2016 Xarakatli 1p65. p65


Harakatli o‘yin haqida asosiy



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124
5894176c8f652

Harakatli o‘yin haqida asosiy
tushuncha
O‘yin – tarixiy tashkil topgan ijtimoiy voqea, mustaqil
faoliyat turi, insonga xosdir.
O‘yin faoliyati juda ham turli-tumandir: o‘yinchoqlar
bilan o‘ynaladigan bolalar o‘yinlari, stol o‘yini, doira bo‘lib
o‘ynaladigan o‘yin, harakatli o‘yinlar, sport o‘yinlari.
O‘yin o‘z-o‘zini bilish vositasi, o‘yin-kulgi, dam olish,
jismoniy va umumiy ijtimoiy tarbiya vositasi, sport vositasi
bo‘lishi mumkin.
O‘yin madaniyati elementi sifatida jamiyatning barcha
madaniyati turlari va kishilarning har xil ehtiyojlari bilan
rivojlanadi: o‘yin-kulgi, dam olishda, ma’naviy, aqliy va
jismoniy kuchni rivojlanishida katta o‘rin egallaydi.
O‘yin faoliyati nafaqat madaniyatning bir elementi, balki
bolalar va o‘smirlarni tarbiyalashda ham foydali vosita
hisoblanadi. U har doim maqsadga yo‘naltirilgan va turli-
tuman maqsadli yo‘l-yo‘riq hamda asoslangan harakat bilan
o‘ziga xos xususiyatni ko‘rsatib turadi. O‘yin faoliyati ayniqsa
bolalik davrida ko‘proq mehnat bilan umumiylikka ega
bo‘ladi. Biroq o‘yin jarayonida hayotiy ehtiyojlarni qondirish
uchun kishi moddiy boylikni yarata olmaydi.
O‘yin – juda ham quvnoq jo‘shqin faoliyatdir, shuning
uchun u yoshlar va bolalar bilan tarbiyaviy ish olib borishda
katta boylik kasb etadi. O‘yinning turli-tumanligi katta-
kichiklar orasida, ayniqsa o‘smirlar va bolalar o‘rtasida eng
keng tarqalgani bu harakatli o‘yinlardir. Ular esa ushbu o‘quv
qo‘llanma fanining asosi hisoblanadi.
Harakatli o‘yinlarning o‘ziga xos xususiyati uning maz-
muni harakatning rolini yorqin ifoda qilish hisoblanadi
(yugurish, sakrashlar, uloqtirish, otish, to‘pni uzatish va ilib


12
olish, qarshilik ko‘rsatish va boshqalar). Bu o‘yinlar hara-
katlanish va uning mazmunini (mavzu, g‘oyasi) asoslab
beradi. U o‘yinda qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘lida, turli-
tuman qiyinchiliklarni, to‘siqlarni yengib o‘tishiga yo‘nal-
tiriladi.
Harakatli o‘yinlarning orasida haqiqatan ham (ele-
mentar) harakatli o‘yinlar va sport o‘yinlari bilan farq qiladi.
Haqiqatan ham harakatli o‘yinlar o‘ynovchilarning o‘zlarini
ixtiyoriy tarzda o‘rnatilgan, maqsadga shartli ravishda
erishishga yo‘naltirilgan, o‘zida ongli tashabbuskorlik
faoliyatini mujassamlashtirgan bo‘ladi. O‘ynovchilarning
maqsadga erishishida faol harakatlantiruvchi harakat talab
qiladi, uni bajarishi o‘ynovchilarni o‘zlarining ijod qilishiga
va tashabbuskorligiga bog‘liqdir (nishonga tezda yugurib
borish, nishonga tez otish, «raqibi»ga tez va epchillik bilan
yetib olish yoki undan o‘zib ketish va hokazo).
Harakatli o‘yinlar qoidalar bilan belgilanadi. Sport
o‘yinlaridan farqli o‘laroq, harakatli o‘yinlar qoidalariga
shart-sharoitdan kelib chiqib kelishilgan holda o‘zgartirish
kiritish mumkin. O‘yin qoidasi maqsadga erishish yo‘lida
o‘yindagi qiyinchiliklarni va to‘siqlarning xarakterini aniq-
laydi.
Haqiqatan ham harakatli o‘yinlar o‘yin qatnashchilaridan
maxsus tayyorgarlikni talab qilmaydi. Shuning uchun o‘yin
qoidasi o‘yin qatnashchilari va rahbarlarning (o‘qituvchilar)
o‘zlari o‘tkazilayotgan o‘yinning sharoitiga qarab uni
o‘zgartirib boradilar. Chunki unda o‘ynovchilarning aniq
belgilangan soni, maydonning katta-kichikligi belgilanma-
gan bo‘ladi, shuningdek, asbob-anjomlar ham o‘zgartirib
turiladi (bulava yoki kegli, voleybol yoki oddiy to‘p, kichik
koptoklar yoki qum solingan xaltachalar, gimnastika yoki
oddiy tayoqchalar va hokazo).
Sport o‘yinlari – bu harakatli o‘yinlarning eng yuqori
bosqichidir. Bunda o‘yin qoidasi qat’iy belgilangan bo‘lib,
ularda maxsus maydon va jihozlar talab qilinadi. Sport
o‘yinining o‘ziga xosligi o‘yin jarayonida ma’lum taktikada
o‘zini tutishi va murakkab harakat texnikasi hisoblanadi.
Bu esa o‘yin qatnachilaridan maxsus tayyorgarlik va mashqni
talab qiladi. Har bir sport o‘yini belgilangan o‘yinchilarning


13
soniga, maydon o‘lchamlari va asbob anjomlariga ega
bo‘ladi.
Ayrim sport o‘yinlarida ba’zi o‘yinchilarda mutaxassisligi
bo‘lishi zarurdir (hujumga, himoyaga, darvozabon va b.q).
Sport o‘yinlarining u yoki bu o‘yinida qat’iy qoidaga mos
ravishda maxsus hakamlik qilishni talab qladi. Ayrim sport
o‘yinlarida o‘yin qatnashchilarining tarkibiga qarab bir necha
marta (o‘quvchilar yoki kattalar, erkaklar yoki o‘smir qizlar)
o‘zgartirilishi mumkin.
Sport o‘yinlari sport turi hisoblanadi. Bular bo‘yicha har
xil darajadagi musobaqalar o‘tkaziladi. Natijada sport
o‘yinlari bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalarda eng yaxshi
o‘yinchilarga sport razryadlari va unvonlar beriladi.
Ayrim harakatli o‘yinlar (masalan, «lapta», «voleybol»
va hokazo) mashg‘ulotning maqsadi, ko‘rsatmasi va uni
tashkil qilish usullariga bog‘liq holda, ayrim holatlarda
haqiqatan ham o‘zining xarakteriga qarab harakatli (ele-
mentlari) o‘yin deb yuritiladi, boshqalari esa sport o‘yinlari
sifatida o‘tkaziladi. Masalan, o‘yin qatnashchilari tasodifan
yig‘ilib qolganda (dam olish o‘yinlarida, sayllarda) ular
haqiqatan ham harakatli o‘yin xarakteriga ega bo‘ladi.
Harakatli o‘yinlardan yoshlar va bolalarning umumiy
jismoniy tayyorgarlik vositasi sifatida foydalaniladi, shuning-
dek, sport o‘yinlariga va boshqa sport turlariga hamda
«Alpomish» va «Barchinoy» test me’yorlarini topshirishga
tayyorlash vositasi bo‘lib ham hisoblanadi.
Harakatli o‘yinlar o‘ziga xos bo‘lishi mumkin (yakka
tartibda), u hammadan ko‘proq tez-tez bolalarning o‘zlari
tomonidan (to‘p o‘yini, arg‘amchi bilan chambarakni
aylantirish va boshqalar) tashkil etiladi. Ulardan tarbiyachi-
pedagog va yetakchilar tomonidan bolalarning faol dam
olishini tashkil qilish maqsadida foydalanish mumkin
(tanaffusda, kuni uzaytirilgan guruhda va boshqa holatlarda).
Jamoa bo‘lib o‘ynaladigan (guruh) harakatli o‘yinlar
alohida pedagogik ahamiyatga ega bo‘ladi, chunki ularda
o‘ynovchi guruhlar, sinflar, zvenolar, bo‘limlar va sport
seksiyasida shug‘ullanuvchilar qatnashadilar.
Jamoa bo‘lib o‘ynaladigan harakatli o‘yinlarda har doim
musobaqalashish elementi o‘ziga xos bo‘lib (har bir kishi


14
o‘zi uchun yoki har bir kishi o‘z jamoasi uchun), shuning-
dek, belgilangan maqsadga erishishida, qiziqishni uyg‘otish-
da bir-biriga yordam berish va o‘zaro yordamdan iborat
bo‘ladi. Jamoa o‘yinlarining o‘ziga xosligi shundan iboratki,
o‘yinda hammavaqt holatning o‘zgarib turishi, o‘yin-
chilardan tezlik reaksiyasi talab qilinadigan bo‘ladi. Shuning
uchun o‘yin jarayonida o‘zaro munosabat har doim o‘zgarib
turadi: har bir kishi o‘zi uchun yoki o‘zining jamoasi uchun
«raqiblari»ga nisbatan eng qulay holatni yaratishga intiladi.
Harakatli o‘yinlar bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi. Ular
alohida o‘yinlar bo‘yicha o‘tkazilishi mumkin, o‘yinga
qo‘yilgan vazifa taxminan bir xil sinflar, bir xil yoshdagi
o‘quvchilarning jismoniy imkoniyatlariga mos kelishi kerak.
Biroq harakatli o‘yinlar majmuasi bo‘yicha musobaqa
o‘tkazishning pedagogik ahamiyati shundaki, bunga har xil
jismoniy sifat va malakalarni tarbiyalashga yordam beradigan
turli-tuman o‘yinlar kiritiladi. Harakatli o‘yin majmuasi
bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqada har xil yoshdagi bolalar,
o‘smirlar, yoshlar va kattalar qatnashishlari mumkin, biroq
o‘yindagi vazifa har xil bo‘lishi mumkin.
Harakatli o‘yin bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqadagi
bu juz’iy o‘zgarish sport o‘yinlari bo‘yicha o‘tkaziladigan
musobaqalarga nisbatan biroz farq qiladi, chunki sport
o‘yinlari qat’iy belgilangan sharoitda va qoida bo‘yicha
o‘tkazilishi talab qilinadi.
Har bir harakatli o‘yin o‘zining mazmuni, shakli (tuzi-
lishi) va metodik xususiyatiga egadir. Harakatli o‘yinlarning
mazmuni quyidagilardan iborat: mavzu yoki mazmun (ifodali
yoki shartli o‘ylab qo‘yilgan ish, o‘yin rejasi) maqsadga
erishish uchun o‘yinga kiradigan harakat va qoidalar.
Harakatli o‘yinlarning shakli qo‘yilgan maqsadga erishish
usullarini keng tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishi, o‘yin
qatnashchilarining harakatini tashkil qilishdan iborat. O‘yin
qatnashchilari bir xil o‘yinlarda o‘zining shaxsiy qiziqishlariga
erishish uchun yakka yoki guruh bo‘lib harakat qiladilar,
boshqalarida esa o‘zlarining jamoalari qiziqishlarini himoya
qiladilar. Shuningdek, o‘yin uchun o‘ynovchilar har xil
tuzilishda yoki shaklda (sochilib yoki tarqalib, doirada, safda,
qatorda) turadilar.


15
O‘yin shakli mazmuni bilan bog‘liq ravishda kelib
chiqadi.
O‘yinning metodik jihatdan o‘ziga xos xususiyati uning
mazmuni va shakliga bog‘liqdir. Harakatli o‘yinlar metodik
jihatdan o‘ziga xos bo‘ladi:
a) jonliligi;
b) chegaralangan qoida bo‘yicha maqsadga erishishda
mustaqil harakat qilish;
d) qoidaga mos ravishda ijodiy tashabbuskorlik bilan
harakat qilish;
e) o‘yindagi alohida rollarni bajarish, uning mazmuning
muvofiqligi, o‘yin qatnashchilarini jamoadagi ma’lum dara-
jadagi o‘zaro munosabati o‘rnatiladi;
f) to‘satdan o‘yinda o‘zgarib qolish holati, bu esa o‘yin-
chilardan tashabbuskorlikni, tez reaksiyani talab qiladi;
g) o‘yindagi musobaqa elementlari o‘yinda jo‘shqinlik
(emotsionallik)ni oshiradi va kuchni to‘liq sarf qilishni talab
qiladi;
h) o‘yinda kelib chiqadigan «kelishmovchiliklar»ni hal
etishda qarama-qarshi tomonlarning manfaatlarini bir-biriga
zid qo‘ymoq esa yuqori darajadagi jo‘shqinlik tonusini
yaratadi.
Harakatli o‘yinlar nafaqat vosita, balki bolani jismoniy
tarbiya qilish metodi bo‘lib ham hisoblanadi. Òarbiyada o‘yin
metodi tushunchasi o‘yin metodikasining o‘ziga xos
xususiyatini inkor qiladi, ya’ni bu boshqa tarbiya jihozlaridan
uning metodi munosabatda bo‘lishida farqlanadi (musobaqa
elementi, syujetning mavjudligi, maqsadga erishishning turli-
tuman usullari, nisbatan mustaqil harakati).
O‘yin metodi ayniqsa murakkablashgan va o‘zgartirilgan
sharoitda harakatni kompleks takomillashtirish uchun foyda-
laniladi.
Harakatli o‘yinlar jismoniy tarbiya va o‘yin metodi
vositasi sifatida jismoniy sifatlarni takomillashtirishga hamda
tarbiyalashga yordam beradi. Bundan tashqari, harakatli
o‘yinlarda gimnastika, yengil atletika, chang‘i va boshqa
sport turlari mashg‘ulotlarida alohida malaka, ko‘nikma
hamda tabiiy harakatlarni mustahkamlaydi va takomillashti-
radi.


16
Pedagogika amaliyotida harakatli o‘yinlarning ikkita
asosiy turidan foydalaniladi:
1. Erkin, ijodiy yoki erkin o‘yinlar, bunda o‘yin qatnash-
chilarining o‘zlari o‘yin rejasini belgilashadi va belgilangan
maqsadni o‘zlari amalga oshirishadi. Ular alohida yoki bir
kishilik va guruh shaklida bo‘lishi mumkin.
2. Belgilangan qoidaga asosan tashkil qilingan harakatli
o‘yinlar – unga katta yoshdagi bolalar-yetakchilarning o‘zlari
rahbarlik qilishlari talab qilinadi.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə