2011-yil mamlakatimiz ijtimoiy hayotining turli jabhalarida yangi yutuq va natijalarga juda boy bo'ldi. Prezidentimiz I. A


Neftni qayta ishlashning kimyoviy usuli



Yüklə 136,33 Kb.
səhifə8/10
tarix01.06.2022
ölçüsü136,33 Kb.
#88556
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
NEFT MAHSULOTLARINING KIMYOVIY TARKIBI VA OLINISH USULLARI

Neftni qayta ishlashning kimyoviy usuli
Haydash usulida juda kam miqdorda (20-30%), sifati past (oktan soni 40-50) bo'lgan benzin olinadi. Neftni haydab olingan benzin miqdori xalq xo'jaligining o'sib borayotgan ehtiyojlarini qondira olmaydi.
Benzin miqdori va sifatini oshirish maqsadida hozirgi vaqtda qayta ishlashning ikkinchi usuli - kimyoviy usul qo'llaniladi. Ikkilamchi qayta ishlashda kimyoviy jarayonlar natijasida neft va gaz tarkibidagi uglevodorodlarni yuqori harorat va katalizatorlar ta'sirida o'zgartirib, yuqori sifatli benzinlar olinadi.
Kimyoviy usul 2 xil yo'nalishdan iborat:
1) Kreking (Parchalash);
2) Reforming (Sifatini yaxshilash).
Kreking - neftning yirik molekulali uglevodorodlarini oson qaynaydigan maydaroq molekulali uglevodorodlarga parchalash-dan iboratdir. Uglevodorodlarning 2-7 MPa bosim ostida va yuqori haroratda (470°0540°C) parchalashga termik kreking deyiladi. Uglevodorodlarning yuqori haroratda (450°C 500°C) va past bosim (0,06-0,14 MPa) ostida va katalizator yordamida parchalanishiga katalitik kreking deyiladi.
Termik krekinglash jarayoni 3 xil bo'ladi:
1. Yuqori bosim (20-70 atm.) ostida termokrekinglash.
Bu usulda 470-540°C da nisbatan yengil fraksiyalar (ligroin)ni qayta ishlab, avtomobil benzinini olish uchun ishla-tiladi.
2. Neft qoldiqlarini past bosimda termokrekinglash (kokslash, ya'ni struktura o'zgarishi bilan boradigan haydash jarayoni). Bu jarayonda neft qoldiqlaridagi asfaltsmola moddalari qattiq holdagi mahsulot koksda yig'iladi. Shu bilan birga vodorodga boy bo'lgan gazoyl, benzin va gaz hosil bo'ladi.
3. Suyuq va gaz shaklidagi neft xomashyolarini piroliz qilish. Bu jarayon termokrekingning qattiq rejimda, olib borilishi bo'lib, har xil xomashyodan foydalanish mumkin. Bunda harorat 700^900°C, bosim esa atmosfera bosimiga yaqin bo'ladi. Bu ko'rsatilgan jarayonlar reaksiya zonasida yuqori haroratni (450°C -H200°C gacha) qo'llash bilan xarakterlanadi. Yuqori harorat ta'sirida neft xomashyosi parchalanadi (kreking), hosil bo'lgan uglevodorod molekulalari zichlashadi.
Termik kreking benzin tarkibida to'yinmagan uglevodorodlar borligi bilan to'g'ri haydalgan benzindan farq qiladi hamda oktan soni 30-40% (68^70)ga yuqoriroq bo'ladi, lekin bu benzinni uzoq vaqt saqlab bo'lmaydi, chunki vaqt o'tishi bilan undagi to'yinmagan uglevodorodlar oksidlanib smolalar hosil qiladi.

Yüklə 136,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə