2016 Xarakatli 1p65. p65


HARAKAÒLI O‘YINNING ÒARBIYAVIY



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   124
5894176c8f652

1.4. HARAKAÒLI O‘YINNING ÒARBIYAVIY
AHAMIYAÒI
Jismoniy sifatlarni tarbiyalashda harakatli o‘yinlarning
ahamiyati juda katta: tezlik, epchillik, kuch, chidamlilik,
egiluvchanlik, shu bilan birga harakatli o‘yinlarda jismoniy
sifat kompleks ravishda rivojlanadi.
Ko‘pchilik harakatli o‘yinlarda o‘yin qatnashchilaridan
tezlik (tez qochib ketish, quvlab yetish, tovush, ko‘rish sig-
naliga bir onda javob berish) talab qilinadi.
O‘yinda doimiy ravishda o‘zgarib turadigan vaziyat o‘yin
qatnashchilaridan bir harakatdan boshqa harakatga tezda
o‘tishni talab qiladi va epchillikni tarbiyalashga yordam
beradi. Òezkor-kuch yo‘nalishdagi o‘yinlar kuchni tar-
biyalaydi.


25
Zo‘r g‘ayrat bilan qilingan harakat, ko‘proq kuch va
energiyani sarf qilish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘yinlar chi-
damlilikni rivojlantiradi.
Harakat yo‘nalishini tez-tez o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘l-
gan o‘yinlar egiluvchanlikni rivojlantirishga yordam beradi.
Bolani ma’naviy tarbiyalashda harakatli o‘yinlar juda
katta ahamiyatga egadir. Harakatli o‘yinlar jamoa xarak-
teridagi o‘yinlar deb nomlanadi, shu bilan birga ular
bolalarni jamoa faoliyatiga o‘rgatadi.
O‘yin bolalarda o‘rtoqlik hissini, bir-birini qo‘llashni va
bir-birlarining harakatlariga javobgarlikni rivojlantiradi. Bola
jamoa o‘yinida qatnashib, jamoa manfaatini ko‘zlashni
o‘rganadi: yaxshi holatda turgan o‘rtog‘iga to‘pni in’om
qilish, «asir»ga tushirgan o‘rtog‘ini qutqarishga harakat qilish
va shunga o‘xshash.
O‘yin asta-sekin bir-birining harakatini qo‘llash va
do‘stlik tuyg‘usini tarbiyalaydi. Maktabgacha tarbiya bola-
laridan to kichik maktab yoshidagi bolalargacha bo‘lgan
o‘yinda faqat o‘zlarining harakatlarini o‘rtoqlarining harakat-
lari bilan o‘zaro moslashishini talab qiladi.
O‘yinda keyinchalik bir-birini qo‘llash, o‘rtog‘iga yordam
berish namoyon bo‘lib, nihoyat oxirida o‘z jamoalari shakl-
lanadi.
O‘yinda o‘ziga xos bo‘lgan harakat bitta o‘yinchi bosh-
qasiga, bir jamoa boshqa jamoaga qarshi harakatidir. Shu
bilan bog‘liq bo‘lgan o‘yinchilarning oldida, o‘z vaqtida
hal etishni talab qiladigan turli-tuman vazifalar kelib
chiqadi. Buning uchun qisqa vaqt ichida kelib chiqqan
vaziyatni baholashda turli harakatni tanlash va uni bajarish
zarur.
Bu o‘yinchini o‘z-o‘zidagi kuchni bilishga yordam beradi.
O‘yinchilar o‘rtasidagi o‘zaro aniq munosabat musoba-
qalashish, kurashish, nafaqat o‘zaro hamkorlik, psixologik
o‘zaro moslashganligini umumiy xarakteri bilan ko‘pchilik
o‘yin harakatlarini jadallik bilan bajarish xususiyati va
kuchlanishning umumiy katta-kichikligi, ayrim kechinmalari
o‘tkirligi bilan aniqlanadi.
O‘yin qoidalari ongli intizomni, o‘zini tuta bilishni,
kuchli qo‘zg‘alishdan keyin «o‘zini qo‘lga olishni» bilish,


26
o‘zini birdan egallash, jo‘sh urib ketishini tarbiyalashga
yordam beradi.
Harakatli o‘yinlar bolalarni san’atga va badiiylikka tar-
biyalashga ham yordam beradi. Bolalarda ijodiy badiiylikni
birinchi bor namoyon bo‘lishi o‘yin shaklida qabul qilinadi.
Bolalar o‘yinida, xususan, maktabgacha va kichik maktab
yoshidagi bolalarda ijodiy tasavvur etish katta o‘rin egallaydi:
oddiy tayoqchani ot qilib minish, velosiped, miltiq va qilich
bo‘lishi mumkin. G‘o‘la shaklidagi o‘yinlar va syujetli
mazmuni bilan tashkil qilingan harakatli o‘yinlarni tasavvur
etishni rivojlantiradi.
O‘yin atrofidagi muhitning o‘yinchilarga ta’siri bolalar-
ning rollarni ijro etishda ijodiy tasavvurni shakllantirishga
qaratilgan. Bunday o‘yinlar jarayonida ijodiy tasavvur qilish
rivojlanadi va takomillashib boradi.
Ular sezishni va idrok qilishni rivojlantirishga yordam
beradi, atrofni o‘rab turgan buyumlarni va uni barcha o‘zaro
aloqasi paydo bo‘lishini qabul qilishni o‘rgatadi, uni o‘rab
turgan atrofidagi muhitni bilish va bolalarda yangi taassurot
yaratadi, kuzatuvchanlikka, shuningdek, mantiqiy fikrlashga
o‘rgatadi.
Musiqa jo‘rligi bilan tashkil qilinadigan o‘yinlar bola-
larning musiqaga bo‘lgan qobiliyatini rivojlantiradi. Pedagog
bolalarda musiqa qobiliyatini tarbiyalashda o‘yin metodidan
foydalanadi: musiqa sadolari ostida harakat bilan o‘tka-
ziladigan o‘yinlar musiqa shakllarini va xarakterini yaxshi
egallashga yordam beradi.
Xorovod va musiqaga oid o‘yinlarda bola o‘zining birin-
chi raqsga oid qobiliyatini namoyon qiladi.
Bola o‘yinida uning barcha shaxsiy sifatlari va xusu-
siyatlari ma’lum bo‘ladi. O‘yin jarayonida shaxs xususiyat-
larining namoyon bo‘lishi har bir bolani yaxshi bilishga
yordam beradi va bizga kerakli yo‘nalishda rivojlantirishga
ta’sir ko‘rsatadi. Faqatgina bitta faoliyat o‘yinday ravshan
va o‘quvchini shaxsiy xarakter chiziqlarini har tomonlama
ochib bermaydi.
Bolani o‘yinga berilib yoki qiziqib ketishini o‘zining
har tomonlama xarakteridan topib oladi. Sinfida bolalarga
aralashmaydigan bola o‘yinda o‘zini mutlaqo boshqacha


27
namoyon qiladi. Bular barchasi g‘oyat muhim bo‘lganligi
uchun bolalarga to‘g‘ri shaxsiy yondashish kerak. Harakatli
o‘yinlar «Alpomish» va «Barchinoy» test me’yorlarini
topshirish uchun zarur bo‘lgan, u yoki bu sifat va malakalarni
takomillashtirishga yordam beradi.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə