2016 Xarakatli 1p65. p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   124
5894176c8f652

«BIRGA-BIR» O‘YINI
 (IKKIÒA O‘YINCHIGA BIÒÒA ÒO‘P)
Sport zalining har bir tomonida uch va to‘rtta juftliklar
o‘ynaydilar. Har bir juftlikdan bitta o‘yinchi (o‘yinchilar
o‘rtasida kelishilgandan keyin) o‘yinboshi bo‘ladi. O‘yin-
boshi to‘pni egallashda o‘zining barcha bilimini qo‘llash
bilan to‘pni olib yurishni amalga oshiradi. Bunda to‘pni
olib yurishni to‘xtatib va aldamchi harakatni bajarishi mum-
kin, so‘ngra yana to‘pni olib yurishni va aldamchi harakatni
bajarishni davom ettirish, ya’ni qaytadan to‘pni olib yurishni
to‘xtatishni va aldamchi harakatni bajaradi va boshqalar.
Shu juftlikning ikkinchi o‘yinchisi basketbol o‘yini qoida-
sidan tashqariga chiqmagan holda to‘pni egallashga harakat
qiladi. Ma’lum vaqt o‘tgandan keyin o‘yin qatnashchilari
joylarini almashishlari mumkin.
«ÒO‘PNI HALQAGA ÒUSHIRISH» O‘YINI
Maydon bo‘ylab 5–6 ta juftlik o‘ynaydi. Har bir juftlikda
o‘ynovchilar kelishib olinganligi bo‘yicha, ulardan qaysi
birlari qaysi halqaga hujum qilishlari aniqlanadi. O‘yinchilar
xuddi oldingi o‘yindagidek harakat qiladilar, biroq o‘yin-
chilar raqib halqasiga to‘p tashlashga harakat qiladilar. O‘yin
maydonchaning o‘rtasidagi chiziqdan o‘yinchilarning o‘zlari
to‘pni yuqoriga otish bilan boshlaydilar. O‘yinchi nafaqat
boshqa juftlik o‘yinchilari bilan urilib ketmasliklari, may-
donni yaxshi ko‘rishlari ham kerak, lekin to‘pni halqaga
tashlash uchun qulay fursatdan foydalanishi zarur, biroq
to‘pni halqaga otishga qadar, uni olib yurish va aldamchi
harakatni bajarib ushlab turadi. Har bir juftlikning o‘yinchi-
lari halqaga tushira olmagandan keyin to‘pni egallab olishga
harakat qiladilar va o‘yin yana davom etadi, agarda hujum
qilgan o‘yinchi to‘pni halqaga tushirsa, unda maydon
o‘rtasidagi chiziqqa borib, to‘pni olib yurishni bajaryotgan
sherigini kutib turadi. O‘zining halqasidan to‘pni o‘tkazib


116
yuborgan o‘yinchi, raqib halqasi tomon to‘pni olib yurishni
boshlaydi, o‘yin davom etadi. Ma’lum vaqt o‘tgandan keyin
o‘ynovchi juftliklar joylarini almashadilar.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə