2 Zoogeografiya fanidan ma’ruza mavzulari va mazmuni


VI-ma’ruza. MAVZU: Dunyo okeanining pelagial zonasining faunistik jihatdan bo’linishi



Yüklə 256,18 Kb.
səhifə15/36
tarix26.10.2023
ölçüsü256,18 Kb.
#132122
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36
AMIR TEMURNING XOKIMIYATGA KELISH ARAFASIDA MOVAROUNNAHRDAGI SIYOSIY VAZIYAT

VI-ma’ruza.

MAVZU: Dunyo okeanining pelagial zonasining faunistik jihatdan bo’linishi

Reja:


  1. Dunyo okeani pelagial zonasi faunistik regionlari


  2. Tropik faunistik region va uning hayvonot olami


  3. Boreal faunistik region va uning hayvonot olami


  4. Antiboreal faunistik region va uning hayvonot olami

Dunyo okeanining substrat bilan bog’liq bo’lmagan qismi pelagial zona deb ataladi. Pelagial zonaning yuqorigi qismi – epipelagial, chuqur suv osti yoki pastki qismi – batipelagial zona hisoblnadi.
Epipelagial zona faunasining xarakteriga ko’ra quyidagi faunistik regionlarga bo’linadi:
  1. Tropik region


  2. Boreal region


  3. Antiboreal region


Bu regionlar o’z navbatida oblastlar va kichik oblastlarga bo’linadi/


Tropik region
Tropik region suvlarining yuqorigi qismida qatlamlarida haroratning doimo yuqori bo’lishi bilan xarakterlanadi. Yillik haroratning o’zgarish amplitudasi bu yerda 2 C dan oshmaydi. Region suvlarining pastki qismi past haroratlidir. Tropik regonda hayvonlarning juda ko’p turlari uchraydi. Ammo hech bir tur hayvonning ulkan miqdorda bir joyda to’planishi kuzatilmaydi. Meduzalar, mollyuskalarning juda ko’p turlari, appendikulyariya va salplarning barcha turlari Tropik region chegaralarida yashaydi. Tropik region o’z navbatida Atlantika va Hind-Patsifik oblastlariga bo’linadi.


Atlantika oblasti
Ushbu oblast faunasi uchun quyidagi hayvonlar xarakterli hisoblanadi:
Kitsimonlar – Brayd polosatigi (Balaenoptera edeni)
Baliqlar – Makrel (Scomber), ugorlar, uchar baliqlar, akulalar
Umurtqasizlardan meduzalar – fizalia yoki portugaliya kemachasi.
Atlantika oblastining bir qismi bo’lgan Sargass dengizi pelagial hayvonlarning o’ziga xos jamoasi yashaydigan maxsus hudud hisoblanadi. Bu yerda dengiz otchalari Hippocampus ramulosus va igna baliqlar, antennariy balig’I Antennarius marmoratus, juda ko’p mollyuskalar va chuvalchanglar makon topgan.



Yüklə 256,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə