2016 Xarakatli 1p65. p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   124
5894176c8f652

1.3. HARAKAÒLI O‘YINLARNING
ÒA’LIMIY AHAMIYAÒI
O‘yinlar shaxsni shakllantirishda katta rol o‘ynaydi.
Bolalar o‘yin yordamida hayot to‘g‘risidagi voqealarni
ifoda etilganligi haqidagi o‘zlarining tasavvurlarini mustah-
kamlab chuqurlashtiradilar. Bolalar xuddi kattalardek
faoliyatlari jarayonida olamni bilib oladilar.
Mamlakatimiz pedagoglari o‘sib kelayotgan yosh avlodni
hayotga tayyorlashda harakatli o‘yinlar ta’limiy aha-
miyatining kattaligini qayd qiladilar, chunki bola o‘yinda
rivojlanadi.
O‘yin bilan shug‘ullanish o‘yin qatnashchilarining yangi-
dan-yangi his-tuyg‘ularni tasavvur etishlarini va tushun-
chalarini boyitib boradi.
O‘yin bolaning har tomonlama rivojlanishiga yordam
beradilar. Uning tasavvur etish tushunchalarini kengaytiradi,
kuzatuvchanlik, ziyraklik, zehn o‘tkirligini, tahlil qilishni
bilishni, ko‘rganlarini taqqoslashni va ommalashtirishni ri-
vojlantiradilar, shu asosda uning atrofini o‘rab turgan hodisa-
lardan xulosa chiqaradilar.
Alohida sport turlari harakat tuzilishi bo‘yicha (sport
o‘yinlari, yengil atletika, gimnastika, kurash, suzish va bosh-
qalar) o‘xshash bo‘lib, ta’limiy ahamiyatga egadir. Bunday
o‘yinlar u yoki boshqa sport turlarida malakalarni hamda
avvaldan o‘rganilgan texnik va taktik usullarni mustah-
kamlash va takomillashtirishga yo‘naltirilgan.
Harakatli o‘yinlar makon (joy) va zamon munosabatlarini
to‘g‘ri baholash qobiliyatini rivojlantiradi hamda o‘yinda
tez-tez o‘zgarib turadigan vaziyatning yuzaga kelishi ta’siriga
tez va to‘g‘ri javob berishga o‘rgatadi.
Harakatli o‘yinlarda to‘g‘ri stereotip harakatni tarbiyalash
juda muhimdir, chunki uni keyin to‘g‘rilash juda qiyin
kechadi.
Joylarda yoz va qish sharoitlarida o‘tkaziladigan harakatli
o‘yinlar: bolalar oromgohlarida, dam olish joylarida, safarda,
sayrga chiqqanda katta ta’limiy ahamiyatga ega.
Joylarda o‘tkaziladigan o‘yinlar sayohatchi, razvedkachi
izquvarlarga zarur bo‘lgan ta’lim malakalariga yordam beradi.


24
Katta bo‘lmagan buyumlar bilan harakatli o‘yinlarni
o‘tkazish (kichik koptoklar, qopchiqlar, gimnastik tayoqcha,
bayroqchalar) teri va mushak-harakat sezgirligini oshiradi,
qo‘l va barmoq harakat funksiyalarini takomillashtirishga
yordam beradi, u ayniqsa kichik maktab yoshidagi va
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun juda zarurdir.
Bizning mamlakatimizda xalq milliy o‘yinlari bilan o‘quv-
chilarning tanishtirib borilishi juda katta ta’limiy ahamiyatga
ega. Ular bolalarni millatimiz madaniyati va ularning urf-
odatlari bilan tanishtiradi.
Harakatli o‘yinlarda o‘yin qatnashchilariga alohida rollar-
ni bajarish to‘g‘ri keladi (o‘yinboshi, ochkolarni hisob-
laydigan hakam, hakam yordamchisi, o‘yin tashkilotchisi
va boshqalar). Bu ularda tashkilotchilik malakalarini rivojlan-
tirishga yordam beradi.
Harakatli o‘yinlar bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalar
o‘yin qatnashchilarini musobaqani tashkil qilish va o‘yin
qoidalari bilan tanishtiradi. Bu bilim va malakalar bola-
larning mustaqil ravishda musobaqani o‘tkazishlariga yordam
beradi.
Agar pedagog, tarbiyachi, yetakchi bunga keraklicha
diqqat-e’tiborini qaratadigan bo‘lsa, unda o‘yinning ta’limiy
tomoni yetarli darajada bo‘ladi.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə