2016 Xarakatli 1p65. p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   124
5894176c8f652

«Raqib» bilan bir-biriga
tegib, o‘yin qatnash-
chilarining kirishishi
Jamoa harakatida
umumiy tartibga
va o‘z o‘rni
uchun kurashish
O‘yinboshiga
qarshi
yakkama-
yakka
olishuv
O‘zaro yordam
va o‘zaro qo‘llab-
quvatlashib
o‘yinboshiga
qarshi kurashish
Òaqlid qilish,
ijodiy ritmik
harakatlarini
bajarish bilan
bog‘liq harakat
O‘z
jamoasida
yakkama-
yakka
olishuv
O‘zaro yordam,
o‘zaro qo‘llab-
quvvatlashib,
o‘z jamoasiga
qarshi kurashish
O‘z
jamoasida
yakkama-
yakka
olishuv
O‘zaro yordam va
o‘zaro qo‘llab-
quvvatlashib,
yakkama-yakka
olishuvni birga
qo‘shib o‘z
jamoasiga kurashish
Epchillik va
tezlik bilan
chopib, boshqa
joyga o‘tib olishga
bog‘liq harakat
Òo‘p tayoqcha,
boshqa
buyumlar bilan
epchil va tezlik
bilan
harakatlanish
Kuch qarshiligi
va to‘siqdan
sakrab oshib
o‘tish bilan
bog‘liq harakat
Eshitish, kuzatuvchanlik,
mo‘ljal olish vazifasi bilan
bog‘liq harakat malakalarini
qo‘llashni talab qiladigan harakat


21
O‘yinda qo‘llaniladigan jismoniy mashqlar ta’siri ostida
moddalar almashuvi har tomonlama faollashadi (uglevod,
oqsil, yog‘ va minerallar).
Mushak ishi ichki sekretsiya bezlarining vazifalarini
kuchaytiradi. Shug‘ullanuvchilarning jismoniy tayyorgarligi
va yosh xususiyatlarini hisobga olish bilan faqatgina
mashg‘ulot to‘g‘ri qo‘yilgandagina ana shunday harakatli
o‘yinlar yordam beradigan gigiyenik va sog‘lomlashtirish
ahamiyatiga ega bo‘lish mumkin.
Shuni hisobga olish kerakki, ya’ni harakatli o‘yinlarda
yuklamani aniq taqsimlash imkoniyati chegaralangan,
chunki har bir o‘yin qatnashchisining tayyorgarligini oldin-
dan bilish imkoniyati yo‘q.
O‘yinda doimiy ravishda o‘zgarib turuvchi holat, yuqori
jo‘shqinlikdagi o‘zaro harakatning ayrim o‘yin qatnashchi-
laridan mashqning mazmuni dasturga kiritilmasa yukla-
maning o‘lchami hamda yo‘nalishini aniq tartibga solishga
imkon bermaydi.
Shuning uchun jismoniy yuklama optimal bo‘lishi
uchun uni kuzatib borish zarur. O‘yin bilan muntazam
shug‘ullanishda shiddat bilan yuklamani qo‘llash mum-
kin, chunki bolalar organizmi unga sekin-asta moslashib
borishi kerak.
Shug‘ullanuvchilarning asab sistemasiga o‘yin samarali
ta’sir ko‘rsatib borishi kerak. Bunga optimal yuklama berish
yo‘li orqali erishiladi, shuningdek, o‘yinning shunday tashkil
qilinishi o‘ynovchilarda ijobiy ruhiy kechinmalarni keltirib
chiqaradi, o‘yinning yomon tashkil qilinishi salbiy ruhiy
kechinmalarga olib keladi, asab jarayonlarining normal
ishlashi buziladi, stresslar (qattiq hayajonlanish) paydo
bo‘ladi, bu esa salomatlikka zarar yetkazadi.
Harakatli o‘yinlarning qoidasi o‘yin qatnashchilarining
o‘zaro harakatini tartibga soladi va ortiqcha hayajon-
lanishlarni yo‘qotadi. O‘yin qoidasi bo‘yicha aniq xolisona
hakamlik qilish o‘yinchilarda ijobiy ruhiy kechinmalarni
keltirib chiqaradi.
Harakatli o‘yinlarning muntazam ravishda qo‘llanilishi
asab jarayonlarida dinamik stereotipni ishlab chiqishga
yordam beradi, bu esa harakatni bajarishni yengillashtiradi.


22
O‘yinning ayniqsa yoz va qish fasllarida ochiq havoda
o‘tkazilishi (ob-havoni hisobga olish bilan) bolalarning
chiniqishlariga yordam beradi.
Hozirgi vaqtda axborot oqimining kuchayib borishi, o‘quv
mashg‘ulotlari vaqtining ortishi, harakatning namoyishi,
mushakning zo‘r berishni talab qilinishi, harakat faolligining
pasayishi sababli o‘sib kelayotgan yosh avlodda gipodinamiya
oshib borishi kuzatmoqda.
Harakatli o‘yindan keng miqyosda foydalanilish gipo-
dinamiyaning pasayishiga yordam beradi, chunki bu harakat
faoliyatining yetishmasligi o‘rnini to‘ldiradi.
O‘quvchilar uzoq davom etgan aqliy faoliyatdan so‘ng
harakatli o‘yin orqali faol dam olishlari mumkin. Uni
maktabda tanaffus vaqtida, dars tugagandan keyin maydon-
chada sayr qilish vaqtida (kuni uzaytirilgan guruhda),
maktabdan qaytib kelgandan keyin uyda va darsni tayyorlab
bo‘lgandan so‘ng qo‘llaniladi.
Maktabda kichik sinflarda harakatli o‘yinlar iloji boricha
dars vaqtida jismoniy tanaffuz (fizkultpauza) ko‘rinishida
o‘tkazilishi kerak, chunki 7–8 yoshli bolalar 45 daqiqa
davomida zo‘riqadi, ayniqsa o‘quv kunining oxirgi darslarida
juda ham qiyin bo‘ladi. Parta yonida bolalar bilan qisqagina
o‘ynaladigan harakatli o‘yin asab markazlarining ishini
o‘zgartiradi, dam olishga imkon beradi (asab markazlarining
qo‘zg‘alishini tormozlaydi) va mushak faoliyatini faollash-
tiradi.
Bolalarda jismoniy rivojlanish orqada qolayotganda
harakatli o‘yinlardan foydalanish zarur, chunki ular
organizmni sog‘lomlashtirishga yordam beradi, jismoniy
rivojlanishning umumiy darajasini oshiradi.
Harakatli o‘yinlar sanatoriy va statsionarlarda kasal
bolalarning salomatligini tiklashda maxsus davolash maq-
sadida qo‘llaniladi. O‘yin jarayonida bolalarda ro‘y
beradigan funksional jo‘shqinlikning ruhiy ko‘tarilishiga
yordam beradi.


23

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə