarali qo‘llanilishi uchun zaruriy yordam beruvchi ko‘rgazmali qo‘llanmalar, tasviriy san’at asarlari va musiqa san’ati, ommaviy axborot vositalari.

Bugungi kunda darslarni tashkil etishga nisbatan quyidagi didaktik talablar qo’yilmoqda:
1. Darsning maqsadi va vazifalarining aniqligi hamda pedagogik jihatdan to’g’riligi.
2. Darsning ta’limiy, tarbiyaviy va shaxsni rivojlantiruvchanlik vazifalarining birligi va uzviyligi.
3. O’qitishning yaxlit dars va uning ma’lum qismlari, vazifalari hamda mazmuniga muvofiq keladigan, o’quvchilarning bilish faolliklari va mustaqil faoliyatlarini ta’minlashna xizmat qiluvchi maqbul metodlarini tanlash.

  • Yosh avlodni yaxshi xulqli, davlat ramzlariga sadoqatli qilib tarbiyalashda ularning yosh jihatlariga, xarakteriga alohida ahamiyat berish lozim, chunki bularsiz tarbiyada ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmaydi. Oila, mahalla, o’quv bilim yurti hamkorligida quyidagi tamoyillarga va bosqichlarga amal qilinganda samaradorlik yanada yuqori bo’ladi: ta’lim va tarbiya sohasida hamkorlik jarayoni ishtirokchilari harakatlarining ish birligi;

  • tarbiyalanuvchiga hurmat va talabning uyg’unligi;

  • hamkorlik jarayoni sub’ektlarining teng huquqliligi va yuksak mas’uliyati;

  • faoliyat jarayonida millat va davlat manfaatlari ustuvorligi;

  • hamkorlikning ilmiy asoslanganligi;

Ta’lim jarayonining muvaffaqiyati uning shakligagina emas, balki qo’llanilayotgan metodlar samaradorligiga ham bog’liqdir. Ta’lim nazariyasida o’qitish (ta’lim) metodlari markaziy o’rin egallaydi. «Metod» yunoncha so’z bo’lib «yo’l» ma’nosini anglatadi. Ta’lim metodi ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning aniq maqsadga erishishiga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlarining usulidir Ta’lim metodlari o’qitishning o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishish usullari hamda o’quv materialini nazariy va amaliy jihatdan yo’nalashtirish yo’llarini anglatadi.



Yüklə 43,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə