2011-yil mamlakatimiz ijtimoiy hayotining turli jabhalarida yangi yutuq va natijalarga juda boy bo'ldi. Prezidentimiz I. A



Yüklə 136,33 Kb.
səhifə9/10
tarix01.06.2022
ölçüsü136,33 Kb.
#88556
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
NEFT MAHSULOTLARINING KIMYOVIY TARKIBI VA OLINISH USULLARI

Katalitik kreking jarayonining asosiy vazifasi yuqori sifatli (oktan soni yuqori bo'lgan) benzin olishdir. Katalizatorlar sifatida alyumosilikatlar ishlatiladi. Harorat rejimi (470^540°C) termokre-kingnikiga o'xshash bo'lib, lekin reaksiya tezligi yuqori va olinadigan benzin sifati ham ancha yuqori bo'ladi.
Kreking usulida neftdan benzin fraksiyalarining ajratib olinishi 50-60% ni tashkil etadi. Katalitik kreking 450-590°C haroratda va 0,1-0,2 MPa bosimida katalizatorlar (alyumino-silikatlar va boshqa moddalar) ishtirokida o'tkaziladi. Bunda xomashyoni kreking qurilmasidan bir marta o'tkazishda 40-50% benzin, 30-40% dizel yonilg'isi va 10-15% gaz fraksiyalari olinadi.
Katalitik kreking texnologiyasi termik krekingga nisbatan takomillashgan bo'lib, bunda hosil bo'lgan to'yinmagan uglevodorodlarning bir qismi to'yingan ko'rinishga o'tadi. Shu sababli, bu usulda olingan benzin sifati yuqori bo'ladi. Termik kreking usulida olingan benzinlarni saqlashda turg'unlik xusu-siyatini yo'qotadi va detonatsiyaga chidamliligi pasayadi (15-rasm).

1.5-rasm. Katalitik kreking sxemasi:
1-pech; 2-bug'latgich; 3-katalizatorli bunker; 4-radiator; 5-regenerator; 6-rektifikatsiya kolonnasi; 7-gazoseparator.
Katalitik kreking yordamida og'ir neft mahsulotlaridan gazo-yildan tortib mazutgacha 8-15% miqdorida benzin olish mumkin:

Katalitik krekingda yuqori sifatli (oktan soni motor usulida 72-82) benzin olish imkoniyatini beradi. Katalitik krekingda parchalanish reaksiyalari bilan birga izomerlanish reaksiyalari, ya'ni normal tuzilgan zanjirli uglevodorodlarning tarmoqlangan uglevodorodlarga aylanishi ham kamroq hosil bo'ladi. Shu afzalliklari uchun hozirgi vaqtda asosan katalitik krekingdan foydalaniladi.
Benzin sifatini yaxshilash uchun reforming usulidan foyda-laniladi. Bu jarayon ham 2 xil yo'nalishda bo'ladi:
- termik reforming;
- katalitik reforming.
Termik reformingda vodorod ishtirokida (4800C--5200C haro­ratda va 3MPa bosim ostida) to'yinmagan uglevodorodlar to'yingan holga o'tishi bilan benzin sifati yaxshilanadi.
Katalitik reforming natijasida naften va parafin uglevo­dorodlar aromatik uglevodorodlarga aylantirilib, benzin tarkibi-dagi aromatik uglevodorodlar miqdori ortadi. Mahsulot sifatida yuqori oktanli, ya'ni aromatik uglevodorodlari ko'paygan benzin olinadi. Katalitik reformingda katalizator sifatida platinadan foy-dalaniladi. Jarayon 480°C -540°C da va 2-4MPa bosim ostida alu-moplatinali katalizatorlar (platforming) ishtirokida olib boriladi.
Bundan tashqari, uglevodorodlarni - katalitik izomerlash faromatizatsiyalash) ham yuqori oktanli benzin olish imkonini beradi. Benzin tarkibidagi yengil normal parafin uglevodorodlarni (N-pentan, N-geksan) izomerlab oktan soni oshiriladi va yuqori oktanli benzinga komponent sifatida qo'shiladi. Reformingdagi kabi bu jarayon ham alyumoplatina katalizatorlari ishtirokida olib boriladi.
Uglevodorodlarni aromatizatsiyalash ham yuqori oktanli benzin olish imkonini beradi. Bunda to'yinmagan uglevodorodlar yoki sikloparafinlar aromatik uglevodorodlarga aylanadi.
Masalan: geptan va siklogeksanning benzolga aylanishi:

Yüklə 136,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə