2016 Xarakatli 1p65. p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124
5894176c8f652

UO‘K 793.4:372.879(075)
ÊBK 74.200.5ya722
X 98


3
KIRISH
Bolalarni jamoatchilik, mehnatsevarlik va jamoat oldida
o‘z burchini his qilish ruhida tarbiyalash hozirgi kunning
eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Bola maktabga
qadam qo‘ygan birinchi kunidan boshlaboq, unda mehnatga
nisbatan muhabbat uyg‘otish, uyushqoqlik, ishchanlik va
boshlagan ishini oxiriga yetkaza bilish xususiyatini tarbiya-
lash kerak. Buning uchun tarbiyaning barcha vositalaridan,
jumladan, bolalarning sevimli o‘yinlaridan foydalanish
ayni muddaodir.
O‘yinlar hayotdagi to‘siqlarni yengish hamda har xil
xislat va qobiliyatlarni ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq
bo‘lgan jismoniy mashqlarning turli majmuasini o‘z ichi-
ga oladi.
Bundan tashqari, odatda, bolalar sevib o‘ynaydigan,
ularga baxt va quvonch baxsh etadigan musobaqa element-
lari ham harakatli o‘yinlarga kiradi.
Ma’lumki, kichik maktab yoshidagi bolalarning o‘yinlari
taqlid qilish tabiatida bo‘ladi. Bola tevarak atrofidagi
borliqni kuzatadi, undagi ba’zi narsalarni o‘yinga kiritadi
va shu o‘yin vositasida o‘zini qurshab turgan olamni bilib
oladi, shunday ekan, unda turmush hodisalariga nisbatan
muayyan munosabat paydo bo‘ladi.
Ushbu o‘quv qo‘llanma to‘rtta bobdan iborat bo‘lib,
birinchisi – harakatli o‘yinlarning kelib chiqishi tarixi,
ikkinchisi – harakatli o‘yinlar haqida asosiy tushuncha
va pedagogik ahamiyati, uchinchisi – harakatli o‘yinlarni
tashkil qilish shakllari, jismoniy tarbiya darslarida harakatli
o‘yinlarni o‘tkazish metodikasi, to‘rtinchisi – sinfdan va
maktabdan tashqari vaqtda harakatli o‘yinlarni o‘tkazish


4
metodikasi kiritilgan bo‘lib, o‘yinlarni o‘rgatish va o‘t-
kazish metodikalari har tomonlama yoritilgan.
Kitobda bayon etiladigan o‘yinlar, chunonchi, yurish,
yugurish, sakrash, uloqtirish, tirmashib chiqish kabi mashqlar
bola harakatlarini rivojlantirish va takomillashtirishda katta
ahamiyatga ega bo‘ladi. O‘quvchilarda harakatlarning
takomillashishi bilan birga, jismoniy qobiliyat ham taraqqiy
eta boradi, yurak va nafas olish sistemasining faoliyati
yaxshilanadi.
Ushbu o‘quv qo‘llanma kelajakda jismoniy tarbiya
o‘qituvchilariga, talabalarga, tarbiyachilar va kollejlarning
o‘quvchilari uchun ham foydali bo‘ladi.


5

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə