20-mavzu. Bankni raqamlashtirishda axborot tizimlari va texnologiyalari


Bank elektron tizimlarining texnik ta’minoti



Yüklə 12,1 Kb.
səhifə5/5
tarix28.11.2023
ölçüsü12,1 Kb.
#133819
1   2   3   4   5
10-mavzu. Bank tizimida axborot kompleksi va texnologiyalari-fayllar.org

4. Bank elektron tizimlarining texnik ta’minoti
Bank faoliyatini avtomatlashtirishning mavjud tizimlarini to’rt avloddan biriga kiritish mumkin.

  • Lokka tarmoqqa ulanmagan kompyuterlar asosida qurilgan tizimlar. Ma’lumotlar alohida fayllarda saqlanadi, ma’lumot ayirboshlash disket darajasida amalga oshiriladi.

  • Lokal tarmoqqa ulangan, «intellektual ishchi stantsiyalar – «fayl-server» sxemasi bo’yicha tashkil etilgan. Avtomatlashtirilgan ishlash joylarida (AIJ) axborotni joyida qayta ishlashni ta’minlaydi.

  • Ixtisoslashtirilgan ilovalar serveri asosiga qurilgan tizimlar, ya’ni ko’p vazifalari, ko’p foydalanuvchili tizimlar ta’siri ostida ishlab, «mijoz-server» texnologiyasida ishlar amalga oshiriladi.

  • Taqsimlangan ma’lumotlar bazasidan foydalanuvchi tizimlar, ularda, masalan, asosiy idora va filial, kompyuterdagi axborotlarni qayta ishlash, yagona fayl serverda olib boriladi.

So’nggi vaqtlarda mukammal va kuchliroq bo’lgan “mijoz-server” texnologiyasi “fayl-server” texnologiyasini almashtirdi.


“Mijoz-server” texnologiyasining asosiy g’oyasi shundan iboratki, serverlar kuchli mashinalarga, mijozlar ilovalari esa uncha kuchli bo’lmagan mashinalarga joylashtiriladi. Bazaga murojaat ma’lumotlarni jismoniy bo’linishi emas, balki mantiqiy bo’linishiga asoslangan. Ya’ni server mijozlarga bazaning to’liq nusxasini emas, balki mantiqan zaruriy portsiyalarni jo’natadi va bu bilan tarmoq trafigini qisqartiradi.
Texnik platformaga bog’liqlikda “mijoz-server” texnologiyasini amalga oshirishning turli variantlari mavjud:

  • Avtonom kompyuterga yo’naltirilgan “mijoz-server” texnologiyasi, ya’ni mijoz va server bir kompyuterga joylashtirilgan.

  • “Mijoz-server” texnologiyasi markazlashgan taqsimotga yo’naltiriladi. Bu texnologiyadan foydalanganda mijoz, berilgan yagona masofadagi serverga kirish uchun ruxsat oladi. Ma’lumotlarni faqat o’qish mumkin, ma’lumotlarga dinamik kirish masofaviy transaktsiya va so’rovnomalar vositasida amalga oshadi.

  • Lokal hisoblash tarmog’iga yo’naltirilgan “mijoz-server” texnologiya. Bu texnologiya quyidagi xususiyatlar bilan harakterlanadi:
    -bazaga kirishni yagona server ta’minlaydi;
    -mijoz ma’lumotlarni mazmuniy qayta ishlashga javob beruvchi jarayonni, ularning taqdimoti va bazaga mantiqiy kirishni shakllantiradi;
    -mijoz va server lokal tarmoq orqali bog’langani uchun ma’lumotlar bazasiga kirish sekinlashadi.

  • “Mijoz-server” texnologiyasi ma’lumotlarni bir joyda o’zgartirishga yo’naltirilgan. Bu texnologiya qo’llanilgan holatda taqsimlangan transaktsiya qayta ishlanishi amalga oshadi; masofaviy server kompyuter tarmog’i bilan o’zaro bog’lanmagan, ya’ni server koordinator yo’q; mijoz ma’lumotlarni faqat o’zining lokal bazasida o’zgartirishi mumkin;

  • Bir necha joyda ma’lumotlar o’zgarishiga yo’naltirilgan “mijoz-server” texnologiyasi. Oldingi texnologiyalardan farqli ravishda bu erda server-koordinator mavjud bo’lib, turli serverlar o’rtasida ma’lumot uzatilishi protokolini yuritadi. Turli masofaviy serverlarda taqsimlangan transaktsiyalarni qayta ishlash mumkin.

  • Taqismlangan MBBTga yo’naltirilgan “mijoz-server” texnologiyasi. U qayta qurish va ikkilantirish strategiyasini ta’minlaydi, ma’lumotlarga yanada tezkor kirishga imkon beradi.

E’tiboringiz uchun raxmat!!!


http://fayllar.org
Yüklə 12,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə