2016 Xarakatli 1p65. p65


 KICHIK YOSHDAGI O‘SMIRLAR UCHUN



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   124
5894176c8f652

1.6. KICHIK YOSHDAGI O‘SMIRLAR UCHUN
BERILADIGAN HARAKAÒLI O‘YINLARNING
ÒASNIFI
5–6-sinf o‘quvchilari (11–12 yosh) o‘zlaridan oldingi
sinflarga nisbatan ko‘proq murakkab o‘yinlar bilan shug‘ul-
lanishga qiziqadilar. Bunday hollarda pedagog bolalarga
murakkab o‘yinlarni oddiyroq ko‘rinishda o‘ynatishi maq-
sadga muvofiq bo‘ladi.
Mushaklar asta-sekin o‘sadi va mustahkamlanadi, biroq
kuch ko‘rsatkichlari ham yetarli darajada rivojlanmaganligi
uchun organizm uzoq davom etadigan kuchli taranglashish-
larga va bir tomonlama yuklamalarga yetarli darajada tayyor
bo‘lmaydi.
Nafas olish sistemasi birmuncha ko‘proq rivojlangan
kichik maktab yoshidagilarga qaraganda nafas olish
chuqurligi ham yetarli emas. Asab sistemasi takomillashib
boradi. Miya sistemasining funksional imkoniyati o‘sib
boradi.
11–12 yoshli bolalarda sezgirlik va epchillik 7–10 yoshli
bolalarga nisbatan ko‘proq rivojlangan.
1–4-sinflarda o‘yin va gimnastika mashg‘ulotlarida
egallagan malakalaridan keng foydalaniladi.


31
O‘smirlarda tormozlanish funksiyasi kichik maktab yoshi-
dagi bolalarga nisbatan birmuncha yaxshi, iroda doirasi esa
kuchli rivojlangan bo‘ladi. O‘yin vaqti ko‘proq davom
etadigan va murakkab harakatlarga boy bo‘lib, o‘smirlarda
chidamlilikni tarbiyalashga yordam beradi.
Bolalar bu yoshda o‘yinlarga juda ham qiziqadilar va
o‘yinlarda o‘zlarining harakatlarini takomillashtiradilar. Ular
o‘yin jarayoniga qiziqadilar va o‘z qobiliyatlarini, ya’ni
chaqqonlik, tezkorlik, merganlik, kuchlilik va ziyrakligini
namoyon etishida o‘ziga ishonchni orttiradi.
Ayrim holatda tezkorlik va kuch qobiliyatlariga ta’sir
etishga ko‘proq yo‘naltirilgan o‘yinlar namoyon bo‘ladi,
biroq imkon boricha zo‘r berishni talab qilmaydi, shu bilan
birga bu zo‘r berish siklik yoki davriy xarakterga ega bo‘ladi
(«Poygachi», «Chavandoz sportchilar», «Yashirilgan koptok-
lar», «Katakdagi qushlar», «Pir-r etdi», «Doiraga tushirish»,
«Hushyor soqchi», «Òo‘pni oshirish», «Òo‘plarni uzatish»,
«Chiziqlar bo‘ylab sakrash», «Kartoshka ekish», «Ikki ayoz»,
«Òulki bilan na’matak» va boshqalar).
Kichik o‘smirlar obrazlardan tashqariga chiqib, ko‘proq
tanqidiy va umumiy ravishda fikrlaydilar, sezgini tasavvur
etish va idrok qilishni afzal ko‘rishga tayanadilar.
O‘qituvchining tushuntirishi va tanbeh berishlari ko‘p-
roq qisqa va aniq, hakamlik esa ko‘proq qat’iy bo‘lishi
kerak.
Bolalar bu davrda sinfdagi boshqa ishlarga faol kirisha-
dilar. O‘smirlar o‘yinida asosiy o‘rinni jamoali o‘yinlar
egallaydi, shuning uchun ham aynan shu davrda ularda
jamoatchilik sezgisi rivojlanadi va namoyon bo‘ladi.
Kichik yoshdagi bolalar o‘yinni juda ham sevadilar,
ularning har biri eng yaxshi harakat usullari bilan jamoa-
sining diqqat-e’tiborini o‘zlariga qaratadilar («Raqam chaqi-
rish», «Oq terakmi, ko‘k terak», «Qoravullar va izquvarlar»).
O‘yinlarning barchasi shartli bo‘lganligi uchun bolalar
tushuna boshlaydilar. Faqatgina joylarda o‘ynaladigan
o‘yinlarda mazmuni saqlanib qoladi. O‘yinlar rivojlanish
jarayonini tezlashtirish bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli bolalar
ko‘proq erta balog‘atga yetadilar. Qizlarda bu aynan shu
davrda (10–12 yoshda) boshlanadi.


32
Olimlarimizning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, jismoniy
rivojlanish jarayoni ruhiy rivojlanish bilan parallel ravishda
boradi. Hozirgi zamon bolalari oldingilariga qaraganda
ko‘proq rivojlanganlar.
Yuqori qon tomir sistemasi va asabning fiziologik
funksiyasi garmoniyasini buzilishining kuzatilishi jinsiy
yetilishining tezlanishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Vegetativ asab
sistemalarining funksiyasini buzilishi qayd qilinadi (bosh
aylanish, yurak urishi, tovushlarga, hidlarga nisbatan
sezgirlikning oshib borishi va boshqalar).
Bolalarga o‘yinlarda bularning barchasi ta’sir etadi.
Bolalar psixologik jihatdan bir xil turmaydi, o‘yin jarayonida
o‘zining his-tuyg‘usini namoyon qiladi. Shu bilan birga o‘yin
qoidalariga qat’iy talab qilishni oshirish zarur, haddan
tashqari asabiylashganda yoki hayajonlangan vaqtda o‘yinda
tanaffus berish mumkin.
Bu davrda o‘g‘il va qiz bolalar o‘yinlarida o‘ziga xos
ayrim xususiyatlarga ega bo‘ladi. O‘g‘il bolalar qiz bolalarga
nisbatan tezlik bilan yugurishda, kurash elementlarida va
uzoqqa uloqtirish bilan o‘ynaladigan o‘yinlarda ayrim
afzalikka ega bo‘ladilar.
O‘g‘il va qiz bolalarning bu imkoniyatlaridagi farqni
hisobga olib, yugurish bilan o‘ynaladigan jamoali o‘yinlarda
o‘g‘il va qiz bolalarni sonining bir xil bo‘lishini kuzatib
borilishi zarur. Chidamlilikni rivojlantirishga oid qarshilik
ko‘rsatish bilan o‘tkaziladigan o‘yinlarda jinsiga qarab o‘g‘il
va qiz bolalarga bo‘lish kerak hamda har bir jamoa bilan
mustaqil o‘yin o‘tkazilishi kerak («Doiraga tort», «Juft-juft
bo‘lib tortish» va boshqalar).
Qarshilik ko‘rsatish bilan juft-juft bo‘lib o‘tkaziladigan
(«Xo‘rozlar jangi», «Juft-juft bo‘lib tortishish») juftlikda
o‘ynaydigan o‘yinchilar bir xil jinsda bo‘lishlari shart (o‘g‘il
yoki qiz bolalar).
Qiz bolalar bu davrda badiiy gimnastika elementilari bilan
musiqa jo‘rligida o‘tkaziladigan o‘yinlarga qiziqa boshlay-
dilar. O‘g‘il bolalar esa kuch, chidamlilik, tez yugurish bilan
bajariladigan o‘yinlarga ko‘proq qiziqadilar.
Bolalar bilan suzish mashg‘ulotlarini o‘tkazish vaqtida
suvda o‘ynaladigan o‘yinlarni kiritish kerak.


33
Kichik yoshdagi o‘smirlar esa kattalarga o‘xshashga
harakat qiladilar. O‘qituvchi, yetakchi va tarbiyachilar buni
hisobga olishlari zarur va har doim bolalar uchun namuna
bo‘lishlari kerak. Kichik yoshdagi o‘smirlarda o‘rtoqlari bilan
yaxshi munosabatda bo‘lishga harakat qilishning yorqin
ifodasi namoyon bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda o‘rtog‘ining
yomon xatti-harakatini muhokama qilishda o‘zini bilimli
qilib ko‘rsatish, kuch, qo‘rqmaslik va intizomni buzganda
o‘zining hissiyotiga qarshi chiqish moyilligi namryon bo‘ladi.
O‘zlarining «men» degan so‘zini mustahkamlash uchun
o‘g‘il bolalar tez-tez kuch ishlatadilar, bu esa ko‘pincha janjal
kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bunday vaqtda o‘g‘il va qiz
bolalar o‘zlarining tengqurlari bilan aralashib yuradilar. O‘g‘il
va qiz bolalar o‘rtasida do‘stlik boshlanadi, jismoniy tarbiya
va sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish ishtiyoqi paydo
bo‘la boshlaydi. Pedagog bu qiziqishdan maqsadga yo‘nalti-
rilgan holda foydalanishi zarur. Bu davrda ko‘pchilik bolalar
sport o‘yinlari bilan (basketbol, voleybol, qo‘l to‘pi, futbol
va hokazo) sport seksiyalarida shug‘ullanishni boshlaydilar.
Ayrim harakatli o‘yinlar sport qoidalariga qat’iy chega-
ralangan holda kiritiladi. Bu o‘yinlar bo‘yicha sinflar o‘rta-
sida, maktab birinchiligi, maktablararo, tuman birinchiligi
musobaqalari o‘tkaziladi. Misol tariqasida shunday o‘yinlarni
ko‘rsatishimiz mumkin: «Pioner bola», «Òo‘p uchun kurash»,
«Òo‘p kapitanga», «Òo‘pni to‘rt tomonga uzatish» va bosh-
qalar.
Bunday vaqtda harakatli o‘yinlarga ko‘proq kichik yosh-
dagi bolalarni jalb qilish bilan musobaqalar o‘tkaziladi
(«Quvnoq startlar» va hokazo).
Kichik yoshdagi o‘smirlar o‘rtasida o‘tkaziladigan hara-
katli o‘yinlar ularni keyinchalik har tomonlama garmonik
rivojlanishiga va jismoniy ta’lim olishlariga yordam beradi.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə