20-mavzu. Bankni raqamlashtirishda axborot tizimlari va texnologiyalari



Yüklə 12,1 Kb.
səhifə3/5
tarix28.11.2023
ölçüsü12,1 Kb.
#133819
1   2   3   4   5
10-mavzu. Bank tizimida axborot kompleksi va texnologiyalari-fayllar.org

Axborot ta’minoti – foydalanuvchilar samarali ishlashi uchun zarur va etarli barcha axborotlarning tizimda saqlanishi hamda taqdim etilishidir.
Ko’rsatilgan axborotni ko’plab sinflarga bo’lish mumkin, jumladan:

    • asosiy va qo’shimcha;

    • matn va raqamli.
      Asosiy axborot bank sohasidagi ob’ektlarni tavsiflaydi, unda kompyuter tizimidan foydalaniladi .
      Tizimda asosiy axborotni yoki uni qayta ishlash algoritmlarini tasvirlovchi qo’shimcha axborot ham mavjud bo’ladi. Bank sohasidagi ob’ektlar turli usullar bilan tavsiflanishi mumkin.
      Bank faoliyatidagi o’zaro aloqalar va munosabatlar matn bilan- boshqaruv ta’siri hisoblanuvchi qonunlar, hukumat qarorlari, yo’riqnomalar bilan tavsiflanadi. Bundan tashqari, tizim foydalanuvchilari o’zaro erkin matn xabarlari, so’rovnomalar va o’z faoliyatiga taalluqli xatlar almashtirishlari mumkin.

Bankni muvaffaqiyatli axborotlashtirish uchun bank axborot modelini qurish va uning tahlilini bajarish zarur.


Hatto tayyor dasturiy mahsulot sotib olganda ham muayyan bank xususiyatini tushunish lozim. Bu bilan harid qilinayotgan tizim imkoniyatini to’g’ri baholash mumkin bo’ladi.
Axborot modeli tarkibida quyidagi mohiyatlar tavsifi mavjud:

    • boshqaruv tizimining real ob’ektlari;

    • ob’ektlar o’rtasida va tashqi muhit bilan axborot aloqasi;

    • axborot aloqalariga mos ravishda uzatilayotgan hujjat yoki massivlar;

    • uzatilayotgan axborot hajmi va almashuv seanslari chastotasi.
      Axborot modelini taqdim etishning shakli matnlar, jadval, grafiklar xizmat qiladi. Ularning yuqori nuqtasi axborot bloki hisoblanadi.


Bankning axborot tizimi – murakkab va o’zgaruvchan struktura. Shunga bog’liq ravishda yaratilayotgan axborot modeli qisman noaniqlik sharoitida tuziladi. Shuning uchun u egiluvchan bo’lishi, bank tizimining o’zgaruvchan talablariga mos ravishda oson o’zgarishi lozim. Lekin bir vaqtning o’zida model real hayotning ayrim sohalariga mos bo’lishi kerak.

Yüklə 12,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə