2011-yil mamlakatimiz ijtimoiy hayotining turli jabhalarida yangi yutuq va natijalarga juda boy bo'ldi. Prezidentimiz I. A


Neft mahsulotlarini tozalash usullari



Yüklə 136,33 Kb.
səhifə10/10
tarix01.06.2022
ölçüsü136,33 Kb.
#88556
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
NEFT MAHSULOTLARINING KIMYOVIY TARKIBI VA OLINISH USULLARI

1.4. Neft mahsulotlarini tozalash usullari
Neftdan olingan distillyatlar (yonilg'i va moylar) tayyor mahsulot hisoblanmaydi, chunki ularning tarkibida uglevodorod-lardan tashqari, smolali - asfalt moddalari, oltingugurtli birik-malar, organik kislotalar va boshqa kerakmas moddalar bo'ladi. Mahsulotlar sifatini faqat zararli aralashmalargina emas, balki ba'zi uglevodorodlar (to'yinmagan uglevodorodlar) ham yomon-lashtiradi.
Oltingugurtli birikmalar va kislotalar detallarning korroziya-lanishini oshiradi, smolali-asfalt moddalari issiq detallarda qurum va lok paydo bo'lishini ko'paytiradi, to'yinmagan birikmalar esa kimyoviy barqarorlikni (saqlash jarayonida tarkibining o'zgar-masligini) yomonlashtiradi. Erigan qattiq parafinlar qotish haroratini oshiradi, polisiklik uglevodorodlar qovushqoqlik xossa-larini yomonlashtiradi.
Yonilg'i va moylarni sulfat kislota bilan tozalash usuli sulfat kislotaning oltingugurtli birikmalar va boshqa kerakmas moddalar bilan reaksiyaga kirishishiga asoslangan bo'lib, bu usul yonilg'i va moylarni tozalashda iqtisodiy jihatdan foydalanish imkoniyati bo'lmagan eng eski usuldir.
Dizel distillyatlarini tozalashda gidrotozalash, moyli dis-tillyatlarni tozalashda esa selektiv tozalash usullari texnologik jihatdan muhim ahamiyatga ega.
Gidrotozalash — avtomobil benzinlari, dizel yonilg'isi tarkibidagi oltingugurtli birikmalari vodorod yordamida tozalanadi. Bu jarayon benzin, kerosin va dizel fraksiyalarini oltingugurt birikmalaridan yuqori harorat va bosimda katalizator ishtirokida, vodorod ishtirokida vodorod sulfidga birikib, ulardan tozalanadi. Tozalash jarayoni 50 atm.bosim ostida va katalizator ishtirokida olib boriladi. Bu usulda asosan dizel yonilg'ilari tozalanadi. Keng tarqalgan katalizatorlar - alyumo-kobalt va alyumo-nikel molibdenli katalizatorlaridir.
Ishqor bilan tozalash. Bu usulda birlamchi haydashdan va termik krekingdan olingan benzinlar ishqor bilan tozalanadi. Ishlatilgan ishqor vaqt-vaqti bilan almashtirilib turiladi. Benzin, kerosin va dizel fraksiyalari kaustik yoki kalsinirlangan sodaning suvdagi eritmasi bilan ishlanadi. Benzinga ishqor bilan ishlov berilganda undan vodorod sulfid va qisman merkaptanlar ketadi, kerosin va dizel yonilg'ilar esa naften kislotalardan tozalanadi. Yonilg'ilar tarkibidagi naften kislota ishqor bilan tozalanganda ularning tuzlari hosil bo'ladi:
RCOOH+NaOH = RCOONa+H20
Hosil bo'lgan tuzlar kerosinda erimaydi, lekin suvda yaxshi eriydi, shuning uchun ular ishqor qavatiga o'tadi. Tozalanishi kerak bo'lgan fraksiyaning molekular og'irligi qancha katta bo'l-sa, ishqor bilan tozalash jarayoni shuncha yuqori haroratda olib boriladi. Masalan, benzin isitilmaydi, dizel yonilg'isi esa toza-lashdan oldin 90°C-95°C gacha isitiladi. Ishqorning sarflanishi neft mahsulotlardagi naften kislotalarning miqdoriga bog'liqdir.
Kislota-ishqor bilan tozalash. Bu jarayonda mahsulotga kislota bilan ishlov berilib, ishqor bilan neytrallanadi. Kislota-ish­qor bilan tozalanganda to'yinmagan uglevodorodlar va smolalar yo'qotiladi.
Tozalash 1.6-rasmdagi sxema bo'yicha olib boriladi. Toza­lanishi kerak bo'lgan benzin 1/3 balandligi ishqor bilan to'ldi-rilgan kolonnaga haydaladi.
1.6-rasm. Benzinni ishqor bilan tozalash sxemasi:
1-sovitgich; 2—nasos; 3-injektor; 4-tindirgich; 5-tozalangan benzin.
Benzin o'tayotgan trubaga injektor o'rnatilgan bo'lib, undan benzin o'tayotganda o'zi bilan kolonnadagi ishqorni olib ketadi.
Aralashma kolonnaning tag qismiga beriladi. Solishtirma og'irligi katta bo'lgan ishqor kolonnaning pastki qismiga tushadi, benzin esa ishqor orasidan yuqoriga ko'tariladi. Dizel yonilg'ilarning qotish haroratini pasaytirish uchun parafindan tozalash (deparafinlash) usulidan qo'llaniladi. Bunda mahsulot karbamid bilan kompleks hosil qiladi va ajratiladi.
Katalitik kreking jarayonida olingan benzinlarning sifatini yaxshilash uchun alyumosilikat katalizatorlari ishtirokida foydala-niladi. Bu usulda to'yinmagan uglevodorodlar miqdori kamayadi va izomer parafin uglevodorodlar miqdori oshadi.
Neftning og'ir qoldig'i tarkibidagi oltingugurt miqdorini kamaytirib, sifatini yaxshilash uchun vodorod ishtirokida oltingu-gurtdan tozalanadi. Masalan, tarkibida 1,0-1,3% oltingugurt bo'lgan dizel distillyatlari tozalangandan so'ng, tayyor mahsu-lotdagi oltingugurt miqdori 0,02-0,06% dan oshmaydi va 97-98% kimyoviy barqaror yonilg'i olinadi.
Moyli distillyatlarning ishlatilish xususiyatini yaxshilash uchun tozalashda selektiv tozalash usulidan foydalaniladi.
Ma'lumki, neftdan olinadigan moy fraksiyalarining tarkibi parafinlardan, naftenlardan va aromatik uglevodorodlardan iboratdir. Bular bilan birga har xil chiqindilar - smolasimon birikmalar ham bor.
Neft moylari har xil sharoitda ishlaydi. Moylarning sifatiga qo'yiladigan talablardan biri - moylar issiq va sovuq sharoitlarda o'z qovushqoqligini o'zgartirmasligidir. Parafin uglevodorodlar issiq sharoitida o'zlarining qovushqoqligini pasaytiradi, sovuq sharoitda esa, kristallana boshlaydi. Aromatik uglevodrodlar ham past haroratda amorf holatga o'tadi. Bular moylarning sifatini yomonlashishiga olib keladi. Naften uglevodrodlar esa, o'z qovushqoqligini kam o'zgartiradi. Shu sababli neft fraksiyalaridan sifatli moylar olish uchun fraksiyalar tarkibidagi yuqori molekulali qattiq aromatik va parafin uglevodorodlardan tozalanadi.
Moylarni tozalashda bir necha usul ketma-ket ishlatilishi mumkin. Selektiv tozalash usulining 2 xil yo'nalishi mavjud:
1) moy tarkibidagi har xil kerakmas aralashmalar erituvchilar bilan reaksiyaga kirishib tozalanadi;
2) moyning asosiy qismi ajralib chiqadi va uning sifatini yomonlashtiruvchi aralashmalar esa qoladi. Bunday ishlanganda mahsulot ikki qavatga ajraladi. Birinchi qavatda erituvchi bilan tozalanuvchi moy aralashmasi, ikkinchi qavatda esa moydan chiqarib yuboriluvchi zaharli moddalar hosil bo'ladi. Olingan qatlamlar ajratilgach, erituvchi haydaladi va qaytadan ishlatiladi.
Birinchi usulda erituvchi aralashmalar, ikkinchi usulda esa uglevodorodli moylar haydaladi. Selektiv erituvchilar sifatida suyuq propan, fenol, furfurol kabi organik birikmalardan foydala-niladi. Selektiv tozalashda olingan mahsulotlarning xossalari va miqdori ko'p jihatdan xomashyoning tarkibiga, erituvchining miqdoriga hamda sarfiga, haroratiga va ishlov berishning davom etish vaqtiga bog'liq.
Qotish harorati past bo'lgan qishki sort motor moylarini olish uchun, mahsulot selektiv tozalangandan so'ng deparafinlanadi, ya'ni suyuqlik harorati - 20°C dan yuqori bo'lgan qattiq parafinlardan tozalanadi. Deparafinlash uchun qotish harorati past bo'lgan atseton, dixloretan, suyuq propan kabi organik birikmalar ishlatiladi. Moy erituvchi bilan birgalikda kerakli haroratgacha sovitiladi va filtrlanadi. Parafinlar filtrda qoladi, erituvchi esa moyda haydaladi. Neft moylarining sifat ko'rsatkichlarini yaxshi-lash maqsadida maxsus moddalar, shu jumladan, qo'shilmalardan (moy xossalarini yaxshilash maqsadida qo'shiladigan har xil moddalardan) foydalaniladi.


Yüklə 136,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə