2016 Xarakatli 1p65. p65


O‘SPIRIN VA QIZLAR UCHUN HARAKAÒLI



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   124
5894176c8f652

1.8. O‘SPIRIN VA QIZLAR UCHUN HARAKAÒLI
O‘YINLARNING ÒASNIFI
Yuqori sinf o‘quvchilarida (15–17 yoshli) organizm
rivojlanishi va o‘sishi davom etadi.
Skeletning suyakka aylanishi jarayoni va mushak
kuchining rivojlanishi hali ham tugallanmagan bo‘ladi.
O‘smirlarning og‘irligi ayniqsa suyaklarning o‘sishi va
mushak og‘irligining oshishi hisobiga ortadi. Qizlarda esa
mushak sistemasi, xususan, yelka kamari muskuli o‘g‘il
bolalarga nisbatan sekin rivojlanadi. Qizlarda tananing
og‘irligi uning uzunligining ortishiga, tos hajmi va yog‘
qatlamlarini hisobiga o‘sadi. Bo‘g‘inlarning shakllanishi
tugallanadi va ular morfologik o‘zgarishlariga ozroq yumshoq
bo‘lib qoladi. O‘spirinlarda bu davrda jinsiy balog‘atga yetish


36
tugullanadi. Abstrakt fikrlash qobiliyati hodisani tahlil qilish,
o‘rtoqlarining harakatiga va o‘zlarining qiliqlariga ongli
munosabati birmuncha ortadi.
O‘quvchilarda tormozlanish funksiyalarining takomil-
lashgan bo‘lishi, iroda, o‘zini tuta bilish o‘yindagi yutqa-
zishni ko‘proq tinch o‘tkazishni rivojlantiradi.
O‘spirin va qizlarda u yoki bu sport turiga qiziqishi
barqaror bo‘ladi.
O‘yinni kuchli zo‘riqishi bilan uzoq vaqt davomida
o‘tkazish mumkin emas, chunki ular zo‘r berishga va
charchashga olib keladi. Biroq harakat malakalarini takomil-
lashtrish uchun o‘yinda faol harakatlarni ko‘p martadan
takrorlash juda ham zarur.
Qizlarda o‘yinda tezlik, kuch, chidamlilik bolalarga nis-
batan kam bo‘ladi. Shuning uchun harakatli va sport o‘yinlari
ular bilan alohida-alohida o‘tkaziladi.
Bu davrga kelib sport o‘yinlari asosiy o‘rinni egallaydi,
harakatli o‘yinlar esa yordamchi vosita sifatida qoladi, turli-
tuman sport turlari va har xil sport o‘yinlari uchun o‘yin
taktikasi madaniyati alohida malakalarni mustahkamlashga
va takomillashtirishga imkoniyat tug‘diradi.
Sport elementlari bilan o‘ynaladigan harakatli o‘yinlar-
dan, shuningdek, u yoki bu sport turlari bilan shug‘ullanganda
faol dam olish – razminka sifatida foydalanish mumkin.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə